Ilmiy tadqiqot intuitiv bilimdan foydalanish zaruriyatini anglatadi. Ilmiy tadqiqotning natijasi prinsipial jihatdan inson bilish jarayonining butun tarixi kontekstidagi obyektiv, yangi bilim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot jarayonidagi takrorlanmaslik mezoni faqatgina ilmiy ijodga o‘ziga taalluqli bo‘lib, uning natijasiga ta’sir etmaydi.
Ilmiy tadqiqot - betakrorligi, mohiyatan yangi bilimlarga erishish vositalarining o‘ziga xosligi hamda natijalaming takrorlanishi bilan xarakterlanadigan bilish hodisasi bo‘lib, uning asosini intuitiv bilimni o‘zgartirish jarayoni tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqotni tavsiflash uchun «har qanday haqiqat bema’nilik sifatida boshlanib, xurofotda yakunlanadi», degan hikmat ko‘proq mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |