Ilmiy tadqiqot metodologiyasi



Download 305,59 Kb.
bet62/84
Sana03.02.2022
Hajmi305,59 Kb.
#428145
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
Bog'liq
маъруза матни

Qog‘oz ixtirosi muallifi xitoyliklardir va bu tasodif emas, chunki ular bashqaruv qoidalariga qat’iy rioya qilganlar talablarni eslab qolish uchun ularni qaerdadir saqlash lozim bo‘lgan, shuning uchun Xitoyda dastlab yozish manbai sifatida bambuk taxtalaridan va ipakdan foydalanilgan. Biroq, ipak nihoyatda qimmat bambuk esa og‘ir va katta bo‘lgan. Bitta bambuk taxtasiga o‘rtacha 30 ta ieroglif joylashgan. SHuni ta’kidlash joizki xitoyliklar uzoq davr mobaynida ipak ishlab chiqarish texnologiyasini bilganlar. Qog‘oz esa ipakni qayta ishlash jarayonida ixtiro qilingan, ayollar ipakni qaynatganlar so‘ngra uni yoyganlar, suvga cho‘ktirib yaxlit mato paydo bo‘lguniga qadar ishqalaganlar, uni suvdan olib chiqqanda ipak paxta paydo bo‘lgan.Suvda qolgan ipak izlari kurigach foydalanish mumkin bo‘lgan yupqa qog‘ozga aylangan. Bunday qog‘oz paxta qog‘oz deb nomlanib u nihoyatda qimmat bo‘lgan. SHu bois, 105 yil Say Lui baliqchilarning to‘ridan yangi qog‘oz turini yaratgan. Bu ixtiro nafaqat Xitoy, balki butun dunyo uchun muhim voqelik bo‘ldi. Say Lui nomi insoniyat tarixiga eng buyuk ixtirochi sifatida kiritildi. IV asrda ixtiro qilingan qog‘oz bambuk taxtachalarini muomoladan butunlay chiqarib tashladi.

5. Porox- qurol. Poroxning ixtiro qilinishi va Evropada tarqalishi insoniyat tarixidagi burilish bo‘ldi. Biroq, u Evropada paydo bo‘lguniga qadar Xitoyda ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan. Poroxning muhim tarkibiy qismi selitradir. Xitoylik ba’zi kiloblarida tabiiy holda qor parchalari shaklida er qatlamida joylashgan olov yoqar ekanlar, xitoyliklar selitra va ko‘mir qorishmasi yonishi natijasida paydo bo‘lgan gulxanni kuzatganlar. Selitraning xossalarini birinchi bo‘lib xitoylik tabib Tao Xuitsin tavsiflagan. SHu davrdan boshlab u ba’zi dorilarning tarkibiy qismi sifatida ishlatilgan. VII asrda xitoy alximiklardan biri Sui’ Si Myao simob va selitra aralashmasiga taxta kukunini qorishtirgan. Bu qorishma qizdirilganda birdan katta gulxan alangasi paydo bo‘lgan. SHu darvdan boshlab Sui’ Si Myao poroxning birinchi namunasi muallifi sifatida e’tirof etilgan. Keyinchalik poroxning tarkibi ko‘mir selitra va kaliyli selitra aralashmasidan iborat bo‘lgan va xitoyliklar undan harbiy maqsadlarda foydalana boshlaganlar.
6. Telegraf, telefon, internet, radio va boshqa zamonaviy kommunatsiya vositalar. XIX asrgacha mamlakatlararo axborot va ma’lumotlarni etkazish vositasi sifatida dastlab kabutarlar, choparlar va poroxod pochtasi amal qilgan. Qo‘shni mamlakatlardagi voqealar haqidagi ma’lumot ikki hafta va hatto bir oy davomida etkazilgan.Telegraf yo‘nalishining juda tez muddatda dunyoda tarqalishi ma’lumotning elektr simlar orqali soat va hattoki daqiqalarda bilish imkonini berdi. SHu bois telegraf insoniyat sivilizitsiyasida masofani qisqartirishga yo‘nalgan noyob ixtirodir. Biroq insoniyat bu bilan kifoyalanmagan.1837 yilda amerikalik fizik Peydj ovoz yoki kuyni uzoq masofaga etkazish bo‘yicha izlanish olib bergan va telefonni ixtiro qilgan uning yanada takomillashgan varianti mobil telefonlardir.
7. Avtomobilning ixtiro qilinishi yangi industriyaning shakllanishiga sanoatning takomillashtirishga ishlab chiqarishning qayta kurishga ta’sir qildi.U million kilometrlik yo‘llarni qurishni rejalashtirishni talab qildi. Benzinli dvigatelli birinchi avtomobil 1864 yilda astriyalik olimi Zigfrio Markus tomonidan ixtiro qilindi. 1875 yilda Markus avtomobilning takomillashgan variantini ixtiro qildi. Avtomobilning rasmiy ixtirochilari nemes muxandislari Bens va Doymlardir
Bens ikki aktli gaz dvigatelini ixtiro qildi va uni ishlab chiqaruvchi kichik zavodning xo‘jayini bo‘ldi. Avtomabil sanoati tez sur’atlarda takomillasha boshladi.
8. Elektr lampasi XIX asrning so‘ngi 10 yilligida Evropa shaharlarida elektr yorug‘ligi paydo bo‘ladi. Dastlab ko‘cha va maydonlarni yoritgan elektr lampalari juda tez har bir qadamda paydo bo‘ldi. Elektr yorug‘likni shiddat bilan tarqalishi ommaviy elektofikatsiyaga, energetikadagi to‘ntarishga va sanoatdagi yirik rivojlanishga sabab bo‘ldi. Insoniyat tarixidagi bu sifat o‘zgarishi elektr lampasining ixtiro qilinishi bilan bog‘liq. hozirgi kunda hayotni elektr lampasiz tasavvur qilish mumkin emas.
9. Antibiotiklar (xususan penitsillin) XX asrda tibbiyot sohasidagi yirik ixtirodir. XX asrning 30 yillarida minglab odamlarning zotiljam, dizenteriya kabi tashhizlar bilan qirilib ketganini, “Sepsiz” barcha jarrohlik muolajalariga xalaqit beruvchi omilligini eshitib taajublanish mumkin. Bunday dahshatli kasalliklarga antibiotik ixtiro qilinib barham berildi. Eng muhimi u urush davrida harbiy tibbiyotda yaradorlarni davolashda qo‘llanildi. CHunki, urushda aksariyat hollarda yaradorlar otilgan o‘qdan emas, balki yaraning yiringlashi oqibatida halok bo‘lgan. Kundalik sharoitda inson terisi organizmni mikroblardan himoya qilgan. Biroq yaraga mikrob juda tez kirgan va juda katta tezlikda ko‘payib eng chuqur to‘qimalargacha kirib boradi, natijada bemorga hech qanday jarroh yordam bera olmay qolgan, shu bois, ko‘p xollarda bemorning yarador organi kesib tashlashgan. Mikrobga qarshi mikrob bilan kurashish g‘oyasi XIX asrdayoq paydo bo‘lgan. Masalan, Lui Paster sibir yarasi batsillasi boshqa mikroblar ta’sirida o‘lishini aniqladi. 1940 yilda Fleming tomonidan pensillinning ixtiro qilinishi tibbiyot tarixidagi eng muhim voqea bo‘ldi va tibbiyotning keyingi bosqichida takomillashuviga turtki bo‘ldi.
10. Elkan va kema. Dastlabki elkan eng qadimgi davrda insoniyat birinchi qayiqlarni yaratib dengizga chiqqan davrida ixtiro qilingan. Dastlab tortilgan hayvon terisi elkan vazifasini bajargan, uni inson qayiqning boshida turib ikki qo‘li bilan ushlab shamolning yo‘nalishiga qarab o‘zgartirib borgan. Keyin inson elkanni machta yordamida mustahkamlashni ixtiro qilgan. SHu bois, elkanli kemalarning ixtiro qilinishi eng qadimgi davrga borib taqaladi. Birinchi elkanli katta kemalar Misrda ixtiro qilingan va Nil daryosida foydalanilgan. Bugungi kunda katta suv osti yadro kemalari, yo‘lovchilar, yuk tashuvchi kemalar, harbiy kemalar ixtiro qilinib, ulardan foydalanish darajasi daryolar bilan emas, dengizlar va okeanlar bilan o‘lchanmoqda113.
O‘tmish qaytsa, faqatgina, yangilik ko‘rinishini olib takrorlanishi mumkin, eski, avvalgi narsa, hodisalar yangilanib, novatsiya shaklini olibgina fuqarolik huquqiga ega bo‘lishi mumkin. SHu nuqtai nazardan qaraganda, eng qadrli narsa bu - yangilikdir. SHuning uchun an’anaviy o‘tmish o‘zining yangilik ekanini va o‘zida hozirgi davrni ko‘rsatishga urinadi”114. Demak, innovatsiya, eng avvalo, o‘z davri nuqtai nazaridan asoslashni taqozo etadigan murakkab ijtimoiy-madaniy fenomendir.
Bundan tashqari, innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘z mohiyatiga, nafaqat, zamonaviy madaniyatning barcha tendensiyalarini, balki u yangilikka yo‘nalgan fenomen sifatida madaniyatning kelajagini ham singdiradi. Bizning fikrimizcha, innovatsiyani yangi postindustrial rivojlanish bosqichi ob’ektivlashuvining ijtimoiy-madaniy modeli, deb ta’riflash zarur.

Download 305,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish