10. Kasbiy pedagogika – ta’lim oluvchilarga muayyan kasb yoki hunar yo’nalishida maxsus bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni malakali tashkil etish, kasbiy mahoratni takomillashtirish masalalarini o’rganadi.
11.Ta’lim menejmenti – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish, istiqbolni belgilash masalalarini o’rganadi.
12. Qiyosiy pedagogika – turli xalqlarning shaxsni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlari, ta’lim-tarbiya tizimi, pedagogik ta’limotlarning mohiyati, shuningdek, jahon ta’limiga xos bo’lgan samarali shakl, metod, vosita va innovatsion yondashuvlarni qiyosiy-genetik jihatdan o’rganadi.
13. Konfliktologiya – ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, ta’lim ouvchi va ta’lim beruvchi o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar mohiyati, ularni samarali bartaraf etish yo’llarini o’rganadi.
Pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni, natijalari hisobiga ta’minlanadi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida sodir bo’lish sabablarini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etishni taqozo etadi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik va aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon.
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
Quyida mazkur metodlarning mohiyati to’g’risida qisqacha so’z yuritiladi.
Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo’llashdan ko’zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo’lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Suhbat metodi pedagogik kuzatish chog’ida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga to’g’ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o’tkaziladi. Suhbat jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari to’la namoyon bilishga erishish muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |