4. Iqtisodiy samarasi: : “Telekommunikatsiya vositalari asosida axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish” (Texnika oliy ta’lim muassasalari misolida) mavzusida yozilgan dissertatsiya natijalari va “Axborot texnologiya” fanidan elektron majmua samaradorligi “Umumiy fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda 60710100-Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallari), 60720700-Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Axborot texnologiyalari” fanidan masalalar yechish mashg‘ulotlarida tadbiq etildi.Tadbiq etish natijasidagi xulosa-tavsiya etilgan o‘quv-metodik ta’minot talabalarning bilim olish sifatini va samarasini oshirishga yo‘naltirilgan va ularning ilmiy-tadqiqot ishlariga kirishishlarida yaxshi qo‘llanma bo‘lishi mumkin.
5. Tadbiq etish muddati: Rejada: 2021-2022 o‘quv yili, amalda: 2021-2022 o‘quv yilida.
Dissertatsiya ishi natijalaridan foydalanish, 2021-2022 o‘quv yilida 60710100-Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallari), ta’lim yo‘nalishi 1-21 QMKT, 2-21 QMKT, 3-21 QMKT, 4-21 QMKT guruhlari talabalari, 60720700-Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati) ta’lim yo‘nalishi 1-21 TMJ, 2-21 TMJ, 3-21 TMJ, guruhlaridan jami 192 nafar talabalarning Axborot texnologiyalari faniga oid masalalarni yechishda modellashtirish metodini qo‘llay olish ko‘nikmasini rivojlanishiga olib keldi
6. Tadbiq etishda qatnashgan xodimlar: Tajriba-sinov ishlarida “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fakulteti dekani v.b. J.B.Usmanov, “Umumiy fanlar” kafedrasi mudiri dotsent F.U.Usarov, kafedra professor-o‘qituvchilaridan katta o‘qituvchilar B.B.Abdullayev hamda S.Qarshibayevlar qatnashdi
Hamrayev Javlonbek Hoshim o‘g‘lining 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi tadqiqotlarining ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik tavsiyalari va Telekommunikatsiya vositalari asosida axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” bo‘yicha elektron majmua samaradorligi tadbiqi quyidagi natijalar bilan asoslanadi:
tadqiqot ishi doirasida muhandislik ixtisosligidagi bakalavrlarni bo‘lajak kasblariga yo‘naltirish uchun xizmat qiluvchi Axborot texnologiyalari faniga oid masalalarni yechishda modellashtirish metodidan foydalanish bo‘yicha takomillashtirilgan texnologiyani tavsiya etilganligi;
oliy ta’lim tizimida axborot texnologiyani o‘qitish jarayonida talabalarga telekommunikatsiya vositalari asosida axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ta’lim jarayonini modellashtirish metodi asosida tashkil qilishning ilmiy, uslubiy va didaktik omillari asoslanligi;
oliy o‘quv yurtlarida axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasini modellashtirish metodidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ko‘rgazmalilik va model o‘rtasidagi farqlilikni ilmiy va amaliy jihatdan ochib berilganligi;
axborot texnologiyalari fanini ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy tavsifdagi texnologik jarayonlar bilan bog‘liq axborot texnologiyalardan masalalarni yechishda matematik modellashtirishni tadbiq etish, talabalarda matematik modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishlari olib borilgan.
Tajriba-sinov natijalarini matematik statistik metod asosida tahlil etilishi natijasida tajriba guruhlarining o‘zlashtirish samaradorligi nazorat guruhlariga nisbatan 11% oshganligi aniqlandi.
“Noorganik moddalar kimyoviy
texnologiyasi” fakulteti dekani, v.b.: J.B.Usmanov
“Umumiy fanlar” kafedrasi mudiri: F.U.Usarov
“Umumiy fanlar” kafedrasi
katta o‘qituvchisi: B.B.Abdullayev
“Umumiy fanlar” kafedrasi
katta o‘qituvchisi: S.Qarshiboyev
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Shahrisabz filiali mustaqil tadqiqotchisi J.H.Hamrayev.
Do'stlaringiz bilan baham: |