HISOBOTI
I. O‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati bo‘yicha
O‘quv-metodik ishlar bo‘yicha.
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi, Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, Mikroiqtisodiyot-2, Ekonometrika-2, Biznesni tadqiq etish usullari – fanlari bo‘yicha tasdiqlangan dars jadvaliga muvofiq ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga qatnashildi. (I.1.1)
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi – fani bo‘yicha mustaqil ta’lim uchun o‘quv topshiriqlari bajarildi. (I.1.2)
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi – fani bo‘yicha mustaqil ta’lim uchun o‘quv topshiriqlari bajarildi. (I.1.2)
Mikroiqtisodiyot-2– fani bo‘yicha mustaqil ta’lim uchun o‘quv topshiriqlari bajarildi. (I.1.2).
Ekonometrika-2– fani bo‘yicha mustaqil ta’lim uchun o‘quv topshiriqlari bajarildi. (I.1.2)
Biznesni tadqiq etish usullari – fani bo‘yicha mustaqil ta’lim uchun o‘quv topshiriqlari bajarildi. (I.1.2)
Ilmiy-pedagogik ishlar bo‘yicha.
O‘quv jarayonini tashkil qilish bilan bog‘liq me’yoriy hujjat - Davlat ta’lim standartlari bilan tanishildi. (I.3.1)
Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti Mirzayev A. ning Kadrlar menejmenti 3 kurs talabalariga tayyorlangan fan dasturi hamda ishchi dastur bilan tanishib chiqdim.
Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda universitet rektori tomonidan tasdiqlanib, undan oldin, kafedradan ushbu fanga mas’ul professor-o‘qituvchilar, kafedra mudiri, fakultet dekani hamda universitet uquv-uslubiy boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanar ekan. Fan dasturi qaysi ta’lim yo‘nalishi, bilim va ta’lim sohasining nomi va kodi keltirilgan bo‘lar ekan. Fan dasturida fanning dolzarbligi, ahamiyati, maqsad va vazifalari yoritilib, shuningdek fan bo‘yicha o‘tiladigan ma’ruza mavzularining annotatsiyasi hamda seminar darslari mavzulari, mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar mavzulari, kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, kurs ishi namunaviy mavzulari, asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari to‘g‘risida keng ma’lumotlar mavjud ekan.
Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti Mirzayev A. ning Kadrlar menejmenti 3 kurs talabalariga o‘tilgan ma’ruza mashg’ulotiga ishtirok etildi. (I.3.2).
O‘quv jarayonini tashkil qilish bilan bog‘liq me’yoriy hujjat - o‘quv rejalari bilan tanishildi. (I.3.1)
O‘quv jarayonini tashkil qilish bilan bog‘liq me’yoriy hujjat – ishchi o‘quv rejalari bilan tanishildi. (I.3.1)
Do'stlaringiz bilan baham: |