KURS ISHI MAVZU: Ko’p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishi
nazariyalari ILMIY RAHBAR: ZOOLOGIYA VA ANATOMIYA KAFEDRASI PROFESSORI S.DADAYEV
GULISTON-2021 MUNDARIJA I bob.Kirish……………………………………………………………………..3 II bob. Adabiyotlar tahlili. III bob. Ko’p hujayrali hayvonlarning anotomik tuzilishi…………………5 3.1 Ko’p hujayrali hayvonlarning organ va to’qimalari haqida tushuncha……………………………………………………………. .……….7
IV bob. Ontogenez va filogenez haqida tushuncha…………………/……..9 4.1 E.Gekkel va F.Myullerlarning biogenetik qonunining
mohiyati………………………………………………………………………9
4.2 A.O.Kovalevskiy va I.I. Mechnikovlarning embriologiya sohasidagi asosiy ishlari………………………………………………………………………...11
V bob. Ko’p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishi sohasidagi asosiy nazariyalar……………………………………………………………13 5.1 Tuban ko’p hujayralilarning morfofiziologik xususiyatlari…..…………13
5.2 Gidroidlar sinfi tuzilishi ,ko’payishi va regeneratsiyasi……....................16
5.3 Marjon poliplar sinfi va ularning yashash muhiti………………… .…...23
VI bob. Xulosa………………………………..……………………………..24
VII bob. Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………..…….25
Kirish XVII asrda mikroskopning ixtiro etilishi bilan hayvon va o`simliklarning tana tuzilishini chuqur o`rganishga imkoniyat yaratildi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida esa mikroskopning yanada mukammallashishi va undatekshirish texnikasining taraqqiyoti o`simlik va hayvon tanasini tashkil etganhujayralarning tuzilishi va hayotiy yo`nalishlarini o`rganuvchi maxsus sitologiyafaninning vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa, XX asrning 30-yillarida binafsha nurlarida ishlaydigan, so’nggi yillarda esa elektron mikroskoplarning yaratilishisitologiya fanining rivojini yanada yuqori darajaga ko`tardi. Odatda Yer yuzidagi barcha hayvonlar ikki katta guruhga: bir hujayralilar,ya`ni eng sodda hayvonlar – Protozoa (1-rasm)va ko`p hujayrali hayvonlar –Metazoaga bo`lingan. Bulutlar va kovakichlilar organizmi ko`p sonlihujayralardan va xujayralararo mahsulotlardan tashkil topgan. Bu hujayralartuzilish va funksional tomondan differensiallashgan bo`lib, ular mustaqil yashash qobiliyatiga ega emas. Qolgan boshqa ko`p hujayralilar maxsus to`qimalardan tarkib topgan organlarga va organlar sistemasi (tizimi) ga ega. Aksariyat ko`p hujayralilarda hujayralar soni benihoyat ko`p, ularning soni butun hayot mobaynida ancha o`zgarib turadi.