Kalit so‘zlar: ko‘makchilashayotgan so‘z, estetik vazifa, pragmatik ma’no, mustaqil ma’no, she’riy matn, ko‘makchilashgan ot, semanintik xususiyat
KIRISH. Maʼlumki, tildagi har qanday birlik o‘zining funksional-semantik xususiyatini matn talabiga ko‘ra va so‘z ijodkorining so‘z qo‘llash mahorati bilan o‘zgartirib turishi mumkin. Masalan, baʼzi so‘zlar o‘zi ifodalaydigan maʼnoni boshqasiga almashtiradi, baʼzi birliklar esa o‘zining lug‘aviy maʼnosini butunlay yo‘qotadi. Tilning ijtimoiy mohiyati bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan ana shu jarayonlarda ot, feʼl, ravish kabi mustaqil so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlar faqat grammatik maʼno ifodalab qoladi, yaʼni ko‘makchilashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |