TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Tilshunoslikning imlo (orfografiya) bo‘limi qanday masalalar bilan shug‘ullanadi, nimani o‘rganadi?
2. Fonetik tamoyil deganda nimani tushunasiz? Bu asosda yoziladigan so‘zlarga misollar keltiring.
3. Morfologik tamoyil deb nimaga aytiladi? Fikringizni misollar asosida tushuntiring.
4. Tarixiy-an’anaviy tamoyil nima? Bu tamoyil bo‘yicha yoziladigan qo‘shimchalarga hozirgi o‘zbek she’riyatidan misollar keltiring.
5. Farqlash (differensiasiya) tamoyili xususida nimalarni bilasiz?
6. Etimologik (grafik) tamoyil to‘g‘risida bilganlaringizni bayon qiling.
7. Etimologik tamoyil imloning qaysi tamoyillariga yaqin turadi?
8. Morfologik, tarixiy-an’anaviy va etimologik (grafik) tamoyillarning qanday o‘xshash va farqli tomonlari bor?
9. O‘zbek imlosining yetakchi tamoyillari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |