Ilmiy tadqiqot markazi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FOND BOZORINING AMAL QILISH



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/329
Sana14.04.2023
Hajmi7,23 Mb.
#928209
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   329
Bog'liq
Moliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FOND BOZORINING AMAL QILISH 
 
MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH 
 
Nurmuxamedov Azizbek Alisher o‘g‘li
 - 
Toshkent moliya instituti,
To‘laqonli bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun 
fond bozorini, uning amal qilish 
mexanizmlarini takomillashtirish zarur. To‘g‘ri, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki 
yillaridan erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish bo‘yicha harakatlar boshlan
gan. Ammo 
o‘tgan yillar davomida uning dolzarb masalalari o‘z 
yechimini topmadi. 2006-yilda 
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan ilmiy
-amaliy anjumanda ishtirok etgan dunyoning etakchi iqtisodchi 
olimlari va mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston mustaqilligiga 15 yil to‘lgan bo‘lishiga 
qaramay, u hali-
xanuz “o‘tish iqtisodiyoti” (transition economy)da ekanligi tanqid qilingan 
edi. Ular sanab o‘tgan vajlar, aytish joizki, bugungi kunda butkul bartaraf etildi. Boshqacha 
aytganda, bozor iqtisodiyotining drayveri bo‘lgan ka
pital bozorini shakllantirishga tamaltoshi 
qo‘yildi. Valyuta siyosatining liberallashtirilishi, soliq islohotlari, yer munosabatlarini tartibga 
solish bo‘yicha misli ko‘rilmagan amaliy chora
-
tadbirlar bunga misol bo‘la oladi.
Fond bozorining rivojlanganlik 
darajasi, o‘z navbatida, aniq miqdor va sifat 
ko‘rsatkichlari bilan ifodalangan bo‘lishi lozim. Asosiy miqdor ko‘rsatkichlari quyidagilar 


60 
bo‘lmog‘i kerak: iqtisodiyotning moliyaviy holati, pul massasining Yalpi ichki mahsulot 
qiymatiga nisbati, ichki kreditning YaIMga nisbati, aktsiyalar kapitalizatsiyasining YaIMga 
nisbati, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qarzdorlik summasining YaIMga nisbati, hosilaviy 
moliyaviy instrumentlar bozorining mavjudligi va rivojlanganlik darajasi
48

Fond bozorining 
rivojlanganlik darajasini belgilovchi sifat ko‘rsatkichlari bo‘lib 
moliyaviy institutlarning soni va ishonchliligi, fond bozorini tartibga solish tizimining 
samaradorligi, tegishli qonunchilikning mavjudligi, bozorda ishtirok etish uchun 
soddalashtirilgan shartlar va infratuzilmaning yuqori texnologik darajasidir. 
Rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan iqtisodiyotlarga xos bo‘lgan holatlar, ya’ni mulk 
tarkibidagi keng ko‘lamli farqlar, iqtisodiyotdagi davlatning roli, moliyaviy bozorning hajmi va 
tarkibini a
holining milliy o‘zligi, dini, an’analariga asoslangan iqtisodiy xatti
-harakatlarini 
hisobga olmay turib baholab bo‘lmaydi. Bu borada olib borilgan izlanishlar shundan dalolat 
beradiki, aholining iqtisodiy xatti-harakati bilan fond bozorining rivojlanishi 
o‘rtasidagi 
bog‘liqlik quyidagicha namoyon bo‘ladi: qabul qilinayotgan risk darajasi, faollik va 
innovatsiyalar qancha yuqori bo‘lsa –
aholining mulk tarkibidagi ulushi yuqori bo‘ladi, yakka 
tartibdagi iqtisodiy erkinlikka intilish qancha yuqori bo‘lsa –
moliyaviy mahsulotlarning 
tarkibi ko‘proq divesifikatsiyalangan va tez o‘zgaruvchan bo‘ladi, aholi moddiy maqomining 
oshishiga intilish yuqori bo‘lsa –
qimmatli qog‘ozlar bozori hajmlari ortadi, davlat va ish 
beruvchilar tomonidan nazoratning pasayishi 

fond bozori tarkibining yanada 
diversifikatsiyalangan bo‘lishiga olib keladi, ijtimoiy qo‘llab
-quvvatlovning pasayishi 
natijasida esa direvativlar bozorining jadalroq rivojlanishiga olib keladi. 
Olib borilgan izlanishlarimiz natijasida rivojlanayotgan fond b
ozorining quyidagi o‘ziga 
xos xususiyatlari va uning rivojlangan fond bozoridan farqli jihatlarini aniqlashga muvaffaq 
bo‘lindi:
Rivojlangan fond bozorlari bilan solishtirganda, rivojlanayotgan fond bozorlarining 
yuqori darajada beqarorligi va shunga mos ravishda yuqori darajadagi narx risklarining 
mavjudligi. 
Rivojlanayotgan bozorlarga ega bo‘lgan barcha mamlakatlarda fond bozorlarining nisbiy 
hajmi (YaIMga nisbatan) rivojlangan mamlakatlarnikidan bir necha barobar past. 
Rivojlanayotgan fond bozoriga ega b
o‘lgan barcha mamlakatlarda korxonalarni 
moliyalashtirish manbalarida bank krediti qimmatli qog‘ozlarga qaraganda sezilarli darajada 
yuqori ulushga ega
49

Rivojlanayotgan fond bozorlari o‘zining tez rivojlanish sur’atlari bilan ajralib turadi. 
Rivojlanayot
gan va rivojlangan fond bozorlarining qiyosiy tahlili so‘nggi paytlarda 
rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorlarining misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan 
rivojlanayotganligi va hajmlarining tez sur’atlarda ortib borayotganligidan dalolat bermoqda. 
Buning sa
babi shundaki, so‘nggi paytlarda ushbu mamlakatlarga moliyaviy resurslar oqimi va 
ularning xalqaro miqyosdagi ulushi asta-sekin oshib bormoqda. 
Mamlakatda davlat organlari faoliyatining shaffofligi investorlar (ayniqsa, xorijiy 
investorlar) uchun hal qiluv
chi mezonlardan biri ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, davlat 
institutlarida korrupsiyaning mavjudligi investorlar uchun ushbu mamlakatga investitsiya 
kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida noaniqlikni keltirib chiqaradi va bu holat milliy 
fond 
bozorining lozim darajada rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada moliyaviy 
kapitalning fond bozoriga kirib kelishi cheklanib qoladi. 
Shunungdek, fond bozorida narx masalalarini hal qilish fond bozorining barcha 
ishtirokchilari uchun katta amaliy ahamiyatga ega. Emissiya qilinayotgan qimmatli 
qog‘ozlarni joylashtirish narxini adolatli belgilash jalb qilinayotgan mablag‘lar miqdorini 
48
Сулtonov Sh.N. O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirish yo‘llari. Iqtisodiyot va ta’lim / 2022
-yil 5-son. 184-191-betlar. 
49
Xojimatov R.X. Fond bozorini 
rivojlantirish xususiyatlari va istiqbolli bank vositalari. “Iqtisodiyot va innovatsion 
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart
-aprel, 2019-yil. 


61 
oshirishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Investorlar uchun narxlarning 
o‘zgarish mexanizmini yaxshi tushunish to‘g‘ri investitsion qarorlarni qabul qilish uchun juda 
muhimdir. Qimmatli qog‘ozlar bozorida narx belgilash tamoyillarini to‘g‘ri o‘rnatish davlatga 
bozorni tartibga solish va uni nazorat qilish jarayonining yo‘nalishlarini to‘g‘ri ishlab chiq
ish 
imkonini beradi. 
Shuni ham ta’kidlash joizki, investitsiya qarorlarini qabul qilishda xorijiy investorlar 
asosan mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratadilar va umuman 
iqtisodiyotdagi beqarorlik sharoitida xorijiy investorlar, ushbu bozorda istiqbolli mahalliy 
emitentlar mavjud bo‘lgan taqdirda ham, uzoq muddatli investitsiyalarni fond bozoriga 
qo‘yishni afzal ko‘rmaydilar. Buning natijasida qisqa muddatli xorijiy chayqovchilik uchun 
imkoniyat yuzaga keladi va bu holat rivojlanayotg
an fond bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rivojlanayotgan fond bozorining rivojlangan bozorga aylanish jarayonini o‘rganish 
natijasida ushbu jarayonning asosiy iqtisodiy, texnik va siyosiy muammolari aniqlandi. 
Iqtisodiy muammolarga iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal etish, xususan, 
iqtisodiyotning moliyaviy jihatdan to‘yinganlik darajasini oshirish, jamoaviy investitsiyalash 
tizimini rivojlantirish va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni barqarorlashtirish kiradi.
Rivojlanayotgan va rivojlangan fond bozorl
ari tahlili shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiyot pul 
resurslari bilan qanchalik to‘yingan bo‘lsa, xo‘jalik aylanmasida qimmatli qog‘ozlar 
komponenti shunchalik yuqori bo‘ladi, yalpi ichki mahsulotga nisbatan fond bozori 
kapitallashuvi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Fond bozorining rivojlanishi bevosita iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish siyosatiga 
bog‘liq, ammo rivojlanayotgan mamlakatlar har doim ham to‘g‘ri va malakali siyosat olib 
boravermaydi. Zamonaviy sharoitda mamlakatning iqtisodiy o‘sishi ushbu iqtisodiyot 
tovar va 
moliya bozorlarining jahon bozorlariga dinamik ravishda integratsiyalashuviga bevosita 
bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida bozorlarni erkinlashtirishni talab etadi. Biroq moliya sektorini 
erkinlashtirish bozor riski (tavakkalchiligi) ko‘lamini hisobg
a olgan holda mutanosib ketma-
ketlikda amalga oshirilishi kerak. 
Rivojlanayotgan fond bozorini rivojlangan bozorga aylantirishning texnik vazifalari 
quyidagilardan iborat: jahon fond bozoriga samarali integratsiya qilish uchun zarur 
infratuzilmani ta’minla
sh va fond bozoridagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini 
takomillashtirish. Ko‘pgina rivojlanayotgan fond bozorlariga xos bo‘lgan muammo shundaki, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda odatda fond bozori infratuzilmasini rivojlantirish uchun zarur 
b
o‘lgan davlat va jamiyatning e’tibori yetarli darajada bo‘lmaydi, davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlanmaydi. Binobarin, fond bozorining rivojlanganligi uning mamlakat uchun qanchalik 
dolzarb va muhim ekanligiga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu davlatning xohish va qat’iyatida o‘z 
aksini topadi. Shuningdek, davlatning siyosiy qo‘llab
-quvvatlovi milliy fond bozori 
manfaatlarini xalqaro moliya bozorlarida himoya qilish shaklida ham ayniqsa muhimdir. 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish