Savol va topshiriqlar:
Ilmiy dalil nima?
Dalilning ishonchliligi ko‘p jihatdan nimaga bog‘liq?
Dallillamnig qanday turlarini bilasiz?
Empirik, ilmiy va imtiyozli dalillarning o‘zaro aloqasi va farqini tushuntiring.
Dalillarning ahamiyatini Medel ta’Iimoti misolida asoslang.
Adabiyotlar:
Mirаhmеdоv M., Tоhirоv M. Ilmiy tаdqiqоtlаr mеtоdоlоgiyasi - Tоshkеnt: Tеmir yo’llаri instituti nаshriyoti. 2012. 456 b
Shеrmuhаmеdоvа N.А. Ilmiy tаdqiqоt mеtоdоlоgiyasi.-Tоshkеnt: Nоshir, 2020. - 480 b.
9-Mavzu: Ilmiy mаktаb, mеtоd vа mеtоdоlоgik yondаshuvlаr.
Mavzu rejasi:
1. Ilmiy maktablar, metod, metodologiya, metodika,
tushunchalari.
2. Metodlarniing tasnifi.
3.Hozirgi zamon metodlari: abduksiya kumatoid, keys stadis, evristika.
4. Asosiy metodologik tamoyillar.
Tayanch so’zlar: Ilmiy mаktаb shakllаnishining tаriхi, umumiy bеlgilаri vа аsоsiy bosqichlаri. Ilmiy mаktаblаrning tiplаri. Ilmiy mаktаblаrning shakllаri, pаrаdigmаl vа lоkаl dаrаjаlаri. Ilmiy mаktаblаrning klаssifikаtsiyasi. Innоvаtsiоn ilmiy mаktаblаr.
1. Ilmiy maktablar, metod, metodologiya, metodika, tushunchalari.Наг qanday ilmiy faoliyat ilmiy maktablarda shakllanadi va muayyan metod, metodologiya va metodikaga tayanadi. Ular bir biri bilan o‘zaro aloqada bo'lsada, vazifalariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Ilmiy maktablar, metod, metodologiya, metodika tushunchalari.
Ilmiy maktablar o'zida muayyan shaxs, olimning ilmiy faoliyati yo'nalishini o'rganish natijasida shakllangan kasb egalari, olimlar kogortasi bo‘lib, unda muayyan ilmiy g‘oya, nazariya doirasida hamjihatlikda faoliyat olib boriladi. Ilmiy maktab tushunchasi metod tushunchasidan kengroqdir.
Ilmiy maktablar fan taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi, ya’ni fandagi tizimli rivojlanishni o‘zida namoyon qiladi. Ilmiy maktab- laming paradigmal va lokal darajalari farqlanadi. I.Nyuton, A.Eynshteyn, N.Bor, I.Prigojin ilmiy maktablari paradigmal darajani namoyon qilsa, mamlakat, alohida oliy ta ’lim muassasalari yoki ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat olib boradigan ilmiy maktablar lokal darajani aks ettiradi. Ilmiy maktabning paradigmal darajasi o‘z navbatida o‘z etakchilariga ega bo‘lgan lokal darajadagi ilmiy maktablaming majmuini tashkil qiladi. Ilmiy maktablarda bir yoki undan ortiq yetakchilar bo‘lishi mumkin. Ilmiy maktabda o‘ziga xos ilmiy innovatsion mexanizmlar amal qiladi, ulaming paydo bo‘lishi doimo yangi g‘oyalami amaliyotga joriy qilishda shu g‘oyaga aks g‘oyani ilgari suruvchi opponentlar bilan kurashida shakllanadi. Ba’zi olimlaming fikriga ko‘ra yangi g‘oyalar ilgaridan qotib qolgan eski g‘oyalardan amaliy ahamiyati bilan ustivorlik qiladi, ilmiy maktab vakillarining shu g‘oyani himoya qilishi uning amaliyotga joriy qilinishining garovidir. Ilmiy maktabda ustozning rahbarlik mahorati va ilmiy salohiyati, olimlik mas’uliyati muhim ahamiyatga ega. Ilmiy maktablar nazariy konsepsiyalami rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy g‘oyalar majmui shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy maktablar ilgari surilgan g‘oyalaming masshtabi, ulaming ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ilmiy maktablaming o‘ziga xos xususiyati g‘oyalarni umumlashtirish xossasiga egaligidir. Ilmiy maktablarda individual ilmiy tadqiqot olib borish metodi shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |