Tajriba-sinov sinfi - tajriba-sinov ishlari aniq bir sinfda sinf rahbari va dissertant hamkorligida olib boriladi. Tajriba-sinov sinfiga teng tayyorgarlikka ega parallel nazorat sinf tayyorlanadi. Tajriba sinov ishlari natijalari har ikki sinfda bir-biriga taqqoslanib natijalar chiqariladi.
Tajriba-sinov ishlarini natijalash - tajriba-sinov jarayonining boshlang’ich natijalari har chorakda yakunlab boriladi. Yo’l-yo’lakay ayrim zarur hollarda tuzatishlar o’rnatilgan tartibda kiritilib boriladi.
Ish yakunida o’quvchilarni o’zlashtirish, tarbiya topganlik dinamikasi ko’rsatiladi. Natijalari matematik-statistik hisoblar asosida yakunlanadi.