Fanning muhim tomonlaridan biri uning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylana borishida. Fan va ishlab chiqarish orasidagi aloqadorlik turli tarixiy davrlarda turlicha bolgan. Olam haqidagi dastlabki bilimlar kishilarning amaliy faoliyatlari, kundalik ehtiyojlaridan kelib chiqqan.
Fan shakllanayotgan dastlabki davrlarda uning ishlab chiqarishga tasiri sezilarli darajada bolmagan. Bu tasir juda nari borganda mehnat qurollarining takomillashib borishida namoyon bolgan. XIX asrdan etiboran fan va ishlab chiqarish ozaro yaqinlasha boshladi. Bu bug mashinasi va elektrning kashf qilinishi bilan bogliq yangi davrning boshlanganidan dalolat berar edi. XX asrning ikkinchi yarmida roy bergan ilmiy-texnik inqilob fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylanishiga imkoniyat yaratdi. Fanlar, ayniqsa, tabiatshunoslik fanlari yutuqlari energetika, elektronika, radiotexnika, kimyo kabi ishlab chiqarishning yangi zamonaviy sohalarining shakllanishiga olib keldi. Tabiatda mavjud bolmagan yangi maxsulotlar sintetik tola, suniy olmos, sintetik kauchuk, otga ota chidamli mehnat quymalari, sinxrofozotron, zarra tezlashtirgichlarning yaratilishi fanning tobora jadal suratlar bilan ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanayotganligidan dalolat beradi. Ijtimoiy hayotning fan yangiliklari tasir korsatmaydigan biron bir sohasini topish mushkulligi ayni haqiqat va bu fanning ijtimoiy taraqqiyotdagi orni tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Ilmiy bilimlarni qolga kiritishning yangidan yangi zamonaviy vositalari, texnologiyalarning jadal rivoji fantaraqqiyoti uchun beqiyos imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda.
Fanning mohiyati, uning murakkab tarkibiy tuzilishga ega ijtimoiy institutekanligida namoyon boladi.
Fan ijtimoiy institut deganda:
a) ilmiy izlanish olib boradigan, yangi ilmiy bilimlarni yaratish; ularni rivojlantirish malakasiga ega bolgan olimlar jamoasi;
b) ilmiy faoliyatni mujassamlashtiradigan, ilmiy bilimlarni ishlab chiqarish, rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish bilan shugullanadigan maxsus tashkiliy uyushmalar, muassasasa va tashkilotlar (fanlar akademiyalari, ilmiy tekshirish institutlari, ilmiy tadqiqot markazlari, labaratoriyalar);
v) ilmiy bilimlar rivojiga turtki beradigan ilmiy axborotlarning yetarli bolishi;
g) Ilmiy izlanishlar uchun zaruriy jihozlar, texnika, asbob uskunalar, maxsus labaratoriyalar;
d)ilmiy tadqiqotar uchun ijtimoiy buyurtmaning mavjudligi nazarda tutiladi.
Fan taraqqiyoti tarixi olamni bilishga qiziqish odamlarda qadimiy davrlardan shakllangan. Lekin bundan fan olamni bilish shakli sifatida qadimda paydo bolgan, degan xulosani chiqarish qiyin. Fanning kelib chiqishi va tarixi masalasi olimlarni oldindan kopdan beri qiziqtirib kelmoqda. Ayrim olimlar fan qadimiy davrlarda paydo bolgan deb hisoblasalar, boshqalari fan taraqqiyoti XVI - XVII asrlardan boshlangan va bu hol Nikolay Kopernik, Iogann Kepler, Galileo Galiley kabi buyuk olimlar faoliyati bilan bevosita bogliq degan qarashni ilgari surganlar.
Aslida fanning shakllanishi masalasiga uzoq davom etgan tarixiy jarayon sifatida yondashish orinli. Fanning shakllanishi qadimiy davrlardan boshlangan va XVI - XVII asrlarda tugallangan, degan xulosa haqiqatga togri keladi. Olimlar fikricha, fanning shakllanish va taraqqiyot tarixini tort davrga bolib organish lozim.
Fan shakllanguniga qadar bolgan davr: e.a. birinchi mingyilliklardan XVII asrga qadar. Bu fan oldi davri hisoblanadi.
Klassik fan: XVII XIX asrlar
Noklassik fan: XIX asrning II yarmi XX asr.
Postnoklassik fan: XX asrning ikkinchi yarmi va hozirgi davr.
I Fan oldi davr. Bu davr eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklardan milodiy XVII asrga kadar bulgan davrni uz ichiga olgan va fanningshakllanguniga kadar bulgan davr yoki fan oldi davri deb britiladi. Bu davrdadastlab olam xakidagi sodda, amaliy xarakterdagi bilimlar shakllangan vaularda amaliy xayot tajribasi uz ifodasini topgan. Keyinchalik olam xakidagi dastlabki falsafiy bilimlar paydo buldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |