Muallif :Yevgeniy Sklyarevskiy
“Daryo” kolumnisti Yevgeniy Sklyarevskiy O‘zbekiston maktablarida joriy etilishi kutilayotgan “Kundalik” tizimi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi.
Smartfonlar paydo bo‘lishidan 15 yillar oldin bir seminarda eston millatiga mansub bir ma’ruzachi ularda allaqachon elektron kundalik joriy qilingani natijasida o‘g‘lining barcha fanlardan baholarini telefon orqali ko‘rib, bilib turishi mumkinligini aytgan edi. Bu bizga o‘sha kezlarda mo‘jizaday ko‘ringandi. Internetga kirish imkoni esa hammada ham mavjud emasdi. O‘shandan beri elektron kundaliklar haqida tez-tez gapiriladigan, biz orqada qolayotganimiz va bu sohadagi yechimlar haqida bot-bot aytiladigan bo‘ldi.
Foto: O‘zA
Hozir Toshkentda ota-onalarni baho va davomat haqida boxabar qiladigan uskumalarni o‘rnatib beradigan bir qator kompaniyalar ish olib bormoqda. Xizmatlar pullik bo‘lib, sohada o‘sish kuzatilayotgani yo‘q. Ayni paytda maktablarda eskicha — baholarning sinf jurnali, kundalik va o‘quvchi tabellariga qo‘yilishi davom etmoqda. Chorak yakunlari bo‘yicha ota-onalar majlisi bo‘ladi, ota-onalar qo‘mitasi mavjud va davomat va xulq-atvor borasida majlislarda shikoyatlar ham bo‘lib turadi.
To‘g‘ri, o‘sish ham bor. Hozirda murakkab masalani hal etishda Telegram-guruhlar yordamida ham maktab va ota-onalar aloqa qilmoqda, ammo bu yetarli emas. Zamon bilan hamnafas bo‘lishda ortda qolish kuzatilmoqda. Isroillik tanishlarimning aytishicha, ularda o‘quvchilarga uyga vazifalar smartfonlar orqali beriladi, ota-onalar o‘z zurriyodlarining baholari bilan smartfonlar yordamida tanishadi va o‘quvchilar qog‘oz kundaliklar haqida bilmaydi ham.
Shunga qaramay, taraqqiyot davom etib, bizning o‘lkalarga ham yetib keldi. Prezidentning “Xalq maorifi tizimini boshqarishning yangi qoidalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 9-maydagi PQ-3931-sonli qarorida quyidagi band bor: interfaol ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni o‘z ichiga oladigan umumta’lim portalini joriy etish, umumta’lim maktablari ma’lumotlari bilan ishlovchi elektron bazani yaratish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va davomatini (elektron jurnal, elektron davomat va elektron tabellar) hisoblashga doir elektron hisobga olish tizimi; boshqa elektron xizmatlarni ko‘rsatish. Joriy qilish muddati 2018–2021-yillar etib belgilangan. Demak, bajarilishi kerak.
Xalq ta’limi vazirligining xabariga ko‘ra, “Kundalik” kompaniyasi umumta’lim maktablarida elektron jurnal va kundaliklarni joriy qilish loyihasini ishga tushiradi. Kompaniya tashabbusi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tarmoqni axborotlashtirish takliflari tanlov natijalariga ko‘ra ma’qullangan va davlat xususiy sherikchilik doirasida tizimni joriy qilish, ishini ta’minlash va tizimni rivojlantirish xarajatlarini o‘z bo‘yniga oladigan “Kundalik” kompaniyasi va vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Tizim onlayn tartibda dars jadvallarini tuzish, o‘qituvchilarning soatbay dars rejalarini shakllantirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish va davomatini elektron jurnal va kundalik shaklida hisobga olib boorish imkonini beradi. Shuningdek, maorifni boshqarish va maorif tashkilotlarini statistik hisobotlarini shakllantirish uchun jihozlar bilan ta’minlaydi.
O‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun “Kundalik” uzluksiz himoyalangan ijtimoiy tarmoq, baholar va uyga vazifalarni doimiy kuzatib borish hamda qo‘shimcha ta’lim resurslariga kirish imkonini taklif qiladi. Bu XTV saytidan ko‘chirmadir.
Internet xabariga ko‘ra, “Kundalik” loyihasi (“Kundalik.ru” sayti ham mavjud) 844 577 o‘qituvchi, 7 752 464 o‘quvchi va 4 036 175 ota-onalarni o‘ziga jalb qilgan Rossiyadagi har ikki maktabdan birini jihozlagan Sankt-Peterburg shahrida mashhur bo‘lgan “Dnevnik.ru” sayti mahsulidir.
Yuqorida o‘qiganlaringiz kundalik loyihasidan kutilayotgan ishlar haqidagi mulohazalar edi.
Keling, endi loyihaning yutuqlari haqida ham bir-ikki og‘iz gaplashaylik. Loyiha beshak eng samarali hisoblanadi. Bu loyihani amalga oshirmaslikdan boshqa yo‘l ham yo‘q. Loyiha ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishga, o‘quvchilar hamda ota-onalar yaqinligiga xizmat qilishi lozim.
Albatta, yangi texnologiyalar shubha ham uyg‘otishi bor gap. Axir shubha-gumonlarsiz iloj ham yo‘qda!
1. Asosiy masala: elektron kundalikni kim to‘ldiradi? Buning ustiga, u qog‘oz jurnal va kundaliklarni takrorlaydigan bo‘lsa. Yana bechora o‘qituvchilarning yuklamasi ko‘payib, darsning “mazmuniy” hissasi kamayadi va darsdan keyin ortiqcha vaqt sarfini keltirib chiqaradi. Shuni ham aytish kerakki, vazir Sherzod Shermatov va’da qilgan faqat vazirlik uchun bajarilgan, shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari hamon o‘qituvchining vaqtini o‘g‘irlayotgan hisobot va so‘rovlarni to‘ldirib yotibdi. Bu balki ta’lim tizimi uchun o‘zlarini mavjudligini sezdirib qo‘yish uchun bir vositami? Agar men nohaq bo‘lsam, o‘qituvchilar keraksiz hujjatbozlik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lmay, dars berayotgan bo‘lsa, kechirim so‘rashga tayyorman. Kundalik loyihasi esa barcha darajadagi rahbariyatning maktablar bilan aloqasini axborotlashtirishga yo‘naltirilgan va umid qilamizki bu qog‘ozbozlikni kamaytiradi va atrof-muhitga ham foyda keltiradi.
Ayni vaqtda, “Kundalik” loyihasi o‘qituvchilar ishlayotgan reallik bilan mos emas. “Kundalik” loyihasining joriy qilinishi bilan barcha hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga, barcha kundaliklar va tabellarni elektron shaklga o‘tkazishga to‘g‘ri keladi;
2. Maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar shaffoflikdan manfaatdor emasligi sir emas. Turli sabablarga ko‘ra hozircha xilma-xil to‘g‘rilashlar, masalan, bugun “uch” baho, ertaga javob bermasang, “ikki” baho qo‘yaman kabi aldovlar mavjud (hech kimni nohaq ayblamaslik uchun ta’limdagi korrupsiya haqida hozircha churq etmaymiz. Vaholanki, barchamiz maktab ko‘rgan, maktabda “medalistlar” qanday yetishtirilgani borasida tasavvurga egamiz va bu barchaning yodida). Xullas, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar, ilmiy bo‘lim mudirlari “Kundalik” loyihasini paysalga surish uchun yuzlab bahona topishga shay;
3. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida mahalliy kompaniyalarga ishonch bildirmay, xorij ishlanmalaridan foydalanish borasidagi afsus-nadomatga to‘la xabarimga quyidagi mazmundagi izohlar oldim: “Vatanparvarlik choriqlarini tashlang endi, biznikilar oddiy kundalikni ham xatosiz nashrdan chiqara olmaydi”. Bu achinarli albatta, ammo haqiqat;
4. Barcha harajatlarni “Kundalik” o‘z zimmasiga olayotgani xijolat qiladi, axir “Kundalik” xususiy kompaniya bo‘lsa. Kimdir hamma xarajat uchun to‘lashi kerakku! Moliyalashtirish manbasi tugasa, loyiha yarim yo‘lda to‘xtab qoladimi?
5. Har qanday yangilikka darhol sharh, izoh yozuvchilar bir talay: “Poytaxtda sizlarga yaxshi, qishloqlarda chiroq yo‘q, internet ham sust”. Ehtimol, poytaxtda boshlangan “Kundalik” ikki-uch yildan so‘ng viloyat va tumanlarga ham sifatli internet bilan kirib borar…
Xulosa o‘rnida, “Kundalik” elektron loyihasi o‘qituvchilar ishini muvofiqlashtirishini, ota-onalarga farzandlari davomati va o‘qishda olgan baholari haqida muntazzam xabardor qilishini nazarda tutuvchi ishning joriy qilinishini kutmoqdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |