5 topshiriq
Qadimgi Baqtriya podsholigi
Oʻrta Osiyodagi qadimiy davlatchilik tuzilmalaridan biri Qadimgi Baqtriya davlatidir. Qadimiy manbalar shundan dalolat beradiki, eramizdan avvalgi 8 asr ōrtalarida yirik Baqtriya podsholigi mavjud boʻlgan. Avestoda uning nomi Baxdi, Bihistun yodgorliklarida Baktrish, antik davr adabiyotlarida Baktriana sifatida qayd etilgan. Qadimgi Baqtriya bilan oʻsha davr dunyosining boshqa davlatlari - Ossuriya, Yangi Vavilon, Midiya, Hindiston knyazligi oʻrtasida aloqalar mavjud boʻlgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Ossuriya hukmronligi (gegemonligi) qaror topgan eramizdan avvalgi 9-7 asrlarda ossuriyaliklar Baqtriyaga hujum qilishgan. Bu harakat tarixda Ossuriya yurishi nomi bilan maʼlum. Bu yurishning asosiy sababi Baqtriya lazuriti ustidan nazorat oʻrnatishga qaratilgan edi.
Eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda Qadimgi Baqtriya podsholgi hududiga Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Margʻiyona va Sugʻd yerlari kirgan. Baqtriyalik ustalar tomonidan tilla, tosh va bronzadan yasalgan turli mahsulotlar Xitoy, Fors davlati va Yevropada juda mashhur boʻlgan. Baqtriyaning yirik shaharlari Qiziltepa, Yer-Qoʻrgʻon, Uzunqir va Afrosiyob hududlarida joylashgan. Oʻsha davrda Baqtriyaga tashrif buyurgan sayyoh eʼtiborini uylar, hunarmandlarning ustaxonalari va xoʻjalik binolari uzra boʻy choʻzib turgan salobatli minoralar tortishi tabiiy edi. Kvint Kursiy Rufning yozishicha, "Baqtriyaning tabiati boy va turli-tuman. Ayrim joylarda daraxtlar va toklar o`ta sermahsul hosil beradi, hosildor yerlar ko`plab buloqlardan suv ichadi. Yumshoq yerlarga bug`doy ekiladi, qolgani esa chorva uchun yaylovlardir"
6 topshiriq
Kir II O‘rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko‘rgan dastlabki fors podshosi bo‘lgan. U Parfi ya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qildi.
Bu yurish to‘g‘risida «tarix otasi» Gerodot hikoya qilib bergan. Forslar massagetlar
hududiga bostirib kirganlarida ularning malikasi To‘maris bosqinchilarga tinch-omon qaytib
ketishni taklif qiladi. Ammo fors shohi bu taklifni rad etadi va Amudaryodan kechib o‘tishni
boshlash to‘g‘risida farmon beradi.Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari
bilan forslarning jangi to‘g‘risida shunday hikoya qiladi:
«Bu jang... barcha janglardan ham dahshatliroq edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o‘q yog‘dirishdi. O‘qlari tugagach, qo‘llariga xanjar va nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom etdi.
Hech kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Ko‘p qon to‘kildi. Nihoyat, massagetlarning qo‘li baland keldi. Fors qo‘shinlarining ko‘pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o‘zi ham halok bo‘ldi».
Doro I hukmronligining birinchi yili Marg‘iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonga Frada rahbarlik qiladi. Qo‘zg‘olonchilar bilan fors qo‘shinlari o‘rtasida hal qiluvchi jang mil. avv. 522-yilda bo‘ladi. Fradaning o‘zi asirlikka olinadi va qatl etiladi. Bu voqea haqidagi ma’lumotlar Behistun qoyatosh yozuvlarida qayd etilgan.Doro I hukmronligining uchinchi yili da saklar ustiga yurish qiladi. Bu yurish haqida ham Behistun bitiklarida shunday deyilgan: «Shoh Doro ayturki: keyin qo‘shin bilan saklar mam lakatiga yurish qildim. Keyin
uchi o‘tkir kuloh ki yib yu ruv chi saklar jangga kirdilar. Men daryo dan o‘tgach, saklarni tamoman tor-mor keltir dim, qolgan qismini asirga ol dim... U larning Skunxa degan sardorini qo‘lga tu shirib, huzurimga keltirdilar. Shunda men u larga boshqa bir sardor tayinladim. Men shunday bo‘lishini xohladim. So‘ngra bu mamlakat menga tobe bo‘ldi».
Ayni paytda bu yurish haqida tarixchi Poliyen (miloddan avvalgi II asr) keltirgan boshqa bir rivoyat ham mavjud. Saklar rivoyatiga asoslanib, unda hikoya qilinishicha, forslarning qoshiga sak qabilasidan bo‘lgan cho‘pon Shiroq keladi, u fors qo‘shinlarini o‘zidan boshqa hech kim bilmaydigan so‘qmoq bilan saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. Suvsiz cho‘lu-biyobon bo‘ylab yetti kun yo‘l bosishgach, tashnalikdan do‘zax azobini chekayotgan forslar o‘zlarining aldanganliklarini sezib qoladilar. Forslar jasur cho‘ponni o‘ldiradilar, Doro I ning saklar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi.Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun
ahamoniylar yagona davlat ni alohida viloyat – satrapliklarga bo‘lib tashladilar. Bu so‘z forscha «xshatra» – «viloyat» so‘zidan kelib chiqqan. Viloyat boshlig‘i – satrapga cheklanmagan hokimiyat berilgan edi. Satraplarning ko‘pchiligi ahamoniylar sulolasining vakillari
bo‘lgan.O‘rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari uch satraplikka bo‘linadi. Har bir satraplik yillik soliq to‘lagan. Bundan tashqari, qaram xalqlar saroy va ibodatxonalar qurilishiga ham safarbar etilgan. Soliqni kumush, chorva mollari (otlar, tuyalar, qo‘ylar), hunarmandchilik buyumlari (sopol idishlar, qurolyarog‘, zeb-ziynatlar), kiyim-kechak va hayvonlar terisi bilan to‘lashgan.Doro I va uning vorisi Kserks hukmronligi davrida bosib olingan viloyatlardagi O‘rta O siyo xalqlari yunon-fors urushlarida ham qatnashganlar. Mashhur Marafon jangida (mil. avv. 490-yil) fors qo‘shinlari markazida bo‘lgan saklar muvaffaqiyatli urushgan.Gerodot Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan o‘rtaosiyolik jangchilar qurol-yarog‘larini mufassal tasvirlagan. Baqtriyaliklar kamon va nayzalar bilan, saklar xanjar va jangovar boltalar bilan, xorazmiylar va so‘g‘diylar baqtriyaliklarniki kabi qurol-aslahalari bilan jangga kirishgan. Sak va baqtriya suvoriylari Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan.Mil. avv. VI – IV asrlardamadaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida o‘rganilgan. Ular O‘rta Osiyo xalqlarining hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik sohala rida yuksak darajaga erishganligidan dalolat beradi.O‘lkamizda Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on, Afrosiyob va boshqa shu kabi yirik qadimiy shahar-qal’alar ri vojlan gan.Yozma manbalarda oltin, kumush, la’l, fi ruza ma’danlari qazib olingani, hunarmandchilik rivojlangani, O‘rta Osiyoning Sharq mamla katlari bilan bog‘langan qadimiy karvon yo‘llarida olib borilgan savdo-sotiq ishlari
to‘g‘risida xabar beriladi.
Mil. avv. V-IV asrlarda O‘rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. Zargarlik san’atining yuksak darajada rivoj topganiga bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan, 1877-yilda Amudaryo xazinasidan topilgan oltin va kumush buyumlar yorqin misol bo‘la oladi.Har bir shaharda ichki qal’a bo‘lgan. Sha -harlarning atrofi ni egallagan dehqon xo‘ jaliklarida ota urug‘iga mansub katta-katta oilalar kun kechirishgan. Dehqonlar qo‘rg‘onlari uy-joy va xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan.Arxeologlar shahar va uy – qo‘rg‘onlar atrofi da dalalarga suv olib kelgan anhorlar va ariqlar izlarini topganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |