Ilmiy tadqiqot metodologiyasi



Download 305,59 Kb.
bet8/84
Sana03.02.2022
Hajmi305,59 Kb.
#428145
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
маъруза матни

Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari. Fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat XVII-XVIII asrlarda to‘la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I.Nyuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta’riflab, shu tariqa tabiatshunoslikning asoslari asrlar mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan ta’riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.
Fan taraqqiyoti ikki katta davr va to‘rt bosqichda rivojlandi. Birinchi davr dastlabki fan va ikkinchi davr haqiqiy fan deb nomlanadi. Dastlabki fan bir bosqichda, haqiqiy fan uch bosqichda namoyon bo‘ladi.
Dastlabki fan davri va ilk fan bosqichi. Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha bo‘lgan davr ilk fan bosqichidir. Aniqroq aytganda bu bosqich 1750 yil davom etgan va u fan taraqqiyotining embrional davri deb nomlangan.
Dastlabki fanda, inson o‘zining kundalik hayoti va tajribasida tez-tez uchraydigan narsalarni hamda ularning o‘zgarish usullarini o‘rganadi. U o‘z faoliyati natijalarini oldindan ko‘rish uchun qandaydir o‘zgarishlar modellarini yaratishga harakat qiladi. Tajriba asosida shakllangan tafakkur faoliyati amaliy harakatlarning ideallashgan sxemasini yaratadi. SHunga ko‘ra, misrliklarning ko‘paytirish jadvali bevosita amaliy o‘zgarishlar sxemasining tipik ko‘rinishi, deyish mubolag‘a bo‘lmaydi. Amaliyot bilan xuddi shunday aloqadorlik dastlabki bilimda ham bo‘lib, u er maydonlarini o‘lchash tajribasiga asoslangan geometriyada o‘z aksini topadi.
Mavjud amaliyotning narsa va hodisalarga doir munosabatlarini mavhumlashtirish va tizimlashtirish yo‘li bilan bilimlarni yaratish usuli dunyoni anglashning ilgari shakllangan usullari doirasida bo‘lishini ta’minlaydi. Agar dastlabki fan davrida birlamchi ideal ob’ektlar ham, ularning munosabatlari (tegishli ravishda til asosiy atamalarining ma’nolari va ular bilan muomalada bo‘lish qoidalari) ham bevosita amaliyotdan keltirib chiqarilib, faqat shundan keyingina yaratilgan bilim (til) tizimi doirasida yangi ideal ob’ektlar shakllangan bo‘lsa, endilikda ilmiy bilish navbatdagi dadil qadamni qo‘yadi. U yangi bilim tizim poydeverini real amaliyotga nisbatan «yuqoridan» turib qurishga kirishadi va faqat shundan keyingina, bavosita ifodalash orqali, ideal ob’ektlardan qurilgan konstruksiyalarni amaliyotning narsalar va hodisalarga doir munosabatlariga taqqoslab tekshiradi. Bu usulda dastlabki ideal ob’ektlar amaliyotdan emas, balki ilgari yuzaga kelgan bilim (til) tizimlaridan olinadi va yangi bilimlarni shakllantirish uchun ulardan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Bu ob’ektlar alohida «munosabatlar tarmog‘i»ga, boshqa bilim sohasidan olingan tuzilmaga «solinadi». Mazkur tuzilma, bu bilim sohasida, voqelikning narsalar va hodisalar tuzilmalari sxemalashtirilgan obrazi sifatida dastlabki tarzda asoslangan bo‘ladi. Dastlabki ideal ob’ektlarning yangi «munosabatlar tarmog‘i» bilan birlashishi yangi bilim tizimini vujudga keltirishga qodir bo‘lib, bu tizim doirasida voqelikning ilgari o‘rganilmagan tomonlarining muhim jihatlari namoyon bo‘lishi mumkin. Amaliyotda mazkur tizimning bevosita yoki bilvosita asoslanishi uni haqiqiy bilimga aylantiradi. Rivojlangan fanda bunday tadqiqot usuli deyarli har doim uchraydi. Masalan, matematika evolyusiyasida sonlardan amaliyotda foydalaniladigan predmetlar yig‘indisining timsoli emas, balki xossalari muntazam o‘rganiladigan nisbatan mustaqil matematik ob’ektlar sifatida qaraladi. Har qanday ijobiy juftliklarda ayirish operatsiyalari qo‘llanilganda kam sonlar ko‘p sondan ayrilganda salbiy sonlar kelib chiqadi. O‘zi uchun salbiy sonlarni yaratar ekan, matematika yangi marraga erishadi. U salbiy sonlarga ijobiy sonlarda ishlatiladigan barcha operatsiyalarni qo‘llab, shu yo‘l bilan ilgari tadqiq qilinmagan haqiqat strukturasini xarakterlovchi yangi bilim yaratadi. YAngi bilimni yaratishning bunday vositasi nafaqat matematika, balki boshqa tabiiy fanlarda ham qo‘llaniladi (gipotezalarni keyingi tajribalarda asoslash metodi).
Dastlabki fanda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo‘lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni echishda foydalaniladigan ma’lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada tegishli bo‘limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.
Fanning obrazi. Fan obrazi ijtimoiy ongda qanday namoyon bo‘ladi, degan savolga uzil-kesil javob berish mumkin emas. Fan obrazi juda serqirra. Tabiiyki, olimlar ko‘z o‘ngida fan madaniyatning muhim hodisalaridan biri sifatida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaydigan va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga loyiq bo‘lgan noyob boyligi sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo fan haqida undan uzoq bo‘lgan odamlarning fikri qanday? Ommaviy ongda fan qanday shakl-shamoyil kasb etadi? O‘z-o‘zidan ravshanki, oddiy xalqning fan haqidagi tushunchasi olimlarning tasavvurlari bilan qay jihatdandir muvofiq kelishi, qay jihatdandir esa undan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Ammo bu obraz madaniyat mentaliteti bilan muvofiq keladi va shu nuqtai nazardan ulkan rol o‘ynaydi.

Download 305,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish