Imkoniyatlar samaradorligi



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.03.2023
Hajmi0,71 Mb.
#920475
1   2   3   4   5
Bog'liq
elektron-resurslarni-ta-limda-qo-llashdagi-imkoniyatlar-samaradorligi

Ключевые слова: 
ресурс, компьютер, программное обеспечение, 
образование, интерактив, проектор, доска, мультимедиа, технологии. 
 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
204
http://oac.dsmi-qf.uz


EFFECTIVENESS OF OPPORTUNITIES IN THE USE OF ELECTRONIC 
RESOURCES IN EDUCATION 
 
Makhmudova Malokhat Akhmatovna 
maloxat_1977@mail.ru 
Nasirova Shaira Narmuradovna 
nosirova_61@mail.ru 
Navoi State Pedagogical Institute 
Abstract: 
This article describes the possibility of the effective use of electronic 
resources in education and their importance as a lesson. The presence of educational 
material in electronic form, that is, viewing, studying, editing and recording text, 
graphics, audio, animated materials on a computer screen, allows for more in-depth 
study. The use of information technology in lecture, practical, laboratory and 
independent forms of training is quickly yielding results. 
Keywords: 
resource, computer, software, education, interactive, projector, 
board, multimedia, technology.
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni (2017-yil 7- 
fevraldagi PF-4947-sonli) ning maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi 
kunda uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta’lim-tarbiya 
tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirilgan, jahon 
andozalari 
darajasiga 
mos “milliy modelni” hayotga tadbiq qilishga, 
ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan. Shuningdek, ta’lim tizimi, fan va 
ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va foydali aloqalarni rivojlantirish 
orqali kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklarni yo‘qotishga 
alohida e’tibor berilmoqda [1]. 
Ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallaydigan yangi 
avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy- siyosiy hayotda 
mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Mazkur 
vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o‘ta 
salmoqlidir. Pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘rganish, amalda qo‘llash 
ta’lim-tarbiya sifatini oshirish talabidan kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyaning 
mohiyati-ta’lim jarayonini jadallashtirish, o‘quvchi va talabalarning o‘zlashtirishi 
hamda uning atijalari suratini tezlashtirishi, ijobiy natijalarga erishishni kafolatlashga 
qaratilgan pedagogik jarayonni anglatadi [2]. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
205
http://oac.dsmi-qf.uz


Hozirgi zamonda ilmiy fikrlashning, hamda ilmiy texnika o‘sishi keskin va 
intensiv ro‘y bermoqda. Shundan kelib chiqqan holda o‘qituvchilar zamonaviy 
bilimlar bilan hamnafas bo‘lishlari shart va zarurdir. 
Respublikamizda ta’limni kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini 
o‘quv jarayoniga joriy etish masalasi M.M.Aripov, U.SH.Begimqulov, 
N.I.Taylaqovlar, 
U.Yuldashevlar 
va 
o‘qituvchilarni 
kasbiy 
tayyorlashda 
kompyuterlardan foydalanishni tashkil etishning vosita va usullari, masofaviy ta’lim 
va uni tashkil etishda N.A.Muslimov, A.D.Asqarovlar tomonidan tadqiq etilgan. 
Shaxsga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resurslarini yaratish va o‘quv jarayonini 
loyihalashning nazariy asoslari yuzasidan L.X.Zaynutdinova, A.I. Bashmakov, 
F.M.Zakirovalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan bo‘lsalar, o‘quv jarayonida 
multimedia texnologiyalari va vositalarini qo‘llashning ahamiyati va ulardan 
foydalanish asoslari YE.A.Drozdova, A.V.Chebotareva, A.Parpiyev, A.Maraximov, 
R.Hamdamov, M.Bekmuradov, B.Rajabovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Dars jarayonida kompyuterdan foydalanish o‘qituvchi va talabalarga, interaktiv 
o‘quv qo‘llanmalari bilan bog‘liq bo‘lgan yangidan–yangi o‘ziga xos qulayliklar 
yaratadi. O‘qituvchi tomonidan yaratiladigan interaktiv o‘quv qo‘llanmalari uchun 
zamonaviy dasturlash tillarini bilgan holda, ularni talabalar tomonidan qiziqish bilan 
qabul qilinishiga erishimiz zarur. Kompyuterni boshqa o‘qitish vositalari masalan 
proyektor, elektron doskalar bilan operativ qo‘shilishi, ko‘rgazmali qurollardan 
foydalanib ma’lumot berish xajmini oshiradi va bu bilan o‘qituvchi uchun dars 
vaqtidan unumli foydalanishga imkoniyat yaratadi [3,4]. 
Bugungi kunda zamonaviy dasturlash tillari ya’ni, Delphi, Mathlab, MathCad, 
Maple, Mathematica, Cilarning imkoniyatlaridan foydalanish dars jarayonlarini sifatli 
tashkil qiladi. Natijada dars samaradorligi ortadi va o‘quvchilarning qiziqishi, hamda 
munosabati o‘zgaradi [4]. 
Ta’limda o‘qitishning sifatini oshirish so‘zsiz yangi o‘qitish usullaridan qanday 
foydalanishga bog‘liq bo‘lmoqda. Yangi o‘qitish usullarida talaba doimiy ravishda 
izlanish va xarakatda bo‘lishi lozim, ya’ni berilgan ma’lumotlarni olishi, qayta 
ishlashi va olgan bilimlarni aniq masalalar yechishda qo‘llashi lozim. O‘qitishning 
ma’ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta’lim shakllarida axborot 
texnologiyalarning qo‘llanilishi tezlik bilan o‘z samarasini beradi. Masalan 
laboratoriya darsida virtual stendlarning qo‘llanilishining o‘zi albatta mashg‘ulotning 
sifatli tashkil etilishiga asos bo‘ladi. 
Kompyuter va dasturiy maxsulotlarning beqiyos darajada rivojlanishi axborot 
texnologiyani ta’limda qo‘llashga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. O‘quv 
materiallarini multimedia tizimlari ko‘rinishida tayyorlash va ularni kompyuter 
tarmoqlari va uzatish vositalari orqali ko‘pchilikka taqdim etish mumkin. Kompyuter 
texnologiyalarining ta’lim tizimiga keng joriy etilishi barcha turdagi o‘qitish 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
206
http://oac.dsmi-qf.uz


shakllarining o‘quv materiallarini qaytadan ko‘rib chiqishni talab etadi. Xar bir 
o‘qitish shakliga mos ravishda multimediali elektron o‘quv materiallari tayyorlash 
kerak bo‘ladi [5]. 
Odatda amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida axborot texnologiya 
vositalaridan kam foydalaniladi. Lekin o‘qitish texnologiyalari sohasi tadqiqotlari 
shuni ko‘rsatmoqdaki, aynan ushbu o‘qitish shakllarida o‘qitish sifatini oshirishning 
zaxiralari yashirinib yotibdi. Gap shundaki, an’anaviy o‘qitish usullarida guruhni faol 
ishlashga jalb etish va ularning o‘zlashtirishini nazorat qilish hamma vaqt ham 
ko‘ngildagidek bo‘lavermaydi. O‘quv materialining elektron shaklda bo‘lishi, matnli, 
grafikli, ovozli, animatsion materiallarni kompyuter ekranida ko‘rish, o‘rganish, 
o‘zgartirish kiritish va yozib olib yanada chuqurroq o‘rganishga imkon beradi. 
O‘quv materialining elektron shaklini mavjud lokal tarmoqga jamlansa, ular 
orqali topshiriqlarni korporativ bo‘lib yechish va axborot almashish imkoniyatlari 
paydo bo‘ladi. Kompyuter sinfidagi kompyuter va dasturiy vositalar talabalarga 
o‘rganilayotgan mavzuga individual yondashish, o‘z fikrini shakllantirish va faollikni 
oshirish imkonini beradi [6]. 
O‘qituvchi server kompyuter orqali xar bir talabaning o‘zlashtirish jarayoni va 
berilgan topshiriqlarning qanday bajarilganligini nazorat qilish va qayd etish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Yagona axborot gipermaydonidan birgalikda foydalanish amaliy bilimni olishda 
o‘qituvchi va talaba o‘rtasida ijodiy hamkorlikni ta’minlaydi. 
Bunday o‘qitishni tashkil etishda o‘qituvchidan elektron resurslarni yaratish 
dasturlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlikni hamda auditoriyada 
foydalanuvchi interfeysini ta’minlovchi texnik vositalarning bo‘lishligi talab etiladi. 
Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari - majmuaviy integral (butun, bog‘lik) tizim 
bo‘lib, unda ta’lim maqsadlari asosida belgilangan ko‘nikma va malakalar 
o‘quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, ularda muayyan ma’naviy-
axloqiy sifatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining 
ma’lum tartibga solingan to‘plamdir.[7]
Elektron ta’lim resurslaridan o‘quv jarayonida to‘liq foydalanish natijasida 
quyidagilarga erishiladi: 
1) xotiraga qabul qiladilar, anglaydilar, yig‘adilar, biroq xatosiz, ongli ravishda 
qayta tiklamaydilar; 
2) bevosita o‘qituvchi hamkorligida tahlil qiladilar, taqqoslaydilar, 
umumlashtiradilar, namuna bo‘yicha amaliy harakatlarni bajaradilar; 
3) muammolarni yechish jarayonida mustaqil izlanadilar, kutilayotgan natijaga 
erishishning yo‘l va vositalarini mustaqil ravishda aniqlaydilar. 
Zamonaviy dasturlash vositalarida tayyorlangan elektron ta’lim resurslarining 
sifati darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ta’lim berish jarayoni shuncha natijali bo‘ladi 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
207
http://oac.dsmi-qf.uz


[8,9]. O‘qitishning interfaol usullarini bilish kommunikativ faoliyatni tashkil 
etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan 
va biladigan, o‘ylayotgan narsalarini tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Elektron ta’lim resurslari qo‘llanilgan darslarda o‘quvchi va o‘qituvchi 
o‘rtasidagi pedagogik hamkorlik o‘quvchini dars davomida befarq bo‘lmaslikka, 
mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanishga olib keladi, fanga bo‘lgan qiziqishlari 
doimiyligini ta’minlaydi [10]. 
Ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari, ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga 
ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Bunda albatta, ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etish 
uchun zamonaviy texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, 
kompyuter, multimedia, internet, masofali o‘qitish, yagona axborot muhiti va axborot 
kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o‘zining 
yaqqol samarasini bermoqda. 
Pedagogik tajriba-sinovini o‘tkazish jarayonida amalga oshirilgan pedagogik 
eksperimentning muvaffaqiyati, ushbu jarayonda uning tashkiliy-pedagogik 
jihatlarini inobatga olishi zaruriyatini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham mazkur 
jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayoni 
Navoiy davlat pedagogika institutidagi professor-o‘qituvchilarning fikr va 
mulohazalarini bilish bilan tashkil etildi. Tajriba-sinov ishlari Navoiy davlat 
pedagogika institutining “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishida ta’lim 
oluvchi talabalar o‘rtasida o‘tkazildi. Tajriba va nazorat guruhlari uchun jami 168 
nafar talaba tanlab olindi. 
Tajriba-sinov davrida informatika fani professor-o‘qituvchisi va talabalar bilan 
axborot-ta’lim muhitlarning asosiy hususiyatlariga oid suhbat va kuzatuvlar olib 
borildi. Suxbat va kuzatish natijalari uchun 28 nafar informatika fani professor-
o‘qituvchisi va 168 nafar talaba ishtirok etdi. 
Professor-o‘qituvchilar tomonidan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, 56,4 % 
o‘qituvchi dars jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish zarur, 28,6 % 
mustaqil ravishda foydalanish maqsadga muvofiq, 14,8 % qiyin mavzularni 
o‘zlashtirishda foydalanish mumkin, 0,2 % bilimlarni o‘zlashtirishga yordam 
bermaydi, deb hisoblashdi.
Talabalar tomonidan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, 45 % o‘qituvchi dars 
jarayonida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish zarur, 40,3 % mustaqil ravishda 
foydalanish maqsadga muvofiq, 14,4 % qiyin mavzularni o‘zlashtirishda foydalanish 
mumkin, 0,3 % bilimlarni o‘zlashtirishga yordam bermaydi, deb hisoblashdi.
Tajriba-sinov ishlarining umumlashtiruvchi bosqichi 2019 yilda olingan sonli 
ma’lumotlarning natijalari tahlil qilinib, umumlashtirildi va uning ishonchliligini 
tekshirish maqsadida Styudent-Fisher kriteriyasi asosida matematik-statistik tahlili 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
208
http://oac.dsmi-qf.uz


qilindi. Hisoblash natijasiga ko‘ra, tajriba guruhining o‘rtacha o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan yuqori ekanligi, ya’ni, 11,2 % ga oshganligi 
ma’lum bo‘ldi.
Bugungi kun yoshlari uchun yaratiladigan elektron ta’lim resurslariga talab ham 
ancha murakkab. Ta’lim resurslari har tomonlama mukammal, zamonaviy, yoshlar 
e’tiborini tortadigan va yangiliklar bilan boyita oladigan bo‘lishi kerak. Shuning 
uchun yangi dasturlash tillaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
Ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyadan kutilgan maksad, uning 
afzalliklari, darsning samaradorligini oshirish tamoyillarida namoyon bo‘ladi. 
Zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanib yaratilgan elektron ta’lim resurslarini 
tarmokda joylashtirish orkali, ukuvchilarni bilim boyligi oshiriladi, esda kolishi 
kuchayadi, darslar qiziqarli tashkil etiladi, tafakkurni rivojlantiradi samaradorligini 
oshiradi. dunyoqarashni kengaytiradi, o‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga da’vat etadi, 
o‘z shaxsiy fikrini bayon qilish va uni himoya qilishga o‘rgatadi. 
Fan bo‘yicha tayyorlangan elektron ta’lim resurslari talabalar bilimini 
takomillashtirishda, talabalarni baholashda, o‘quv jarayonini boshqarishda keng 
qo‘llaniladi. 
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, olib borilgan tadqiqotlar, asosan, ta’lim 
muassasalarida axborot texnologiyalaridan foydalanishni tako- millashtirish, 
talabalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishga oid bo‘lib, ularda mustaqil 
ijodiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining didaktik 
ta’minotini ishlab chiqish va joriy etishga kam e’tibor qaratilgan. Bu esa, oliy ta’lim 
muassasalari talabalarida mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonida 
zamonaviy texno- logiyalardan foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirish 
masalasini atroflicha tadqiq etishni taqozo etadi. 
Xulosa qilib aytganda, elektron shaklda tayyorlangan o‘quv materiallari 
o‘qitishning barcha shakllarida yuqori sifat va samarani kafolatlaydi. 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish