Ularning ma‘lum qismlari:
Lotincha
abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
Yunoncha
allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub oʻzgarishlar davrida yangi yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, oʻzbek tilida ham yangi terminlar paydo boʻlmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma‘nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq oʻrganish, terminlar yaratish va ularni qoʻllashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari boʻyicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e‘lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol
butunlay oʻzgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda koʻp mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yoʻl ochildi. Bu omillar oʻzbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo boʻlishiga sabab boʻldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham oʻziga xos oʻrinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iq tisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
«Termin» tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste‘moldagi soʻzdan farqlash uchun yetarli deb oʻylaymiz:
1. Termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi boʻlmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir soʻz yoki birikmadir;
2. Termin – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3. Termin uchun muayyan ta‘rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma‘lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yoʻl qoʻyuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq koʻrsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan oʻzaro
munosabatda boʻlgan terminlar jami sifatida ta‘riflanadi. Har qanday tushunchalar
tizimiga muayyan terminlar tizimi toʻgʻri keladi. Terminologiktizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste‘moldagi soʻzlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qoʻllanishi ma‘lum darajada nazorat ostida boʻladi. «Terminlar paydo boʻlib qolmaydi», aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda «Oʻylab topiladi», «ijod qilinadi». Masalan, boʻlajak iqtisodchilarning yozma yoki ogʻzaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablagʻ ajratish, renta kabi tor doiradagina qoʻllaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. Oʻz-oʻzidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Ta‘kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya‘ni yigʻindisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |