Imidazol va uning birikmlarini molekula tuzilishi, olinishi, xossalari, ishlatilishi Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Download 0,53 Mb.
bet5/8
Sana25.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#461787
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Imidazol

2.6. Imidazolning tabiiy preparatlari
Pilokarpin alkaloidi janubiy Amerikada o‘sadigan Pilocarpus Jaborandi va Pilocarpusning boshqa turlarining (P.pennatifolins, P.spicatus va boshqalar) bargida uchraydi. O’simlikda pilokarpindan tashqari izopilokarpin, pilokarpidin, pilozin, yaborin va ularga o‘xshash yana boshqa alkaloidlar ham bo’ladi. Alkaloidlar
yig’ndisining umumiy miqdori o‘simlikning turiga qarab 0,6 %dan 0,9 %gacha bo’ladi. Ulaming taxminan 90 %ni pilokarpin alkaloidi tashkil qiladi.
Preparatning konsentrlangan eritmasiga natriy gidroksid eritmasi qo'shilsa, moysimon holida pilokarpin asos ajralib chiqadi. U ishqorning ortiqchasida erib, рilokarp kislota tuziga o‘tadi:



Pilokarpin gidroxloridning chinligini aniqlashda quyidagi reaksiyalardan foydalaniladi. Uning suvdagi eritmasiga sulfat kislota ishtirokida vodorod peroksid, benzol va bir-ikki tomchi kaliy dixromat eritmasi qo‘shib chayqatilsa, aralashmadagi benzol qatlami ko‘k-binafsha rangga bo‘yaladi. Bu rang pilokaфinning oksidlanishi natijasida peroksid turidagi birikma hosil bo’lishi hisobiga, deb tushuniladi.
Farmakopeya maqolasida keltirilgan ushbu reaksiyadan tashqari, pilokarpindagi besh a’zoli lakton halqasiga xos temir gidroksamat tuzi hosil qilish reaksiyasidan foydalaniladi. Bunda preparat eritmasiga gidroksilaminning natriy gidroksiddagi eritmasi va temir (III) xlorid eritmasi qo‘shib, so‘ngra suyultirilgan xlorid kislota ta’sir ettirilsa, qizil-binafsha rangli temirgidroksamat tuzi hosil bo‘ladi:

Temirgidroksamat hosil qilish reaksiyasidan preparatning miqdorini fotokolorimetrik usul bo'yicha aniqlashda ham foydalaniladi. Pilokarpin gidroxloridning chinligini yana uning ishqoriy muhitda natriy nitroprussid bilan qizil rangli birikma hosil qilishi bo‘yicha ham aniqlanadi. Bu reaksiyadan preparatning miqdorini fotokolorimetrik usul bo‘yicha aniqlashda ham foydalaniladi. Preparatdagi xlor ionini odatdagicha kumush xlorid holida
cho‘ktirib aniqlanadi. Pilokarpin gidroxloridning miqdorini ko‘pchilik alkaloidlarga xos suvsiz sharoitda kislota-asos titrlash usuli bo'yicha aniqlanadi.
Buning uchun ma’lum miqdordagi preparatni suvsiz atsetat kislotadagi eritmasini simob (II) atsetat va kristall binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish