Ilmiy tadqiqot metodologiyasi


Eksperiment - tadqiqot jarayonida dalillash metodi sifatida



Download 0,81 Mb.
bet94/159
Sana06.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#432172
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   159
Eksperiment - tadqiqot jarayonida dalillash metodi sifatida
Ilmiy tadqiqot ilmiy bilish usishining asosida yotadigan ishonchli faktlarni olishdan boshlanadi. Ishonchli faktlarni olish, tushunish va qayta ishlashda eksperiment muhim ahamiyat kasb etadi. U ilmiy kuzatishdan farq qilib, bilish ob’yektini sof holda urganishga, qayta takrorlab tekshirishga imkon beradi. Demak, eksperiment predmet va jarayonlarni nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitda o‘rganiladigan ilmiy bilish metodidir.
Eksperiment yaratadigan imkoniyatlar
• Olim uchun keraksiz, xalakit beradigan, ortikcha omillarni sun’iy ravishda bartaraf kilib, xodisalarni “sof xolda” urganishga imkon beradi.
• Predmetning sifat va xususiyatlarini sun’iy yaratilgan ekstremal sharoitlarda urganishga yoki tabiiy sharoitlarda aniklash kiyin buladigan (juda kuchsiz namoyon buladigan va umuman namoyon bulmaydigan) tomonlarini
tadkik kilishga imkon beradi.
• Haqqoniy natijaga erishish uchun turli sharoitlarni rejali ravishda yaratish va o‘zgartirish imkonini beradi.
• Qatiy qayd kilinadigan va takrorlanadigan sharoitlarda jarayonning kechishini ko‘p marta qaytarish imkonini beradi.
Hozirgi zamon fanlarining (tabiatshunosligining) vujudga kelishi ilmiy eksperimental metodning qo‘llanilishi bilan bog‘lik. Kadimgi davr madaniyati bunday zaruratni taqozo qilmas edi. Bu haqida batafsil tuxtalamiz.
Eksperimental tadqiqot g‘oyasi madaniyatda tabiat haqida, biluvchi sub’yekt va uning faoliyati haqida alohida tasavvurlar bo‘lishini taqazo qiladi. Eksperimental tadqiqot g‘oyasi materiyaning tabiatiga qarshi tura oladigan, undagi narsalarga ta’sirqilib o‘zgartira oladigan kuch sifatidagi sub’yektni tan olish bilan bog‘lik. Tabiiy ob’yekt sun’iy yaratilgan sharoitga quyilsa o‘zining ko‘rinmas tub aloqalarini sub’yekt uchun namoyon etadi. Demak, tabiiy ob’yektni eksperimentda bilish mumkin. Shuning uchun Yevropa madaniyatidagi yangi davrda tabiatning uzida yashirgan sirlarini “fosh qiluvchi” eksperiment keng tarqala boshlagan.
Shuni aytish keraki, yangi davr Yevropa tabiatshunoslik fani qadimgi Grek naturfalsafasi asosida shakllana olmas edi. Markaziy Osiyolik o‘rta asrlarda yashagan buyuk olimlar al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Beruniy, Ibn Sino va boshqalar kuzatish hamda eksperiment metodidan foydalanishda bir qadam olg‘a ketdilar. Shu davrda tabiatshunoslikning mustakil fan sifatida shakllanishi ruy bera boshladi. Bu borada ayniqsa, Aburayxon Beruniy katta xizmat qildi. Buni Tohir Karim bir kancha kitob va makolalarida isbotlashga xarakat kilgan18. U “Dunyoviylik falsafasi” makolasida shunday deb yozadi: “Beruniy fikri buyicha” “Hech qanday moddiy yoki ma’naviy omil tajribaning ilm-fan sohasidagi asosiy mezonlik vazifasini bajara olmaydi. Shuning uchun ham u mantiqan to‘g‘ri bo‘lib ko‘ringan narsa va xodisalar to‘g‘risidagi bilimlar “aslida sinov hamda tajribada aniqlanishi lozimdir” – degan talabni ilgari surishdi va unga uzi izchil amal qildi, bu bilan esa hozirgi zamon fani oldiga qo‘yiladigan mezonlarga rioya qilish zarurligi to‘g‘risidagi fikrlari, tabiatshunoslik fanlari asoslarini yaratib berishda hal kiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Bundan shu narsa ma’lum buladiki, Al-Beruniy XVII asr Yevropa mutafakkirlaridan olti asr oldin hozirgi zamon fanlari uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan qoidalar (talablar)ni o‘rtaga tashlab, unga o‘zi izchil amal qilganligidan darak beradi.
IX-XII asr Sharq o‘yg‘onish davri dunyoviy fanlari faqat mantiqiy mezonlar bilan cheklanib qolmasdan, balki e’tikod va mantik talablariga mos hukmron xulosalarni kuzatish hamda tajribalar orqali tasdiqlangan bilimlarni19 yig‘ib bir tizimga solishga alohida e’tibor qaratganlar20.
Tohir Karim o‘z mulohazalaridan shunday xulosa chiqaradi: “Dunyoviy fanlarning qaror topishi, ularning mustaqil fan sohalari sifatida ajralib chikish jarayoni XVII asr Yevropada emas, balki IX-XI asr musulmon Sharq mutafakkirlari, xususan, Markaziy Osiyo allomalarining mashaqqatli izlanishlari tufayli sodir bo‘lgan deb hisoblash lozim. Agar IX-XI asr Sharq ilmiy tafakkuri bo‘lmaganida edi, XVII-XVIII asr yangi davr Yevropa tabiatshunoslik fanlari xam qaror taopmagan o‘ulur edi. Chunki qadimgi yunon naturfalsafasi Yevropada yangi davr klassik fanlarining vujudga kelishi uchun zarur bulgan asoslarni yaratib bera olmas edi”.
Tabiat bu tasavvurlar tizimida bir xil xususiyatlarga ega bulgan sifat jihatidan turlicha narsalarning alohida kompozitsiyasi sifatida qabo‘l qilinadi. U qaytarilmas individul narsalar singib ketgan konunsimon bog‘lanishlarning harakatlar maydoni sifatida namoyon bo‘ladi.
Tabiatni bunday tushunish Yangi davr madaniyatida “natura” kategoriyasida ifodalandi. Qadimgi greklarda bunday tushunish bo‘lmagan. Ularda tabiat tushunchasi “fyusis” va “kosmos” kategoriyalarida ifodalangan. Fyusis xar bir narsadagi alohida, sifat jihatidan o‘ziga xoslikni, narsalarda jo bo‘lgan mohiyatni bildirgan. Bunday tasavvur insonni narsalarni sifat sifatida, shakllangan materiya sifatida, uning axamiyati, maksad va vazifalarini xisobga olgan xolda bilishga yunaltirgan. Kosmos bu dunyokarash yunalishi tizimida o‘z tabiatiga ko‘ra aloghida mustaqil mohiyat sifatida qabul qilingan. Unda xar bir alohida “Fizik mavjudlik” ma’lum o‘rin va ahamiyatga ega, butun kosmos tugal mukammallik sifatida maydonga chiqadi.
Kosmosning bitmas tuganmas harakati antik davr mutafakkiriga ma’lum chegaradagi abadiy aylanma harakat bo‘lib, uning ichida butunning garmoniyasi doimiy qayta ishlanadi, shuning uchun harakatchan va o‘zgaruvchan Kosmos bir vaqtning o‘zida qismlari bir-birini to‘ldirib, tugal garmoniya yaratadigan butunlnk sifatida tasavvur qilindi. Abadiy harakat va o‘zgarishlar obrazi greklar tasavvurida sharsimon shakl g‘oyasi bilan uyg‘unlashdi (kosmos deyarli barcha faylasuflar tomonidan sharga uxshatilgan). Tabiatini bunday alohida ma’nosi shahar-davlat erknn aholisining butun fuqaroviy birligini ifodalaydigan polis hayoti bilan hamohangdir. Polis idealda turli- tumanlikda birlik, bu birlikning realligi Kosmos deb tasavvur kilingan. Tabiat kadimgi grek uchun shaxssiz, jonsiz narsa emas, u alohida qismlari - normalar o‘z ahamiyati va funksiyalariga ega bo‘lgan tirik organizm sifatida tasavvur qilingan. Shuning uchun antik mutafakkirga dunyoni qismlarga zurlik orqali ajratish yo‘li bilan anglash va ularning tabiatiga mos bo‘lmagan erksizlik sharoitida o‘rganish begona bo‘lgan. Uning tasavvurida tadqiqotning bunday usuli Kosmos uyg‘unligini faqat buzishi mumkin, lekin bu uyg‘unlikni topa olishi mumkin emas. Shu sababli barcha “fizik mavjudliklar”ga maqsad beruvchi kosmosni anglashga faqat kuzatish, jonli mushohada orqali erishish mumkin. Bu usul haqiqatni izlashning asosiy usuli sifatida baholangan.
Tabiat hakidagi bilimni sun’iylik (texne) hakidagi bilimga qarama-qarshi qo‘yganlar. Antik davrga ham, uning urnida karor topgan Yevropa o‘rta asr davriga ham tabiiylik va sun’iylikni keskin chegaralash xos bo‘lgan. Mexanika antik davrda tabiat hakidagi bilim deb hisoblanmagan, inson kuli bilan yaratilgan sun’iy bilim deb hisoblangan.
Hozirgi zamon fani, nazariy tabiatshunoslik eksperiment metodiga asoslanadi va demak, texnogen sivilizatsiyaning shakllanish davridagina vujudga kelishi mumkin edi. Bu davr madaniyatining ma’naviy asosi inson va inson faoliyatini yangicha tushunish bo‘ldi. Bu Renessans va Yangi davrga o‘tish sharoitdagi buyuk o‘zgarishlar jarayoni bilan bog‘liqdir. Bu tarixiy davrda madaniyatda har qanday faoliyatga qadriyat, ijtimoiy boylikning manbasi sifatida munosabat shakllandi.
Madaniyatdagi o‘zgarishlar qadriyatli yo‘nalishlarning yangi tizimini vujudga keltirdi. Uyg‘onish davri madaniyatida yangi qadriyatlar tizimi muhokama qilina boshlandi.
Qadriyatlar yangi tizimining ikki jihati bor:
1. O‘rta asr dunyokarashiga zid ravishda inson konsepsiyasini fikrlaydigan, faol harakat qiladigan, tabiatga faol qarshi tura oladigan kuch sifatida tushunish bilan bog‘lik gumanistik g‘oyalarning yangi tizimi qaror topdi.
2. Tabiatga insoniy kuchlarni safarbar etish maydoni sifatida qaralib, uni bilishda manfaatdorlik qaror topdi.
Uygonish davridayok, inson faoliyatida yaratiladigan tabiiy va sun’iy reallik o‘rtasidagi bog‘lanishlarni yangicha tushunish shakllana boshladi. Dunyoning xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi an’anaviy xristian ta’limoti bu yerda uziga xos talqin qilindi. Dunyoni yaratgan ilohiy aqlga munosabatda tabiatga sun’iy narsa sifatida qaraldi. Inson faoliyati esa yaratish aktining kichik hajmiga o‘xshatib qaraldi. Bu faoliyatning asosi tabiatdan ta’sirlanish (o‘rnak olish), unda aqliy boshlang‘ichlarni (qonunlarni) bilish va inson san’atida - fanda, badiiy tadqiqotda, texnik ixtirolarda ularni anglab yetish tushunildi. Tabiiylik va sun’iylik tenglashdi, ularga ta’sir qiluvchi va uzgartiruvchi aqliy faoliyat yuqori baholandi.
Shunday qilib, eksperimental fanlar ravnaq topa boshladi. Ilmiy bilishning eksperiment, induksiya, deduksiya va boshqa metodlari ishlab chiqildi. Ilmiy tadqiqotda, yangi ilmiy natijalarga erishishda ayniqsa eksperimental metodning ahamiyati katta bo‘ldi.
Har qanday ilmiy eksperiment olimning o‘rganilayotgan ob’yekt tadqiqotiga faol, tadqiqotiy, maqsadga yo‘nalgan faoliyati bilan bog‘lik. Eksperimentda ob’yektning tabiiy sharoitda bilinmaydigan yoki yetarli kuzatib bo‘lmaydigan sifatlarini namoyon qilishiga qulay sharoit yaratadilar. Eksperimentning sharoitini u yoki bu yo‘naliщda o‘zgartirib, ob’yektning turli sharoitlardagi sifat va xususiyatlarini xarakterlaydigan boy materialga ega bo‘ladilar. 21

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish