Ilmiy tadqiqot ishlarini metodologik asoslari



Download 26,08 Kb.
bet4/9
Sana17.07.2022
Hajmi26,08 Kb.
#817190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ilmiy tadqiqot ishlarini metodologik (2)

Ilmiy bilish metodlari bu ob’ektni o’rganishning asoslangan izchil usullari va qoidalaridir. Muayyan fanlarning umummilmiy, xususiy va maxsus metodlari tafovut etiladi. Tabiiyki, fan epistemologiyasida ularning dastlabki ikkitasi bevosita qiziqish uyg’otadi.
Bilimning empirik va nazariy darajalari
Insonning o’zini qurshagan olamni bilishi — bu sub’ekt (inson, kishilik jamiyati) va ob’ekt (butun atrof olam yoki uning bo’lagi)ning murakkab, dialektik jihatdan ziddiyatli faol o’zaro ta’sirga kirishish jarayoni, butun borliqning mavjudligi, rivojlanishi va o’zgarishi qonuniyatlarining odamlar ongida aks etishidir. Hozirgi zamon nemis ekzisten sialist faylasufi va germenevtigi Martin Xaydegger: «Bi­lish tadqiqot sifatida borliqni hisobot berishga chorlaydi», deb juda o’xshatib aytgan.
Sub’ektning ob’ektni, uning tomonlari, sifatlari va xossalarini bilishi ikki darajada empirik va nazariy darajalarda sodir bo’ladi. Ilmiy bilish ham ayni holda bundan mustasno emas.(Bilishning vazifasi va maqsadi haqiqatning tagiga yetishdan, turli hodisalarni o’rganish yo’li bilan ularning mohiyatini, teran, barqaror va muhim tomonlari va jihatlarini tushunib yetishdan iboratu Antik falsafada sofistlar va Suqrot dunyoni tushunishning bosh masalasini insonning tabiatga, sub’ektning ob’ektga, tafakkurning borliqqa munosabati deb ta’riflab bergan edi.
Voqelikning hodisalari va jarayonlarini bilish jarayonida olimning tafakkuri hodisa haqida dastlabki taassurot, hodisani hissiy idrok etishdan hodisani, uning asoslari va mohiyatini yanada teran tushunish sari harakat qiladi. Amalda bu sub’ektning bilish faoliyati dastlab empirik darajada boshlanishi, shundan keyingina ko’rib chiqilayotgan ob’ektning mohiyatini bilishning nazariy darajasida ilmiy umumlashtirish va tushuntirish bosqichiga ko’tarilishini anglatadi. Tadqiqotning empirik darajasi bevosita ob’ektga yo’naltiriladi hamda kuzatishlar, tajribalar va eksperimentlarning natijalariga tayanadi.
Ilmiy tadqiqotning navbatdagi, yanada teran bosqichi naza­riy darajada sodir bo’ladi. Bunda sub’ektning aql idroki mantiqiy mushohada yuritish, empirik bilimlarni teran analizdan o’tkazish, hodisaning barcha ikkinchi darajali va ahamiyatsiz tomonlarini mavhumlashtirish yordamida mazkur bilish ob’ektining mohiyatini teran tushunib yetishga yaqinlashadi.)
Empirik bilish kuzatishdan, ya’ni sub’ektning tashqi olamni maxsus analizdan o’tkazilgan, maqsadga muvofiq va anglangan tarzda, izchil idrok etishdan boshlanadi. Bu ob’ekt, uning tomonlari va xossalari haqida dastlabki, «xomaki» axborot beradi.
Ilmiy tadqiqot kuzatishlardan boshlanadi. Kuzatuvchi mo’ljallangan kuzatish ob’ekti haqida aniq va qat’iy tasavvurga ega bo’lishi, bor diqqatini ob’ektni kuzatishga qaratishi, ishga ijodiy yondashishi, kuzatuvni rejalashtirish va uni bevosita amalga oshirida o’zining bor mahorati va iste’dodini ishga solishi kerak Masalan, kosmik ob’ektlar, kuyosh tutilishi, yulduzlar, asteroidlar va shu kabilarni o’rganishda kuzatuvchi teleskop bilan qurollanishi, mikroblar, viruslar, bir xujayrali organizmlarni kuzatish uchun esa mikroskopdan foydalanishi shart. Kuzatish asboblari, uskunalari va mexanizmlari ko’pincha olimning kuzatishga nisbatan ijodiy yondashuvi mahsuli bo’lib, o’zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Masalan, G. Galiley bir xil radius va hajmli, ammo har xil materiallar (suyak, gips, bronza, temir va hokazo)dan yasalgan sharlarning tushishini kuzatib, jismlarning erkin tushishi qonunini kashf etdi va klassik mexanikaning empirik asoslarini yaratdi.

Download 26,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish