Zamonaviy iqtisodiyotda innovatsiyaning roli kun sayin ortib bormoqda. Innovatsiyani qo`llamasdan turib ilm sarfi va yangiligi yuqori darajada bo`lgan raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish mumkin emas. SHuning uchun bozor iqtisodiyotida innovatsiyalar raqobat kurashida samarali vosita hisoblanib, yangi talablarning vujudga kelishiga, mahsulot ishlab chiqarish harajatlarining kamayishiga, investitsiya oqimining ko`payishiga, yangi mahsulot ishlab chiqaruvchilarning imidji, ya`ni reytingi oshishiga, yangi ichki va tashqi bozorlarni ochish hamda egallab olishga olib keladi. Innovatsiya faoliyatini o`rganish predmeti ikkita tarkibiy qismdan iboratdir: innovatsiya faoliyati sub`ekti va innovatsiya faoliyati ob`ektlari. Innovatsiya faoliyati sub`ektlari sifatida quyidagilar hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |