Ilmiy tadqiqot ishlarini metodologik asoslari


Ilmiy bilishning umumfalsafiy va xususiy metodlari va shakllari



Download 26,08 Kb.
bet7/9
Sana17.07.2022
Hajmi26,08 Kb.
#817190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ilmiy tadqiqot ishlarini metodologik (2)

Ilmiy bilishning umumfalsafiy va xususiy metodlari va shakllari
Ilmiy bilim olish metodda induksiya, ya’ni alohida, parchalangan, tizimga solinmagan ma’lumotlardan umumlashtirishlarga, ilmiy gipotezalar, nazariyalar, qonuniyatlar tuzishga o’tish yakka ilmiy faktlardan ularni tushunish va tushuntirishga o’tishni ta’minlaydi. YAngi davr falsafasi va fanining asoschisi, ingliz mutafakkiri F.Bekon o’z ijodida induksiya metodini faol rivojlantirdi| U fanning tabiat ustidan insonning hukmronligini oshirish kobiliyatini bilimning maqsadi deb e’lon qildi. Ilmiy ijodda mushohada yuritish va aqliy xulosa chiqarish xususiydan umumiy, yaxshi rivojlanmagan ilmiy bilimdan teran, yanada rivojlangan ilmiy bilim sari induktiv xulosa chiqarishga asoslanadi.
F.Bekondan farqli o’laroq, XVII asrda yashab o’tgan buyuk fran­suz faylasufi va olimi R.Dekartxilmiy bilishda deduksiyaga yoki nazariylashtirish, umumiydan xususiyga qarab mushohada yuritish shakliga aloxida e’tiborni qaratdi.
Epistemologiyada va fanda ko’pincha deduksiya deganda nazariyadan faktlarga o’tish, umumiy (universal) ilmiy tasavvurlardan xusu­siy mulohazalarni keltirib chiqarish tushuniladi. Binobarin, metodologiyada deduksiya deb ilgari olingan umumlashtiruvchi bilimlardan yangi bilimlarni mantiqiy keltirib chikarishga aytiladi.
Deduksiya ilgari olingan bilimda yashirin axborot resurslarini aniqlash imkonini beradi. Masalan, astronom V. Gershel I. Nyutonning butun olam tortishish qonunidan deduktiv aqliy xulosalar chiqarish orqali Neptun sayyorasi mavjudligi va uning joylashgan o’rnini bashorat qilgan.
Deduksiya yordamida xuddi shu qonundan yer va Oy gravitatsiya maydonlarining o’zaro ta’siri natijasi sifatida dengiz suvining bostirib kelishi va qaytishi nazariyasi olingan.
Ilmiy ijodda deduksiyadan foydalanish darajasi u yoki bu muayyan fanning rivojlanganligi, yetukligi ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi: fan gipotezalar, nazariyalar, ilmiy qonunlar va tizimlar, ta’riflar, turkumlashlar shaklida haqqoniy bilim­ning yetarli darajada katta yigindisiga ega bo’lgan taqdirdagina deduksiyadan keng foydalanish mumkin.
Real ilmiy ijod jarayonida induksiya va deduksiya o’zaro bog’lanadi hamda bir- birini to’ldiradi. Bundan tashqari, ular ana­liz va sintez kabi umumfalsafiy va umumilmiy metodlar bi­lan ham bog’langandir.
G Ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida analiz va sintezdan foydalaniladi. Analiz bu bilish predmetini fikran qismlarga ajratish, uning alohida tomonlari, xossalari, belgilarini, ular o’rtasidagi munosabatlarni ajratish, ob’ektning mohiyatini anglab yetish maqsadida uning tur xillarini va hokazolarni aniqlash demakdir.
Sintez bu predmetning bilingan tomonlari, belgilari, xossalari va hokazolarni fikran birlashtirish, ob’ektning tuzilishini uning barcha aloqalari, munosabatlari, rivojlanishi va faoliyatiga bog’lab tushunib yetishdir.
Ilmiy bilishda analiz nima va qanday maqsadda analizdan o’tkazilayotganiga qarab har xil shakllarda kechadi. Analizning quyidagi asosiy shakllari tafovut etiladi:
- yaxlit predmetni qismlarga ajratish, qismlarning tuzilishi, funksiyalari va aloqalarini o’rganish;
- predmetning belgilari, xossalarini ajratish, ular o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish;
- predmetlarning to’plamlarini kichik to’plamlarga va guruhlarga ajratish, to’plamning har bir elementi o’rnini hamda kichik to’plamlar va guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash.
Analizsiz sintez, sintezsiz esa analiz bo’lmaydi. Sintez analiz natijalarini umumlashtiradi. Olimning chinakam ijodiy qobiliyati va mahorati analiz jarayonida olingan il­miy axborotdan bilimlarni o’ziga xos tarzda, teran va yangicha sintez qila olishida ko’rinadi. Bilishda analiz va sintez sub’ektni o’rganilayotgan ob’ektning mohiyatiga yaqinlashtiradi, uning mavjudligi qonuniyatlarini aniqlaydi, ob’ektdagi zaruriylik va tasodifiylikni, individuallik va umumiylikni ajratadi, ob’ektni uning rang- barang ichki va tashqi aloqalarida, murakkab, dialektik jihatdan ziddiyatli birlik sifatida ko’rib chiqadi.
Induksiya va deduksiya bir tomondan hamda analiz va sintez ikkinchi tomondan ilmiy bilishda to’g’ri umumlashtirish va xulosalar chiqarish, o’rganilayotgan ob’ektlarni u yoki bu mezonlar va belgilarga qarab taqqoslash, ob’ekt haqidagi bilimlarni turkumlash, tizimga solish, tartibga keltirish va anglab yetish imkonini beradi.
Bundan tashqari, (ilmiy bilish va ijodning mazkur metodlari yuksak darajada abstraktlashtirish) imkonini beradi, falsafiy va umumilmiy tushunchalarni shakllantirishga ko’maklashadi.

Download 26,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish