OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
Fakultet: Sharq mamlakatlari Magistratura talabasi: X.Sh Jabborov
sivilizatsiyasi tarixi Ilmiy rahbar: t.f.n.,dots M.B Axmedov
Kafedra: Sharq mamlakatlari tarixi Mutaxasisiligi: 5A120302 –Tarix
va antropologiyasi (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha)
O’quv yili: 2020-2022
“TURKIYA RESPUBLIKASINING BOSHQARUV, TAʼLIM VA TURIZM SOHALARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING OʻRNI’’ MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA
ANNOTATSIYA
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Turkiya raqamlashtirish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishgan. Raqamlashtirish bo‘yicha uning tajribasi, raqamlashtirishning mamlakat tarixiy taraqqiyotidagi ahamiyatini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois raqamlashtirish bo‘yicha Turkiya tajribasini tahlil qilishning ahamiyati katta.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti: Tadqiqotning ob’ekti Turkiyada raqamlashtirish siyosati, tadqiqotning predmeti esa raqamlashtirish siyosatining amalga oshirilishi va uning tarixiy ahamiyati hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Tadiqiqotning maqsadi Turkiya tarixiy taraqqiyotida raqamlashtirishning ahamiyatini o‘rganish. Mazkur maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi. raqamlashtrish borasida ilmiy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Turkiya hukumati hamda vazirliklari tizimidagi tegishli idoralarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida mamlakat milliy taraqqiyotida raqamlashtirishning ahamiyati asoslangan, taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Tadqiqotdagi tahlil va umumlashmalar, xorijiy tajribaga oid materiallar, respublika raqamli transformatsiyasini rivojlantirishga doir islohotlarning siyosiy jarayon sifatida tadqiq etilishi kabilar o’rganilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur dissertatsiyada Turkiya davlatlarining raqamli hukumat borasidagi siyosati tarixi, ularning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, dunyo mamlakatlari bilan o‘zaro diplomatik munosabatlari zamonaviy tarixini tadqiq etishda muhim ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘lib, tarix va siyosatshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy rahbar: ”Al-Bukhari”
Unversiteti rektori: t.f.n.,dots M.B Axmedov
Magistratura talabasi: X.Sh Jabborov
Do'stlaringiz bilan baham: |