Ilmiy muammo



Download 28,47 Kb.
bet5/6
Sana18.03.2022
Hajmi28,47 Kb.
#500326
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ttttttt

26-31savol Yo´nalganlik


Bilish, o`qish faoliyati natijasida hayot jarayonida orttiriladiBilim, ko´nikma va malaka
Temperament, xarakter va qobiliyatdan namoyon bo´ladiIndividual tipologik xususiyatlar
3. Shaxsning faoliyatini yo`naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog`liq bo`lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsning yo`naltirilganligi deb ataladi.
Shaxs yunalganligi – bu barqaror motivlar yig`indisi bo`lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. Shaxs yo`nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va idealda xarakterlanadi.
Qiziqish – bilish ehtiyojini namoyon formasi bo`lib, u yangi faktlar bilan tanishishga, hamda borliqni aniq, chuqur va aniq aks etishiga yordam beradi.
Dunyoqarash – insonning qarashlari tizimi bo`lib, unda insonni atrofdagi dunyoga munosabati va bu dunyoda o`zining o`rnini anglash, kishilarga bo`lgan munosabati hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’tiqodlari va printsiplari namoyon bo`ladi.
E’tiqod – insonni anglangan ehtiyoji bo`lib, u faoliyatga undaydi.
Ideal – bu namuna, intilishlarning eng yuqori cho`qqisi.
Intilish – birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir
27-30savol Anketa so`zi frantsuzcha atama bo`lib, tadqiq etish, o`rganish, so`rash degan ma`nolarda qo`llaniladi. Odatda, anketa deganda, muayyan mavzu tevaragidagi savollar to`plami tushunilib, bu savollarga tadqiq etiluvchi kishilar guruhi javob berishi nazarda tutiladi. Anketa ba`zi xususiyatlariga ko`ra, interv’yu janriga yaqin turadi, ammo beriladigan savollar alohida olingan respondentga emas, balki ko`pgina kishilar guruhiga qaratilgan bo`ladi, ayni vaqtda tuzilgan savollar og`zaki tarzda emas, yozma shaklda beriladi. Anketa so`rovi shakllining asosiy komponentlari sotsiolog, respondent va anketadan iboratdir.

28-32-savol Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta`sir ko’rsatdi.Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bulmagan ko’p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim psixik xodisalar o’rtasidagi bog’lanishlar aniqlangan, psixik processlardagi, ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira soxasidagi ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan.Eksperimental analiz yo’li bilan murakkab psixik processlar (idrok, xotira, tafakkur)ning aloxida komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik processlarning fiziologik xodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muxit hamda ijtimoiy muxit bilan bo’lgan bog’lanishlari ochilgan.Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanish praktik faoliyatning turli soxalarida – o’quv tarbiya ishlarida, medicinada, mexnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud ishlarida, san`atda juda ko’p foyda keltiradi. XIX va ayniqsa XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti, ya`ni urganadigan vokelik soxasi kuchli ravishda kengaydi, bu fanning aloxida yangi soxalari paydo bo’ladi va shakllanadi, yangi, yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. Psixologiyaning bergan ma`lumotlaridan amaliy faoliyatning turli soxalarida foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda, XIX va XX asrlarda idealizm bilan materializm o’rtasidagi kurash yanada chuqurlashadi.

29-savol Intervyu - suhbatning bir yo'li, 2 yoki undan ortiq odamlar o'rtasidagi sodir suhbatlar bo'ladi.asosiy vazifasi savol so'rash intervyu, va manba (tomonlar), ularning javob berayotgani: intervyular, odatda, ikki taraflar nazarda tutadi. intervyular, bu video kamera yoki mikrofon haqida yozish mumkin bo'lgan holatlar qarab, jonli translyatsiya oddiy mo'ljallangan suhbat sifatida o'tkaziladi



35-savol Nazariya — bilimning biror sohasiga oid asosiy gʻoyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. N. borliqning muayyan sohasiga oid boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda N.ning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat. Har qanday N. ilmiy bilishning natijasi sifatidagi bilish shakli boʻlsada, lekin uni tugallangan, oʻzgarmas, mutlaq bilim deb qaramaslik kerak. N. bilish jarayonidabiz toʻplagan bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yoʻlidagi boshlangʻich asosdir. N. hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik boʻladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. N.ning boshlangʻich shakli gipotezalmr. Amaliyotda gipotezaning toʻgʻri, haqiqat ekanligi isbotlansa, shu asosda yangi N. yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy bilish jarayonida kishilarning ilmiy N.lar bilan qurollanganligi unga ilmiy oldindan koʻrish — ilmiy bashorat qilish imkoniyatini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, yangi qonuniyat va yangi N.larning shakllanishiga olib keladi.
37-40savol Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o`zini o`zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;kuzatiladigan obyekt tanlanadi;sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi;tadqiqot o`tkazish vaqti rejalashtiriladi;kuzatish qancha davom etishi qat`iylashtiriladi;kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o`yin, o`qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o`tkazilishi) tayinlanadi;8) kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
41-savol "Metod" va "metodologiya" tushunchalariMetod (yunon. metods — usul) keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta'minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqyelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.1
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta'limotdir.

Download 28,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish