O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“Matematika” fakulteti
“Amaliy matematika” mutaxassisligi
1 – kurs magistranti Akramova Fotimaxonning
“Furye usuli yordamida raqamli tovush signallarining informativ belgilarini ajratishning algoritmni o'rganish” mavzusida tayyorlagan
Kurs ishi
Ш
Namangan – 2021
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………...….3
I-bob. Maqola va maqola yozish bo’yicha umumiy tushunchalar
Maqola va uning turlari……………………………………………… 4
Ilmiy, uslubiy va publitsistik maqolalar yozish bo’yicha boshlang’ich tushunchalar…………………………………..…………………..…. 6
II-bob. Ilmiy nashrga maqolalar yozish
Ilmiy maqola qanday yoziladi?..........................................................… 7
Ilmiy maqola va tezislarni qabul qilish bo’yicha talablar…………… 9
III-bob. Nufuzli jurnallarda maqola chop ettirish qonun-qoidalari
3.1 Xorijiy jurnallarda maqola chop ettirish tartibi va shartlari qanday?..................................................................................……………………. 11
3.2 Nega O’zbekistonlik olimlarning ilmiy maqolalari xorijiy davlatlarning jurnallarida kam chop etiladi?………………………………………………..…. 14
3.3 Namunaviy maqola……………………………………………....15
XULOSA…………………………………………………………….. 19
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………. 20
Kirish
Bizga malumki, axborot-kommunikasiya texnologiyalari salohiyati ozaro muomala qilish va axborot ayirboshlashning prinsipial jihatdan yangi shakllari va imkoniyatlarini ochadi, fuqarolik jamiyati barpo etilishi va mustahkamlanishiga komaklashadi, iqtisodiy islohotlar va mamlakatning demokratik rivojlanishi jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi.
Ozbekiston Respublikasi shakllanayotgan global axborot jamiyatida munosib orinni egallashga intilmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun mamlakat hukumati tomonidan Ozbekistonda axborotlashtirish jarayonlarini faollashtirish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tez suratlarda rivojlantirish, ularni iqtisodiyot va jamiyatning barcha sohalarida joriy etish hamda foydalanishning strategik ustuvorliklari belgilandi.
Davlat boshqaruvida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jamiyatni axborot jihatidan keng kolamli qayta ozgartirishning ajralmas qismi hisoblanadi.
Bu davlat boshqaruvi samaradorligini jiddiy ravishda oshirish, davlatning umuman jamiyat bilan hamda uning ayrim institutlari va fuqarolar bilan ozaro munosabatlarini optimallashtirish imkonini beradi.
Axborotlashtirish sohasidagi islohotlar izchil olib borilayotgani natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qoyilgan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy qilinishiga erishilmoqda.
Ilmiy maqola bizga nima uchun kerak va u nima?
Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir. Yuqori maqsadni ko'zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o'rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi. Ya'ni oliygohga kirgan vaqtimiz yangi muhit bilan tanishamiz, qisqa qilib aytganda yangi olamga tushib qolamiz va judayam ko'p erishish mumkin bo'lgan yutuqlar bilan tanishib, oldinga qo'ygan maqsadlarimizni yanada kengaytirib olamiz. Misol uchun oliygoh davrida ilk bor davlat stipendiantlari bo'lish haqida ma'lumot olamiz va unga erishish uchun harakat qilamiz. Bitta maqsad bizga qo'shiladi va shu tarzda davom etadi.
Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmasligi hamda ulardan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan bo‘lishi kerak.
Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida NIZOM 19-modda
Maqola va maqola yozish bo’yicha umumiy tushunchalar
1.1 Maqola va uning turlari
Maqola – adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi.Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.
Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume)
Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.
Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek tilida bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Shaxsiy ma’lumot
a. Ism-sharif (talab qilinadi)
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
c. Jins (majburiy emas)
d. Millat (majburiy emas)
e. Tug'ilgan sana (majburiy emas)
2. Qisqacha mazmun va/yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish.
1.2 Ilmiy, uslubiy va publitsistik maqolalar yozish bo’yicha boshlang’ich tushunchalar
Maqola — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi loziMaqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. Nazariy Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.
Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“ bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Ab-dulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir.
Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
2. Ilmiy nashrga maqolalar yozish
2.1 Ilmiy maqola qanday yoziladi?
Maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.
Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari
1. Mavzuning belgilanishi, uning tahlili, reja/tezislarning tuzilishi.
2. Reja/tezislar asosida maqolaning birinchi varianti ustida ishlash
3. Ishning yakunlanishi, matn tahlili, takomillashtirish, tuzatish.
Maqola yozishga kirishishdan oldin quyidagi savollarga javob bering:
- materialdan qanday xulosa chiqarish kerak?
- ish mazmuni nimadan iborat bo’ladi?
- maqola nima uchun yoziladi?
Maqolaning tuzilishi
I. Kirish qismi
Mavzuning
asoslanishi +
mavzuning
dolzarbligi +
asosiy tezis
|
• Qo’yilgan mavzuning retrospektiv tahlili.
• Mavzuni bugungi kun pozisiyalaridan ko’rib chiqish zarurligining asoslanishi.
• Mavzu asosiy tushunchalarining izohlanishi.
Mavzuni bayon qilish bilan bog’liq xatolar bayoni va hokazo
|
II. Asosiy qism
Dalillar+
ilgari surilgan
tezisni tasdiqlaydigan
faktlar
|
• induksiyadan foydalanish: aniqdan umumlashtirishga;
• deduksiyadan foydalanish: umumiydan batafsil ko’rib chiqishga.
|
III. Yakunlovchi qism
Ilgari surilgan
tezisni tasdiqlaydigan yoki
inkor qiladigan xulosalar
|
• asosiy fikrning tezislar shaklida bayon qilinishi;
• xulosalar;
• muammoning davomiyligini ko’rsatish
|
Matnni rasmiylashtirishdagi xarakterli nuqsonlar
1. Mavzudan chetga chiqish, uni boshqasi bilan almashlash.
2. Haddan ortiq hajmli kirish qismi,aniq xulosalar yo’qligi.
3. Fikrni bayon qilishdagi muayyan bosqichlarni ko’rsatadigan xatboshilarni ajrata bilmaslik.
4. Materialni bayon qilishning uzunligi va haddan ortiq ko’pso’zlilik.
5. Har xil nutqiy va uslubiy xatolar.
Mustaqil ish.
Ilmiy asarlar to’plamida maqola shaklida berilgan materialni o’qing. Nuqsonlarini toping. Quyidagi savollarga javob berib, matnni tuzating:
- mazmun mavzuga muvofiqmi?
- maqolaning asosiy tezisi nimadan iborat va ishning hamma qismlari unga bo’ysundirilganmi?
- maqolaning qismlari bir-biriga nisbatan proporsionalmi?
- mantiqlikning buzilishlari yo’qmi?
- ish ilmiy uslub talablariga javob beradimi?
- nutqiy xatolar bormi?
- ishning umumiy saviyaligi qanday?
2.2 Ilmiy maqola va tezislarni qabul qilish bo’yicha talablar
Ilmiy maqola va tezislarni qabul qilish bo‘yicha talablar:
1) Ilmiy maqolaning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi shart:
1.1. Tadqiqotning dolzarbligi, mavzu doirasida mavjud muammolar.
1.2. Muammoni hal qilish yo‘llari.
1.3. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar.
1.4. Kutilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy samara.
2) Ilmiy maqola va tezislar jiddiy tahrir qilingan va rasmiylashtirishning barcha texnik talablariga muvofiq bo‘lishi zarur, jumladan: - matn muharriri – MS Word formatida yozilishi; - sahifa – A4 o‘lchovida, kitob ko‘rinishida, barcha tomonlardan 20 mm qoldirilishi; - shrift – Times New Roman, o‘lchovi (kegl) – 14; - qator oralig‘i va xat boshidagi oraliq – 1,5; -annotatsiya (Abstract) 250-300 so’z atrofida va tayanch iboralar (Keywords) 5-8 ta iboradan oshmasligi hamda uchta tilda (o’zbek, ingliz, rus tillarida) bo’lishi; - ilmiy maqola va tezisning hajmi minimum 5 bet va maksimum 8 betdan oshmasligi, betlar raqamlanmasligi; - ilmiy maqola oldin chop etilmagan, konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularni qamrab olgan bo‘lishi; - muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, ilmiy muassasa va tashkilot nomi yuqori o‘ng burchakda, ilmiy maqola nomi esa o‘rtada (qalin harflar bilan) yozilishi; - mualliflar sonining uch nafardan oshmasligi; - maqola matnida kirish (dolzarbligi), ilmiy izlanishlar va uslublar, tadqiqot natijalari va uning muhokamasi, xulosa va adabiyotlar ro‘yxati bo‘lishi; - barcha jadval, sxema va rasmlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida, ularning nomi sxema va rasmlar pastida, jadvallarning nomlanishi esa tepasida yozilishi; - barcha grafik, diagrammalar MS Excel formatida bo‘lishi; - jadval, rasm va grafiklarda manbalar va matnda ularga havolalar ko‘rsatilgan bo‘lishi; -foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (References) APA tizimida rasmiylashtirilishi; - havolalar har bir betning pastki qismida joylashtirilishi kerak. Ilmiy maqola va tezislar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Bir muallif (hammualif)dan ikki nusxadan ortiq maqola qabul qilinmaydi.
3) Ilmiy maqola va tezislar anketani to‘ldirilgan holda faqatgina elektron shaklda farkhod-sciencedept@univ-silkroad.uz elektron pochta manziliga yuborilishi zarur.
4) Yuborilgan ilmiy maqola va tezislar yuqorida keltirilgan talablarga mosligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi va shuningdek, antiplagiat dasturi asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra noloyiq deb topilgan materiallar chop etilmaydi va muallifga qaytarib berilmaydi. Ijobiy deb topilgan ilmiy maqola va tezislar nashr uchun elektron to‘plamga kiritiladi va https://www.univsilkroad.uz/uz/ rasmiy vebsaytiga joylashtiriladi. Ijobiy maqola mualliflariga va anjumanda onlayn bevosita ishtirok etib ma’ruza yoki prezentatsiya bilan ishtirok etganlarga sertifiakat ularning electron pochta manzillariga yuboriladi. Maqola matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga muallif shaxsan javobgar hisoblanadi.
3. Nufuzli jurnallarda maqola chop ettirish qonun-qoidalari
3.1 Xorijiy jurnallarda maqola chop ettirish tartibi va shartlari qanday?
Maqolalarni qabul qilish shartlari va tartibi.
Tahririyat chop etish uchun o‘zbek va rus tillarida ilmiy-ommabop materiallarni qabul qiladi. Ilmiy maqolalar, mustaqil ekspertiza va tahrir ijobiy natija ko‘rsatganda, jurnalning navbatdagi soniga kiritiladi. Jurnal sifatini oshirish maqsadida, tahririyatga kelib tushuvchi barcha maqolalar plagiatga tekshiriladi.
Jurnalda yuqori darajadagi ilmiy yangilik, nazariy va amaliy ahamiyati bilan ajralib turuvchi maqolalar chop etiladi. Maqolada tadqiqotning asosiy ilmiy natijalari bayon etilishi lozim. Ularning mualliflari tadqiqotchi olimlar, doktorantlar, aspirantlar, tadqiqotchilar bo‘lishlari mumkin.
Jurnal tahririyatiga mualliflar tomonidan quyidagi materiallar taqdim etiladi:
- muallifning bosh muharrir nomiga arizasi;
- maqolaning talablarga muvofiq tayyorlangan bosma talqini;
- fotosuratlar, grafikalar, jadvallar va boshqa tadqiqot axborotiga ega kompyuter fayllari komplekti.
Tahririyatga kelib tushgan materiallar ro‘yxatga olinadi va ikki hafta ichida muallifga (mualliflarga) maqola olingani to‘g‘risidagi tasdiqnoma yuboriladi.
Maqolalarni tayyorlashga talablar
Maqolaning asosiy elementlari:
Maqolaning nomi: o‘zbek va/yoki rus tilida, maqolaning mazmunini aks ettiradi, markazga tartiblangan, katta harflarda.
Mualliflarning o‘zbek va rus tillarida FIO/taxalluslari.
Tashkilotning to‘liq nomi, shahar, mamlakat, elektron manzil.
Annotatsiya (o‘zbek va/yoki rus tillarida) – 150-250 so‘z (sahifa eni bo‘yicha tartiblangan). Tadqiqot mavzuining dolzarbligini, muammoning qo‘yilishini, tadqiqot maqsadlarini, tadqiqot uslublari, natijalar va asosiy xulosalarni o‘z ichiga olishi lozim.
Maqola matni – o‘zbek yoki rus tilida.
Foydalanilgan manbalar ro‘yxati.
Asos so‘zlar (ko‘pi bilan 15 ta so‘z va so‘z birikmasi, ular mavzu xususiyatini aks ettirishi kerak).
Qisqartmalarga yo‘l qo‘yilmaydi, transliteratsiya bo‘lmasligi lozim (atoqli otlar – mustasno), bu annotatsiya va asos so‘zlarga ham taalluqli.
Izoh: matnni o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilishda onlayn-tarjimonlardan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki ular tarjimaning yuqori sifatda bo‘lishini ta'minlay olmaydi.
Maqola tuzilmasi. Maqola IMRAD (Introduction, Methods, Results and Discussion) formatida tuzilishi lozim:
- Kirish (Introduction) – tadqiqot mavzui dolzarbligini, tadqiqot mavzui bo‘yicha adabiyot sharhini, tadqiqot muammosining qo‘yilishini, tadqiqot maqsadlari va vazifalarini ifodalashni o‘z ichiga oladi;
- Uslublar (Materials and Methods) – maqola matni yordamida natijalarini namoyon etish imkonini beruvchi kuzatuvlar uslublari va chizmalarini tavsiflaydi. Materiallar va kuzatuv o‘tkazishning boshqa shartlarini tasvirlaydi (bu – tadqiqot uslubiyatining tavsifi va aynan u tanlanganini asoslash);
– Natijalar (Results) – o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida olingan amaliy natijalar (test, grafikalar, diagrammalar, tenglamalar, fotosuratlar, rasmlar)ni taqdim etadi;
– Muhokama (Discussion) – tadqiqotdan olingan natijalar interpretatsiyasi, ularning tahlili va ularga sharhlardan iborat;
– Xulosa (Conclusion) – maqola bo‘limlarining, ularda keltirilgan ifodalarni takrorlamay, qisqa xulosasiga ega bo‘ladi.
Maqola matnining hajmi A4 formatdagi 10-15 sahifadan iborat, rasmlar, jadvallar va grafikalar shuning ichiga kiradi. Matn Windows uchun Word muharririda .rtf yoki .doc formatida tayyorlanadi; shrift – Times New Roman, kegl – 14, satr orasi – bir interval. Rasmlar soni – ko‘pi bilan 4 dona. Rasm ostidagi yozuvlar 12 keglda rus va ingliz tillarida yoziladi. Alohida .jpeg formatida rasmlar taqdim etiladi. Jadvallar matni rus va ingliz tillarida teriladi. Agar rasmlar va jadvallar muallifga tegishli bo‘lmasa. Albatta havola berilishi lozim.
Minnatdorchiliklar: muallif hamkasblariga ko‘maklari uchun; tadqiqotga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilgani uchun minnatdorchilik bildirishi mumkin.
Mualliflar to‘g‘risidagi ma'lumotlar rus va ingliz tillarida beriladi: to‘liq FIO, ilmiy daraja, unvon, lavozim, ilmiy va boshqa qiziqishlar sohasi, ilmiy maqolalar soni, kontakt axboroti, o‘qish uchun tavsiya etiladigan kitoblar.
Hoshiyalar: yuqori va pastki – 2 sm; chap – 3 sm; o‘ng – 1 sm.
Maqola matni qog‘oz va elektron tashuvchilar (disk, fleshka, elektron pochta)da taqdim etiladi.
Fayllarga talablar:
Fayl nomi sifatida birinchi muallif familiyasining rus tilida yozilishi ishlatiladi (masalan: Usmanova.doc).
Illyustratsiya fayllarining nomlari ularning matndagi raqamlariga mos kelishi kerak (masalan: 1- rasm.jpeg).
Maqola va suratlarning elektron talqinini tahririyat istalgan tashuvchida qabul qiladi.
Maqolaning kam-ko‘stini to‘ldirish uchun muallifga qaytarilishi uning chop etishga qabul qilinganini anglatmaydi. Qayta ishlangan matn olingach, qo‘lyozma tahrir hay'ati tomonidan yana ko‘rib chiqiladi. Qayta ishlangan matnni muallif tahririyatga maqolaning boshlang‘ich talqini, shuningdek barcha mulohazalarga javoblar bilan qaytaradi. Tahririyat tomonidan maqolaning oxirgi varianti olingan kun maqolaning kelib tushgan sanasi deb sanaladi.
Bosh muharrir chop etish uchun maqolalarni saralash huquqiga ega.
3.2 Nega O’zbekistonlik olimlarning ilmiy maqolalari xorijiy davlatlarning jurnallarida kam chop etiladi?
Nima uchun o‘zbekistonlik yetuk olimlarning ilmiy maqolalari dunyoning taniqli jurnallarida kam chop etiladi? Scopus kabi ilmiy loyihalarda nima sababdan o‘zbek olimlarining ishtiroki darajasi past, ularning maqolalariga keltirilgan havola-iqtiboslar soni kam?
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 26 iyun kuni Xalqaro press-klub sessiyasida mazkur savollarga quyidagicha javob berdi:
“Chop etish – bu siyosiy masala. Bu – ilmiy yutuq emas. Eng zo‘r narsangizni ham chop eta olmaysiz. Masalan, shaxsan o‘zim qator jurnallarning tahrir hay’ati a’zosiman. Siyosiy masala deganimda nimani nazarda tutyapman, bu – juda katta konkurs. Har bir sohada olimlarning o‘z yo‘nalishi bor. Davlatlar ham bermaydi bu konkursni.”
Vazirning ta’kidlashicha, nufuzli xorijiy ilmiy nashrlarda maqola chop qilishning eng murakkab tomonlaridan biri – maqolaning talab etilgan darajadagi ingliz tilida yozilgan bo‘lishi kerakligidir.
“Biz texnik ingliz tilida yoza olmaymiz, maqolalarni jurnallar talabida bera olmaymiz. Shuning uchun biz bitta katta loyihaga qo‘l urganmiz. Buni shu oy ichida e’lon qilamiz – Proofreading service. Masalan, Xitoyga bordik – deyarli inglizcha gaplashishmaydi, bu tilda yoza olishmaydi. Lekin har o‘nta olimidan bittasining “Nature”da, “Science”da publikatsiyasi bor. So‘radik, qanday qilib? Sababi – ularda prufriding servislar bor. Prufriding – maqolani tekshirib, o‘sha jurnalning talabiga moslab beradigan xizmat turi. Eng zo‘r maqolani, eng zo‘r tadqiqotni bersangiz ham, jurnalning talabiga tushmagandan keyin, qaytarib yuboraveradi. Hammani ingliz tilida yozadigan qila olmaymiz, bu aniq. O‘zimizning tilda yozamiz va prufriding servislardan foydalanamiz. Olimlarimiz o‘zbek yoki rus tilida chiroyli qilib yozib bersa, bu xizmat haqini biz to‘lab beramiz. Qolaversa, inson faktori birdan yuqori bo‘lgan har bir maqolaga mukofotlar e’lon qilmoqchimiz”, – dedi Innovatsion rivojlanish vaziri. Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Qozog‘istonlik olimlar O‘zbekistondagi olimlarga nisbatan 1,5 barobar ko‘p maqola chop etmoqda. Buning sababi ham prufriding xizmatlardan ular allaqachon foydalanayotganliklarida, deb ta’kidlaydi vazir.
24 yoshida fan doktori bo‘lgan, xorijdagi yurtdoshimiz Farhod Alisherovning so‘zlariga ko‘ra, «Scopus»da maqola chop etish shartlari quyidagicha: O‘zbekiston OTMlarining TOP-1000ga kirish g‘oyasi zo‘r. Men ham buni juda istayman. Biroq, ayrim yo‘nalishlar borki, ularni bajarish uchun vaqt va o‘zgarishlar talab qilinadi. Xususan, ilmiy maqolalarni «Scopus» ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda chop etish uchun juda ko‘p mehnat qilinishi kerak. Shaxsan o‘zim universitet filiallarida bo‘lib, ilmiy maqolalarni qanday yozish kerakligi haqida seminarlar o‘tkazdim. Ilmiy maqolalar ingliz tilida bitilishi lozim. «Scopus» yoki «Web of Science» bazasidagi jurnallar har bir ilmiy maqolani chig‘iriqdan o‘tkazib, so‘ng chop etadi. Bunda yana bir muhim jihat bor: «Scopus»da maqolalarni bepulga chiqarish ham mumkin, lekin buning uchun ancha vaqt kutishga to‘g‘ri keladi. Pulli chop etish narxi turli servislarda 200 AQSh dollaridan 5000gacha baholangan. Xorij universitetlari o‘qituvchi va tadqiqotchilariga bu summani to‘lash og‘irlik qilmas, ammo bizda universitet professor-o‘qituvchilarining oyligi o‘rtacha 200 dollar atrofida bo‘lsa, u qanday qilib pul to‘lab maqola chop ettira oladi? Bu masala ham jiddiy to‘siq. Shu o‘rinda, pul to‘lansa istalgan maqola chop etilishi mumkin ekan-da, degan yanglish xayolga ham bormaslik kerak. «Scopus» yoki «Web of Science» bazasidagi jurnallar har bir ilmiy maqolani chig‘iriqdan o‘tkazib, so‘ng chop etadi.
3.3 Furye usuli yordamida raqamli tovush signallarining informativ belgilarini ajratishning algoritmni o'rganis
Annotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizda yoshlarning taklif olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning ilmiy izlanishlari, matematika, AKT sohalarining rivojlanishi, shuningdek, furye almashtirishni, raqamli tovush signallarini information belgilari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: axborot kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta‘minot, SOFTWARE, furye almashtirish, raqamli signallar.
Barchaga ma‘lumki, bugungi zamon kompyuter texnalogiyalari, raqamli iqtisodiyot, umuman olganda, algoritmlarga asoslangan. Bugungi kunda zamonimiz har bir shaxsdan bilimli, aqlli bo‘lishni talab qilmoqda. Sababi barchaga ayon, kimki bilimga ega bo‘lsa, zamon bilan hamnafas bo‘lsa, u inson yetuklikka erishadi. Zero, muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek: "Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, doʻstona hamkorlik esa – taraqqiyotning kafolatidir." Albatta ushbu fikrlar bejizga emas. Bugun yurtboshimiz bor e‘tiborini bilimli yosh avlodga, ularning bandligi, yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan kadrlar bo‘lib yetishishiga qaratgan.
Mana shunday yetuklikka erishish uchun esa, hech shubhasiz, tinimsiz mehnat, izlanish kerak bo‘ladi. Bizga izlanishlarimiz uchun ham mamalakatimizda ko‘plab qulayliklar yaratilgan.
Ayniqsa, matematika sohasi nafaqat respublikamizda, balki butun dunyoda eng rivojlangan va barcha sohalar uchun birdek kerak bo‘ladigan fan hisoblanadi. Bu fan azal-azaldan buyon rivojlanib, yanada taraqqiy etib kelmoqda. Shuni faxr va iftixor bilan aytishimiz mumkinki, aynan matematika faniga bizning buyuk bobokalonimiz Muso Al-Xorazmiy o‘zining ulkan tadqiqotlari, masalalari, formulalari bilan o‘z hissasini sezilarli ravishda qo‘shgan. Va bugun esa, bobomizning avlodlari, ya‘ni biz yoshlar ana shunday tadqiqotlarni davom ettirib, fan rivojiga yanada hissalarini qo‘shish uchun tinimsiz mehnat qilishmoqda. Mana shu yo‘lda biz ko‘plab yangi yangi terminlar, iboralarga duch kelishimiz mumkin.
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari salohiyati o’zaro muomala qilish va axborot ayirboshlashning prinsipial jihatdan yangi shakllari va imkoniyatlarini ochadi, fuqarolik jamiyati barpo etilishi va mustahkamlanishiga ko’maklashadi, iqtisodiy islohotlar va mamlakatning demokratik rivojlanishi jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasi shakllanayotgan global axborot jamiyatida munosib o’rinni egallashga intilmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun mamlakat hukumati tomonidan O’zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarini faollashtirish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tez sur’atlarda rivojlantirish, ularni iqtisodiyot va jamiyatning barcha sohalarida joriy etish hamda foydalanishning strategik ustuvorliklari belgilandi. Davlat boshqaruvida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jamiyatni axborot jihatidan keng ko’lamli qayta o’zgartirishning ajralmas qismi hisoblanadi.
Dasturiy taʼminot yoki SOFTWARE bu Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Aynan shu dasturiy taminotgina Komputer — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama SOFTWARE yaʼni „soft“-yumshoq, „ware“-"mahsulot" degan maʼnoni bildiradi. Dasturiy taʼmonot 3 guruhga boʻlinadi : 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi : Task Manager (Windows OSda mavjut)), 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlar).
Kompyuterdan samarali foydalanish uchun kompyuterlar va dasturiy ta'minotning rivojlanishi darajasi o'rtasidagi rioya qilinishi kerak. Bir tomondan, dastur kompyuterning ishlashini belgilaydi. Boshqa tomondan, muayyan dasturiy ta'minotni o'rnatish cheklanishi mumkin.
Furye almashtirishlari - Bu formula Parseval formulasining umumlashgani boʻlib, Plansharel teoremasi deyiladi. (8) formula, fizika nuqgai nazaridan, tebranma harakat energiyasi uning garmonik komponentlari energiyalarining yigʻindisiga teng ekanligini biddiradi.
Furye almashtirishlari operatorini yuqorida aytilgan maʼnoda integrallanuvchi funksiyalardan koʻra umumiyroq funksiyalar sinfiga, chunonchi baʼzi bir umumlashgan (sekin oʻsuvchi) funksiyalar sinfiga ham qoʻllash mumkin. Furye almashtirishlari Bessel funksiyalariga nisbatan umumlashtirilgan. Undan tashqari, ehtimollar nazariyasida keng qoʻllaniladigan FuryeStiltyes almashtirishi ham bunga misol boʻladi. Furye almashtirishlari dastlab issiqlik oʻtkazish nazariyasida qoʻllanilib, keyinchalik u matematikaning koʻpgina muhim sohalarida differensial, integral tenglamalarni yechigsda, maxsus funksiyalar nazariyasida va boshqalarda qoʻllanilib kelmoqdi.
Signal deganda biz o‘zatilayotgan yoki qandaydir axborot ko‘rinishdagi vaqt bo‘yicha fizik o‘zgaruvchi har qanday o‘zgaruvchini tushunamiz. Bugungi kunda qo‘yidagi tipdagi signallarga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
- Nutqiy signallar, misol uchun kundalik hayotda ishlatiladigan (telefonda gaplashish, radio eshitish );- Beomedik signallar (elektroensefalogramma, miya signallari );- Ovozli va audiosignallar;- Video va telerasmlar;
- Radar signallari(berilgan diapazonda ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan izlanishlarda qo‘llaniladigan ) Tabiatda uchraydigan ko‘pgina signallar o‘zining analogli formasiga ega bo‘lib, vaqt bo‘yicha uzliksiz o‘zgaradigan va misol uchun ovozli to‘lqin ko‘rinishida fizik kattaligi bo‘yicha ta’riflanadi. Odatda raqamli signallarni qayta ishlashda ishlatiladigan anolog signallar bir xil oraliqli vaqt intervalida raqamli ko‘rinishga keltiriladi.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Muhtaram Prezidentimizning 2019 yil 8 oktyabrda PF-5847-son FARMONI qabul qilingan. Farmonda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Shuningdek, respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish; o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish; mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish maqsad qilingan.
Ilmiy tadqiqotlarda “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish, yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshirish, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash kabi vazifalar qo‘yilgan. Buning uchun albatta xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy jurnallarda Respublika oliy ta’lim muassasalari olimlari tomonidan chop etilgan ilmiy ishlari soni keskin oshirish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005;
2. Signallarga spektrial ishlov berishning tezkor algoritmlarining dasturiy kompleksini yaratish. Samarqand – 2014;
3. Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to’plami. //To’plovchilar: A.I.O’ralov, M.I.Ishbekov, D.S.Sa’dullayev. –Toshkent, “Adolat” nashriyoti, 2008.
4. Л.А.Залманзон. Преобразования Фурье, Уолша, Хаара и их применение в управлении, связи и других областях.М «Наука» Главная редакция Физико- Математической литературы.1989
5. www.uz.m.wikipedia.org
6. www.hozirgi.org
7. www.fayllar.org
8. https://delovyelyudi.ru/uz/chasy/chto-takoe-antiplagiat-rabotaem
-s-izobrazheniem/
9. http://spcenter.uz/uz/page/184URL
10. https://fayllar.org/toshkent-axborot-texnologiyalari-universiteti-samarqand-filial-v3.html
11. https://apastyle.apa.org
Do'stlaringiz bilan baham: |