Ko`pchilik tadqiqotchilar ishlab chiqarishni rivojlantirish intensivligining to`g’ridan-to`g’ri tavsifi hisoblangan texnologik innovatsiyalarga e`tibor qaratadi. Ular qatoriga fan-texnika taraqqiyotini belgilab beradigan ishlab chiqarish texnologiyalari, usullar, vositalar va o`zgarishlar kiritiladi. Innovatsion faoliyatning mohiyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularni iste`mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borish bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |