Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq


-bob. ITK raisi va a’zolarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi



Download 149,38 Kb.
bet10/11
Sana05.07.2022
Hajmi149,38 Kb.
#741957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
133 09.03.2020

3-bob. ITK raisi va a’zolarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
10. ITK raisi quyidagi huquqlarga ega:
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari loyihalarining yillik va yakuniy hisobotlarini ekspertiza uchun qabul qilish, ekspertlarni belgilash, hisobotlarning ochiq muhokamasini tashkil etish;
monitoringni o‘tkazish qoidalari bo‘yicha ekspertlarga ko‘rsatma berish, olingan natijalarning muvofiqligini baholash bo‘yicha ishchi uchrashuvlar o‘tkazish;
loyiha rahbarlarining hisobotlarini eshitish uchun loyihalarni ko‘rib chiqish jadvalini shakllantirish va zarur hollarda uning sanasi va vaqtini Buyurtmachi bilan kelishilgan holda ko‘chirish;
ilmiy-tadqiqot loyihalariga davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ITK va uning ekspertlar faoliyatiga, shuningdek, ilmiy kotibning ishiga rahbarlik qilish;
Buyurtmachining kollegial organi yoki jamoatchilik kengashi muhokamalarida ishtirok etish va ITK xulosalarini asoslab berish.
ITK raisi va uning o‘rinbosari ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etish huquqiga ega, ammo o‘z loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va muhokama qilishda ishtirok etmaydi.
11. ITK raisi:
ekspertiza natijalarini ochiq e’lon qilmaslik, ekspertiza uchun taqdim etilgan loyihalarga tegishli ma’lumotlarni tarqatmaslik;
monitoring o‘tkazish qoidalari bo‘yicha ekspertlarga ko‘rsatma berish, olingan natijalarning rejalashtirilgan ishlar va ko‘rsatkichlarga muvofiqligini baholash, shuningdek, namunaviy ekspert xulosalari va protokollarini to‘ldirish bo‘yicha ishchi yig‘ilishlar o‘tkazish;
Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ITK majlislar reja-jadvali bo‘yicha loyiha rahbarlarining hisobotlarini eshitish va muhokama qilish, loyihalar bo‘yicha eshitilgan hisobotlar bo‘yicha qarorlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish va ularni tasdiqlash;
loyihani davom ettirish bo‘yicha Buyurtmachiga tavsiyalar bilan birga ish dasturini to‘g‘rilash yoki ularni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek, ITK tomonidan qabul qilingan qarorlarni loyiha rahbarlariga yetkazish;
Buyurtmachining kollegial organida va jamoatchilik kengashida (zarur hollarda) ITKning qarorlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha tavsiyalarni (xulosalarni) himoya qilishga majbur.
ITK raisi ITK qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi va kengashning navbatdagi majlislari to‘g‘risida ITK a’zolarini xabardor qiladi.
12. ITK a’zolari (ekspertlar) quyidagi huquqlarga ega:
o‘zlari a’zo bo‘lgan ITK yig‘ilishlarida ishtirok etish;
ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi bo‘yicha kelib tushgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish;
ilmiy-tadqiqot loyihalarining ilmiy-texnik darajasini, ularni amalga oshirish imkoniyatlarini xolis baholash, ularni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi va hajmi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
hisobot davrida olingan ilmiy natijalarning ahamiyatini baholash, loyihada e’lon qilingan va hisobot davrida olingan ilmiy natijalarning muvofiqlik darajasini baholash;
ilmiy-tadqiqot loyihalari rahbarlarining ishlar holati va loyiha natijalari, ularni monitoring qilish jarayoni haqidagi hisobotlarini eshitish va muhokama qilishda ishtirok etish, ular ishida ishtirok etgan ITK bayonnomalari bilan tanishish;
ilm-fan, texnika va innovatsiya sohasidagi olimlar va mutaxassislarni tegishli ilmiy loyihalar natijalarini monitoring qilish yoki tahlil qilish jarayoniga jalb qilish bo‘yicha Buyurtmachiga takliflar kiritish.
ITK a’zolari ilmiy loyihalar tanlovida umumiy asoslarda ishtirok etish huquqiga ega, lekin o‘z loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va muhokama qilishda ishtirok etmaydi.
13. ITK a’zolari (ekspertlar):
rais va uning o‘rinbosarining ITK faoliyatiga taalluqli topshiriqlarini bajarishi, ko‘rib chiqilgan loyihalar bo‘yicha xulosalarni o‘z vaqtida taqdim etishi;
loyihalar bo‘yicha ekspertizani ilmiy asoslangan holda va xolis o‘tkazishi;
ish jarayonida ularga taqdim etilgan ma’lumotlarning oshkor etmasligi;
ekspertiza jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi haqida tegishli ITKga xabar berishi;
o‘zlari ekspertiza qilgan yoki ITKda muhokama qilingan loyihalar mazmuni, ular bo‘yicha hisobotlar va yig‘ilish bayonnomalari, ularning natijalari va tadqiqot yo‘nalishlari, ekspert xulosalari, loyiha manbalari va moliyalashtirish hajmi haqida loyiha ijrochilari tarkibiga kiruvchi har qanday shaxsga ma’lumot bermasligi shart.
14. ITK ilmiy kotibi:
har bir loyiha bo‘yicha ITK majlisi bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
loyihalar bo‘yicha hisobot hujjatlarini qabul qilib oladi, saqlanishini va Buyurtmachiga qaytarilishini ta’minlaydi;
loyiha rahbarlarining hisobotlarini eshitish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun ITK raisiga taqdim etadi;
ITK a’zolariga ITK majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida xabar beradi;
ITK raisi va uning o‘rinbosarining ITK faoliyatiga oid topshiriqlarini bajaradi.
ITK ilmiy kotibi umumiy asosda ilmiy loyihalar tanlovida ishtirok etish huquqiga ega, lekin o‘z loyihalarini muhokama qilishda ishtirok etmaydi.
15. ITK a’zolari (ekspertlar) o‘zlariga yuklangan majburiyat va vazifalarni bajarish uchun mas’uldir.
ITK a’zolari (ekspertlar) tomonidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi muntazam ravishda buzilishi, o‘z vazifalarini bajarmaslik, malakasizligi va manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaslik holatlari aniqlangan taqdirda, ular ITK a’zoligidan chiqariladi.

Download 149,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish