Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: shukirlaev a


Fizika talimida ilg’or pedogogik texnologiyalarning o’rni



Download 276,43 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi276,43 Kb.
#930976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-G fizika Shukirlaev Allambergen

2.2 Fizika talimida ilg’or pedogogik texnologiyalarning o’rni


Bugungi kun ta'lim tizimida amal qilayotgan an'anaviy ta'limning mazmunini yangilash va ta'lim jarayonini tashkil etishni tubdan o'zgartirish davr taqozosidir. Buning uchun fizika ta'limi tizimini pedagogik va axborot texnologiyalarni uyg'unlashtirgan holda qo'llash orqali ta'lim samaradorligini yuqori pog'onalarga ko'tarish mumkin. Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) — kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini qisman yoki to'liq avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, unda zamonaviy texnologiyalar o'qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o'quv fani bo'yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik vositalar, qo'shimcha yordamchi vositalar kiradi. Fizikadan pedagogik dasturiy vositalar (PDV) ga quyidagilarni e'tirof etish mumkin: 1. Matnli material; 2. Elektron jadvallar; 3. Ma'lumotlar bazalari; 4. Grafiklar, diagrammalar, plakatlar; 5. Fizik modellar; 6. Namoyishlar, animatsiyalar; 7. Virtual laboratoriya ishlari; 8. Masala yechishni modellashtiruvchi dasturlar; 9. Testlar, ularni yechish metodikalari, namunalari; 10. Elektron darsliklar va elektron ishlanmalar; 11. Elektron ma'lumotnomalar; 12. Elektron ensiklopediyalar. Fizikani o'qitishda PDVlarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an'anaviy vositalardan afzalligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, ergonomik guruhlarga ajratildi [8].
Fizikani o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: 1-jadval

Talablar

Mazmuni

Ilmiylik

Ta'lim mazmunining zamonaviy fan darajasiga muvofiqligi; akademik litsey o'quvchilarida ilmiy bilishning umumiy metodlari haqida to'g'ri tasawurlarni hosil qiladi.

Tushunarlilik

Bu talab nazariy murakkablik va bayon etish chuqurligi darajasining aniqlanishida ifodalanadi, u o'quvchilarning xotirasi va shaxsiy fikrlash xususiyatlari bilan, shuningdek ularning tayyorgarlik va rivojlanish darajasi bilan chambarchas bog'liq.

Ko'rgazmalilik

O'quv axborotini ng kompyuter tasviri, axborotni qabul qilishga у o'naltirilganligi, dinamikligi, yuqori sifati bilan ajralib turadi. Demak, axborotning kompyuter tasviri imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga o'qitishning ko'rgazmaliligini yuqori darajada oshirish mumkin.

Muammolilik

O'rganuvchi yechishi lozim bo'lgan muammoli vaziyatga duch kelganida, uning qiziqishi va fikrlash qobiliyati ortadi; kompyuter yordamidagi namoyish tajribalaridan foydalanganda o'quv muammosining nisbatan yorqinroq ko'rgazmali qo'yilishi va undan ham yorqinroq uni yechish yo'llarini tasawur etishi mumkin bo'ladi.

Faollashtirish

Mustaqil ishlab chiqish, o'z bilimini tekshirish va o'quvchilar tomonidan yakka tartibda modellarni tuzish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Fizikani o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan psixologik talablarga quyidagilarni kiritish mumkin: 2-jadval

Talablar

Mazmuni

Idrok etish

Idrok qilishning ongliligi unga fikriashning ham qo'shilganini anglatadi. Alohida predmet yoki hodisani idrok qila turib, biz uni umumiyning xususiy holati kabi qabul qilishimiz mumkin. Biror bir fizik tajribani namoyish qilayotganida, u ma'lum asboblardan foydalanadi. Ammo ushbu tajriba vositasida isbotlanayotgan qoida yoki qonun nafaqat berilgan konkret jarayon yok i hodisa ga taalluqli, balki umumiy ma'noga ham ega. Shu sababli, tajribani tushunish uchun, tajriba vaqtida ro'y berayotganlar qandaydir umumiy qonuniyatning bir ko'rinishi ekanligini idrok etishi kerak.

Xotira

Predmetlarni, jarayonlarni, hodisalarni ongli ravishda idrok qilish doimo ularni tanib olishni, ya'ni tanishni taqazo qiladi. Tanish esa o'z navbatida ularni eslab qolishga yordam beradi.

Tasavvur

O'quvchi foydalanadigan obrazlar bevosita qabul qilinganlarni qayta tiklash bilan chegaralanmaydi. Xotiraning funksiyasi - awalgi tajribaning natijalarini imkon qadar o'zgartirmasdan saqlash, tasawurning funksiyasi ularni qayta tiklashdir.

Tafakkur

Bizning ob'yektiv borliqni tanishimiz sezgilar va qabul qilishdan boshlanadi, shuningdek fikrlarning xususiydan umumiyga va umumiydan xususiyga o'tishni ochib beradigan harakati. Tafakkur amaliy faoliyat ongi sifatida tug'iladi va faqat undan keyingina mustaqil nazariy faoliyatga aylanadi.

Yuqoridagi talablardan tashqari ilmiy-metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o'quv fanining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma'lum bir fanning o'ziga xosligini hisobga olish, axborotning zamonaviy metodlari o'zaro bog'liqliligi, o'zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi va boshqalar. Shuningdek, tashkiliy-texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test o'tkaziladigan manbalar kiradi. Internet-navigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (o'qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. Maxsus talablarga esa, interfaollik, maqsadga yo'nalganlik, mustaqillik hamda moslashuvchanlik, audiolashtirish, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiasiyalash, kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik kiradi. Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o'qitishga mo'ljallangan fizika fanining o'ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko'zda tutadi. Demak, fizika fanini o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan talablar asosida yaratilgan DPVdan foydalanish ijobiy natija beradi, ya'ni fizikani o'qitishda ularni qo'llash asosida o'quvchilarning fizika fani bo'yicha ko'nikma va malakalar shakllantirish bilan birga mustaqil ta'lim olish jarayonini osonlashtiradi hamda intensivlashtirishga imkon beradi [4].


Ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini yanada oshirish uchun faqat ilg‘or o‘qitish metodlarini ishlab chiqish to‘g‘risida gapirmasdan, shu bilan birga ularning qo‘llanilishiga ham ahamiyat berish kerak. O‘qitish metodlari darslikdan, masala yechish uchun qo‘llanmalardan, demonstratsion tajribadan va laboratoriya ishlaridan ajralgan holda bo‘lmaydi. O‘qitish metodlari o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi, ammo darslik matni masalalar mazmuni, demonstratsion tajribalar va laboratoriya ishlari o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari bilan chambarchas bog‘langan bo’ladi. O‘qituvchilarni o‘qitish metodlari bilan qurollantirishning bosh yo‘li-bu o‘quv ishlarining strate-giyasini, ya’ni o‘qitish tarbiyalash va o‘stirishning vazifalari, fundamental fizik nazariyalar va o‘quv predmetining o‘ziga xos o‘qitish metodlarini amalga oshira borib, har bir darsni o‘quv-tarbiya jarayonining bir qismi deb qarab, darsda asosiy ish shakllarini qo‘llay olish mahoratini egallashdan iborat [9].

Download 276,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish