Ilmiy rahbar: "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dots. O. Y. Usmonova



Download 18,49 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi18,49 Kb.
#314991
Bog'liq
Vatanga xizmat qilish buyuk maqsadim TDTU


Vatanga xizmat qilish buyuk maqsadim TDTU “Konchilik ishi va geologiya qidiruv” fakulteti 19-21guruhi talabasi Donoboyev Jahongir

Ilmiy rahbar: "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dots. O.Y.Usmonova

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov o'zlarining "Milliy armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir" asarlarida: "Vatan himoyachilari kunini faqat harbiy xizmatchilar emas, ayni vaqtda armiya saflarida o'z burchini o'tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron farzandlarimizning qutlug' bayrami deb qabul qilishimiz, uni eng ulug' va eng aziz bayram Mustaqillik bayrami singari yuksak darajada nishonlashimiz lozim", degan edilar. Bobolarimiz bizga shunday Vatanni meros qoldirganlar. Ular bugungi kun kabi dorilomon kunlarni orzu qilganlar. Ne baxtki, biz shunday kunlarda yashayapmiz, hayot kechiryapmiz. Shuning uchun ham har bir fuqaro o'z diyorini, tug'ilib o'sgan ona tuprog'ini himoya qilmog'i darkor. Bu ajdodlarimizdan biz avlodlarga meros bo'lib qolgan sharafli burchdir!

Buyuk adib G'afur G'ulom o'zining "Yigitlarga" deya nomlangan she'rida shunday satrlarni keltiradi:

"Yigitlar xalqlarning maqtovi, ko'rki,

Naslning javhari, davlat tayanchi.

Yurtning obodligi, to'ylar sababi,

Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi,

Yigit omon bo'lsa, xavf-u xatar yo'q!"

Vatanimizdagi bugungi tinch va osuda hayot, farovonlik xalqimizga mustaqillik tuhfa etgan aziz ne'matlardandir. Jamiyatimizdagi barqarorlik bois yurtimiz ravnaqi yoʻlida keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish, huquqiy demokratik jamiyat barpo etishdek ezgu niyatlarimizni ro'yobga chiqarish borasida ulkan, betimsol ishlarni bajarmoqdamiz.

Xalqimiz azaldan tinchlik va osoyishtalikni Vatan, ona, ozodlik kabi muqaddas tushunchalar qatorida ulug'lab, e'zozlab keladi. Vatan ozodligi, tinchligi va xavfsizligi himoyachilari hurmat-e'tiborda.

Ha, dunyoda sharafli vazifalar ko'p, ammo ular ichida eng sharaflisi kindik qoning tomgan Vataningni himoya qilishdir. Zotan, Vatan - bu insonga ato etilgan eng ulug' ne'mat, ajdodlarimizning muqaddas ruhi kezib yurgan mo'tabar zamin, ularning nafasi ufurib turgan tabarruk tuproqdir.

Inson ma'naviy olamining kuchi, qudrati uning Vatan oldidagi burchi, mas'uliyatini qanday anglab tushunishida ham namoyon bo'ladi. Prezidentimiz Islom Karimov. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida ma'naviy jasorat tuyg'usiga alohida to'xtalib, "Urganchni bosqinchilardan himoya qilishda bayroq tutib jon bergan Najmiddin Kubroning qahramonligida, dunyoni to'fondek bosgan Chingizxon qo'shiniga qarshi o'n bir yil muttasil mardona kurash olib borgan. Jaloliddin Manguberdining jangovar ruhida, yurtimizni istilochilardan ozod qilib, buyuk davlat barpo etgan Amir Temur bobomizning bunyodkorlik salohiyatida ham ma'naviy jasorat tuyg'usi buyuk va ustuvor ahamiyat kasb etgani shubhasiz", deb ta'kidlaydi.

Darhaqiqat Vatan tarixini avvalambor shijoat, jasorat, ma'rifatu adolat, elu yurtga aqiqat sadoqat bezab turadi. O'z hayoti davomida ana shunday fazilatlarning eng yuksak namunalarini bizga ibrat sifatida qoldirgan ajdodlarimiz juda ko'p va ularning xotirasi mangulikka daxldor.

Yangi yil bayrami shodiyonalari davom etayotgan shu kunlarda yana bir qadrli esa mudom sana 14-yanvar - Vatan himoyachilari kunini nishonlashga qizg'in tay ko'rmoqdamiz. Ushbu kunni umumxalq bayrami sifatida nishonlar eka voqeaning tarixiy ildizlarini yana bir bor eslash. Har qanday davlatning mustaqilligini birinchi navbatda uning oʻz armiya Kuchlari himoya qilishi kerak. Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, "o" va ozodligining qadrini bilmaydigan, uni himoya qilolmaydigan, bunga yetmaydigan millat hech qachon erkin yashay olmaydi, kimgadir ito bo'yin egishga majbur bo'ladi". Shu bois istiqlolimizning dastlabki 1991 yil 6-sentabrda O'zbekiston Respublikasi mudofaa ishlari vazirl etildi. 1992-yil 14-yanvar kuni esa mustaqil davlatimiz tarixida yana qadam qo'yildi. Shu kuni mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy bo'linmalarni Oʻzbekiston yurisdiksiyasiga oʻtkazish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Vatanni sevish, uni himoya qilish muqaddas burch va oliy sharafdir. Tinch, osuda, obod va go‘zal vatanda istiqomat qilmoqdamiz. Buning uchun Yaratganga qancha shukrlar aytsak oz. Aslida, Vatanga bo‘lgan muhabbat uning go‘zal va viqorli tog‘lari, sharqiroq soylari, boy vodiylari, so‘lim bog‘lari, shirindan shakar mevalari, shifobaxsh o‘simliklariyu, zilol buloqlari uchun emas, balki, vatan sevgisi insonning tabiatiga singdirilgani, fitratida bor xislatlardan ekanligidandir. Agar vatanga bo‘lgan muhabbat, tashqi go‘zalliklar, qandaydir qulayliklar yoki moddiy omillarga bog‘liq bo‘lganida, bog‘-rog‘, soy va anhorlardan xoli cho‘lu biyobonlarda yashayotgan sahro ahli tep-tekis qumliklardan iborat maskanlarini sevmas edilar.



Muqaddas Islom dini ta’limotida vatan muhabbati ardoqlanadi, targ‘ib qilinadi, maqtaladi. Vatanga xizmat qilish, uni dushmanlardan asrash farz hisoblanadi hamda unga xiyonat qilish eng og‘ir gunohlardan sanaladi va qattiq jazolanadi. Vatan himoyasi va xalq omonligi yo‘lida dushmanga qarshi kurashda safni tashlab qochish ham katta gunohdir. Mashhur vatandoshimiz imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy rahmatullohi alayhining qalamiga mansub «Al-Adab al-Mufrad» asarida keltirilgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Abu Dardo roziyallohu anhuga qilgan to‘qqiz vasiyatlarining orasida Dushman bilan to‘qnashilganda orqangga qarab qochma. Agar halok bo‘lsang ham, sheriklaring qochib ketsa ham” – degan o‘gitlari bor edi.
Download 18,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish