Ilmiy tadqiqot metodologiyasi



Download 305,59 Kb.
bet52/84
Sana03.02.2022
Hajmi305,59 Kb.
#428145
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
Bog'liq
маъруза матни

Metodologik tamoyillar. Metodologik tamoyillar yangini bilishga aniq yo‘l ko‘rsatib bera olmaydi. Bu nuqtai nazardan ular ancha mavhumdir. Ammo, evristik ta’limotlardan farqli o‘laroq, metodologik tamoyillarni aniq, izchil shaklda ta’riflab berish mumkin. Bilishning mazkur yondashuvlari tamoyillar tarzida ta’riflangunga qadar ham qadim-qadimlardan qo‘llanilib kelingan, ammo ularni refleksiya qilish, muayyanlashtirish, ularning amal qilish sohalarini mufassal tahlil qilish asosan XX asr metodologiyasida amalga oshirildi.
Har bir tamoyil yuzasidan shu qadar ko‘p adabiyotlar borki, ularni bir erga to‘plasa, tog‘ hosil bo‘ladi. Ammo ularni o‘qish mazkur tamoyillarning muxtasar tavsifiga taqqoslaganda tadqiqotchiga juda kam metodologik ma’lumotni beradi. Mufassal tadqiqotlar professional metodologlarga o‘z qarashlarini muayyanlashtirish va himoya qilishlari uchun foydalidir.
Muvofiqlik tamoyili. Ilmiy bilishning mazkur sohasidagi bilimlarni yangi tamoyillar (g‘oyalar, konsepsiyalar, nazariyalar) asosida tizimga solish bu sohadagi «eski» bilimni ushbu tizimning unsuri sifatida (xususiy hodisa, eng so‘nggi hodisa sifatida va sh.k.) o‘z ichiga olishi lozim. Masalan, relyativistik mexanika jismlar past tezlikda harakatlanganida Nyutonning klassik mexanikasiga o‘tadi.
Ilmiy bilish metodologiyasida muvofiqlik tamoyilining shakllanishi odatda N. Bor nomi bilan bog‘lanadi. Vaholanki, muvofiqlik tamoyili g‘oyalari turli shakllarda undan oldin ham ilgari surilgan. Adabiyotlarda, jumladan, shunday deb ko‘rsatiladi: «Nils Bor 1913 yilda mashhur «muvofiqlik tamoyili»ni ta’riflab berdi. Mazkur tamoyil nurlanishning klassik nazariyasi bilan kvant nazariyasi o‘rtasida qonuniy munosabat o‘rnatdi. U atom nazariyasining rivojlanishida shu qadar muhim rol o‘ynadiki, A. Zommerfeld N. Borning «muvofiqlik tamoyili»ni «sehrli tayoqcha» deb ta’rifladi»79. Ammo o‘tgan asrga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shunga o‘xshash g‘oyalarni Butlerovda ham uchratishimiz mumkin. U, jumladan, shunday deb yozadi: «Kimyoviy energiya va atomlar harakatining tabiatini tushunib etsak, mexanika qonunlari bu erda ham amal qila boshlasa, kimyoviy tuzilish haqidagi ta’limot kimyoning eski nazariyalari singari o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ammo u faqat yo‘qolish uchun emas, balki o‘zgargan shaklda yangi, yanada keng qarashlardan o‘rin olish uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotadi»80.
Mazkur tamoyil aksariyat hollarda ilmiy va noilmiy bilimni farqlashga ko‘maklashadi.
To‘ldiruvchanlik tamoyili. Tadqiqotning ko‘pgina ob’ektlari (mikrodunyoning elementar zarralarga o‘xshash eng oddiy ob’ektlaridan tortib to inson va jamiyat singari murakkab ob’ektlargacha) har xil, hatto qarama-qarshi bilimlar (nazariyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar)ni birlashtirish asosida nisbatan to‘la tavsiflanadi. Fizikadagi korpuskulyar-to‘lqinli dualizm yoki ruh va tana haqidagi ta’limot (din), haqiqatning ikkiyoqlamaliligi haqidagi ta’limot (Ibn Rushd), insonni tavsiflashda moddiy va ruhiy substansiyalar (Dekart), lingvistika va kulturologiyada sinxronik va diaxronik yondashuvlar, fan metodologiyasi va tarixida internalistik va eksternalistik yondashuvlar shular jumlasidandir. Ko‘rinib turganidek, ayni bir ob’ekt to‘g‘risidagi turli bilimlarning to‘ldiruvchanligi g‘oyasi qadimdan ma’lum. «To‘ldiruvchanlik tamoyili»ni aniq shaklda ta’riflash esa yana N. Bor nomi bilan bog‘lanadi: «Klassik fizikaning juftdosh tushunchalarini yanada yaxshiroq tushunish uchun Nils Bor «to‘ldiruvchanlik» tushunchasini ilmiy muomalaga kiritdi. U zarra manzarasiga va to‘lqin manzarasiga ayni bir voqelikning bir-birini to‘ldiruvchi tavsiflari deb qaradi. Ularning har biri faqat qisman haqiqiy bo‘lib, qo‘llanilishi cheklangandir»81.
Ilmiy nazariyalarni profileratsiya qilish tamoyili (yoki P. Feyerabendning ilmiy bilishning anarxistik nazariyasi). Nazariy g‘oyalarning soni va rang-barangligi bilan ob’ektni mukammal bilish imkoniyati ortib borishini nazarda tutadigan mazkur tamoyilni «kvadratga ko‘paytirilgan to‘ldiruvchanlik tamoyili» deb nomlash mumkin. Mazkur tamoyil absurd darajasiga etkazilgan to‘ldiruvchanlik tamoyilga o‘xshab ketsa-da, murakkab ob’ektlarni bilishda (masalan, «Inson va barcha mavjud yondashuvlar, nazariyalar, yo‘nalishlar, maktablar, ta’limotlar» muammosini oladigan bo‘lsak) o‘zining layoqatliligini ko‘rsatadi.

Download 305,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish