5.84-rasm.
3D Studio Max dasturida obyektlarni xaritani to‘g‘ri joylashtirish uchun ikkita
modifikator mavjud: UVW Map (UVW xarita) va Unwrap UVW (UVW yoyilgan
holat).
UVW Map (UVW xarita) modifikatori obyektning alohida tomonlariga xaritalar
joylashtirilishini boshqarish imkonini beradi va quyidagi opsiyalarga ega:
1. Mapping (Xaritalarni qoplash) qism menyusida xaritalarning qoplanishi
shakllarni o‘zgartirish va cheklovchi konteynerlarni joylashtirish (Gismo) orqali
boshqariladi: Planar (tekislik), Cylindrical (Gismo silindr shakli), Spherical (Gismo shar
shakli), Shrink Wrap (Qobiq), Box (Quti), Face (Yoq), XYZ to UVW (Koordinatalarni
bir-birini ustiga yotqizish) (5.85-rasm).
Length (Uzunlik), Width (Kenglik), Height (Balandlik) parametrlari Gismo
geometrik o‘lchamlarni boshqaradi.
U Tile, V Tile, W Tile parametrlari yordamida obyektga turli o‘qlar bo‘yicha
takrorlash belgilanadi.
2. Alignment (Tekislash) qism menyusi tanlangan buyruqlarga bog‘liq ravishda
cheklovchi konteynerni (Gismo) tekislash uchun mo‘ljallangan: X, Y, Z – tegishli o‘qlar
bo‘yicha Gismo burish; Fit (Olib kelish) – obyekt atrofiga Gismo o‘lchamlari olib
kelinadi; Center (Markaz) – obyektga nisbatan Gismo markaziy joylashuvi.
5.85-rasm.
Cheklovchi konteyner (Gismo) shakllarining turlari: 1. Planar (tekislik); 2.
Cylindrical (Gismo silindr shakli); 3. Spherical (Gismo shar shakli); 4. Shrink Wrap
(Qobiq); 5. Box (Quti); 6. Face (Yoq); 7. XYZ to UVW (Koordinatalarni bir-birini
ustiga yotqizish).
Murakkab geometrik obyektlarga (modellashtirilgan qahra-monlar, hayvonlar va
b.) xarita qoplash kerak bo‘lgan vaziyatlarda Unwrap UVW (UVW moslashgan holat)
modifikatori ishlatiladi. Uning imkoniyatlari UVW Map (UVW xarita) modifikatoriga
nisbatan kengroq va obyektning turli sohalarida xaritani joylashtirishni qo‘lda
boshqarish imkonini beradi.
Unwrap UVW modifikatori uchta quyi obyektlardan tarkib topgan: Vertex (Uch),
Edge (Qirra) va Face (Yoq). Tegishli quyi obyektni tanlab olib xaritaning joylashgan
o‘rnini nazorat qilish, moslashgan holatni tahrirlash oynasida obyektning tanlangan
tarkibiy qismlarini qo‘chirib o‘tish mumkin (5.83-rasm).
Mazkur modifikator tarkibida uchta bo‘lma mavjud: Selection Parameters
(Belgilash parametrlari), Parameters (Moslashtirish parametrlari) va Map Parameters
(Xaritalarni taqsimlash para-metrlari).
Parameters (Moslashish parametrlari) bo‘lmasida Edit… (Tahrirlash) tugmasi
moslashishlarni tahrirlash oynasini ochadi va uning tarkibida quyidagi buyruqlar
mavjud (5.86-rasm):
1. Belgilangan sohani tahrirlash tugmasi o‘zida tanlangan obyektni ko‘chirish,
burish, masshtablashtirish va akslantirish buyruqlarini qamrab oladi.
2. Orqa fon xaritasini tanlash Checker (Shaymat maydoni) parametridan foydalanib
xaritani tahrirlash yoki Pick Texture (Teksturani tanlash) buyrug‘i yordamida obyekt
teksturasi fonini tayyorlash imkonini beradi.
5.86-rasm. “Shisha” obyekti uchun xaritalarni moslashtirish oynasi.
3. Moslashtirish oynasida obyektni joylashtirish tugmasi proeksiya oynalari uchun
obyektlarni joylashtirish tugmasiga o‘x-shash.
4. Selection Modes (Tanlash turlari) qism menyusi turli quyi obyektlarni tanlash
imkonini beradi.
Reset UVWs (Chiqarish) buyrug‘i barcha o‘zgarishlarni bekor qilib dastlabki
moslashish holatiga qaytish imkonini beradi.
Moslashish oynasidagi Mapping bandida joylashgan tushuvchi menyu
tahrirlanadigan yuzaga obyektni uch xil usul bilan avtomatik bo‘lish imkonini beradi:
Flatten (Tekis), Normal (Odatda,gicha) va Unfold Mapping (Kengaytirilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |