Paradigma. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida paradigma ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Paradigma, ilmiy muammolarni yechishga doir, ilmiy jamoa tomonidan tan olingan, aniqlangan qonuniyatlarni flkrlab olishga yordam beradigan va shuningdek, ushbufan sohasining yanada rivojlanishini prognozlashga yordam beradigan idealdir. Paradigma fan taraqqiyoti davomida hosil qilingan muayyan standartlami o‘z ichiga oladi, shu standartlardan past darajada bajarilgan narsalar muhokamaga qo'yilmaydi. Bu standartlami qo‘llab-quvvatlash ilmiy ish mutaxassisining muhim komponentlaridan biridir. Albatta, yangi paradigmalaming shakllanishi fan taraqqiyotida o‘z ortidan bor bo‘lgan standartlar, ilmiy bilishning ideal va me’yorlarining o‘zgarib borishini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, ilmiy bilimni uning taraqqiyotidagi paradigmalar atamalarida bayon qilish konsepsiyasi kumulyativ omildan kelib chiqadi. Ilmiy bilimlar taraqqiyotida kumulyativ jarayonlaming mohiyati shundaki, biror alohida fanda yoki butun fanda erishilgan standartlar, ideallar, me’yorlar va qadriyatlar fanni umuman, namoyon qiladi va fanning bilimlar sistemasi ekanligi haqida tasawur hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |