“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
Mehribonlik uylarida 3 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom bolalar yashashi
va tarbiyalanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuv-
chilarni o‘qitish va boqish to‘la davlat ta’minoti asosida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Mehribonlik uylari 3 yoshli bolalar uchun bolalar bog‘chasi tartibida, 7-16
yoshli bolalar uchun umumiy o‘rta ta’lim maktabi tartibida ishlaydi hamda maktab
ta’lim-tarbiyaviy dasturiga muvofiq ish olib boradi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuv-
chilarning maktab o‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtirishlari, ularning mehnat ko‘nikmalarini
shakllantirish va mustahkamlash, jismoniy kamol topishlari axloqiy hamda estetik tar-
biya olgan shaxslar bo‘lib yetishishlari ta’minlanadi.
Mehribonlik uylari dastlab 1918-yil yetimxonalar asosida Bolalar uyi nomi bilan
tashkil etilgan. ikkinchi jahon urushi yillarida jangchilarning bolalari uchun maxsus
bolalar uylari ochilib, ularda Ukraina, Belorussiya, litva, latviya, Estoniya davlatlari,
Moskva, leningrad va boshqa shaharlardan keltirilgan bolalar tarbiyalangan. Mustaqil-
lik yillarida Bolalar uylari Mehribonlik uylari deb nomlana boshlandi.
Mehribonlik uylarining maqsadi – yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar
huquq va manfaatlarini himoya qilinishini, ularning hayoti va sog‘lom rivojlanishi, davlat
tomonidan ko‘rsatiladigan alohida yordam va g‘amxo‘rligiga bo‘lgan huquqlarini amal-
ga oshirilishini ta’minlashdan iborat.
Mehribonlik uyining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash, kamol top-
tirish va qo‘llab-quvvatlash;
– tarbiyalanuvchilarni to‘liq ruhiy sog‘lomlashtirishga, ijtimoiy moslashtirishga va
jamiyatga uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadigan, ularning sifatli ta’lim va tarbiya olishi,
shuningdek, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uy sharoiti-
ga eng ko‘p darajada yaqinlashtirilgan muhitni yaratish;
– tarbiyalanuvchilarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy himoya qilinishini
ta’minlash;
– tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘ligi, psixologik va jismoniy rivojlanishi himo-
ya qilinishini ta’minlash.
– tarbiyalanuvchilarni mehribonlik uyidan keyingi mustaqil hayotlarida ularni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash.
ishni o‘rganish jarayonida ko‘pgina davlatlardagi mehribonlik uylarining faoliyati
va tashkil etish tarixiga e’tibor qaratdik. Jumladan, rossiya, angliya, Fransiya, Shvet-
sariya, kanada, italiya kabi yirik davlatlar misolida ko‘rib chiqdik.
rossiyada Xii asrda ota-onasiz qolgan yetim bolalarning tarbiyasi knyaz va cher-
kovlar zimmasiga yuklangan. Hukumat tomonidan oilalarga yetim bolalarni asrab olish
uchun imkoniyat yaratib berilgan. Bunday bolalarni asrab olgan oilalar, ularni mehna-
tidan unumli foydalanishgan.
XVii asr o‘rtalariga kelib, yetim bolalarning mehnatidan foydalanish emas, balki
ularni ilm-fan, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan. Bu loyiha ko‘p
vaqt o‘tmasdan o‘z samarasini ko‘rsatgan va natijada rossiyada birinchi bor 1706-yil-
da yetim bolalar uchun maxsus muassasa faoliyat boshlagan. rossiya tarixida max-
sus yetimxonalar Moskva va Peterburgda tashkil etilgan bo‘lib, bu tarbiya uylari bosh-
qalaridan ajralib turgan. Mazkur muassasalar rus pedagog-psixolog olimlari i.Betskiy,
a.Barsovalar tomonidan yetim bolalarni hayotga tayyorlashda ularni shart-sharoitini
yaxshilash va tarbiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan qoidalari asosida faoliyat ko‘rsa-
tishgan.
29
italiyada esa rossiyadan sal kechroq, ya’ni 1787-yil Milan shahrida 8 yoshgacha
bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan ilk yetimxonalar ochilgan. Undan oldin esa qarovsiz
qolgan bolalar tarbiyasiga cherkov va monastrlar mas’ul bo‘lishgan. XViii-asrning ik-
kinchi yarmiga kelibgina esa yetim bolalar tarbiyasiga qiziqish va e’tibor yanada ku-
chaygan.
1744-yilda Shvetsariyada ham qarovchisi yo‘q bolalarga e’tibor oshib, ularga
g‘amxo‘r homiylar ko‘paya boshlagan. Xususan, g. Pestalotstsi homiyligida hatto-
ki, yetimxona ham ochilgan. U bolalarga o‘qish, yozishni o‘rgatish bilan birga, ularni
kasb-hunarga ham yo‘naltirish taklifini ilgari suradi.
Pestalotstsini fikricha, qachonki yetim bolalarga ham o‘z oilalarida tarbiya olayot-
gan bolalarning shart-sharoiti yaratilsagina ularning hayoti tubdan yaxshilanadi. O‘sha
davrda yetim bolalar ahvoli ancha og‘ir bo‘lib, ular o‘zlari mehnat qilib topgan pul hiso-
bidan kun kechirishgan.
Fransiya tarixiga nazar solib bildikki, bu yerda tizim butunlay boshqacha, ya’ni
davlatdagi barcha yetim qolgan qarovchisi yo‘q bolalarni bir joyga – Parijga jamlagan
va voyaga yetgunlariga qadar g‘amxo‘rlik qilishib, keyin ularni qishloqdagi dehqonlar
ixtiyoriga topshirgan. Ba’zilari esa napoleon i davrida flotlarga jalb qilinib, vatan sar-
hadlarini himoya qilishga yuborilgan.
angliyani oladigan bo‘lsak, london shahrida 1739-yil ilk bolalar uyi ochilgan. Maz-
kur uyni ochilishiga tadbirkor Tomos koron o‘z sarmoyalari bilan bosh bo‘lgan. Bu
yerda qarovsiz qolgan bolalar boshlang‘ich ta’lim saboqlarini olishgan, xolos. keyin
ularni kanadadagi fermer oilalar ixtiyoriga bo‘lib berishgan. Ular o‘sha yerda bir umrga
qolishgan.
Hozirgi davrda rossiya Federatsiyasida yo‘lga qo‘yilgan bir tizim ularda yetim bo-
lalar soni foizini keskin kamayishiga olib keldi. Bu ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola-
larni oilaga vaqtincha yoki doimiy joylashtirishdir. Bunda bola asrab olgan oilaga davlat
tomonidan mablag‘ ajratiladi. Oila esa bolani o‘zlarini farzandlari qatorida ko‘rib, ularga
g‘amxo‘rlik qilishadi. ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarda bu ko‘rsatkich yuqori natija
berdi.
respublikamizda ham bolalar ta’lim va tarbiyasining yangi tashkiliy shakllarini ya-
ratish, yangi korrektsion texnologiyalarni ishlab chiqish ustida tinimsiz ish olib boril-
moqda. ruhiy-jismoniy rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun kompleks yordam
ko‘rsatilmoqda. Bolalarni korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim tizimiga erta jalb qilish na-
tijasida ular bolalikka xos bo‘lgan amaliy faoliyat, nutq va muloqot turlari, xulq-atvor
shakllarini ertaroq egallashmoqda.
So‘nggi o‘n yillikda jamiyatimizning o‘zida ham, uning a’zolari bo‘lgan Mehribonlik
uylarida tarbiyalanuvchi bolalarni, ularning ijtimoiy moslashish imkoniyatlariga qarash-
larda ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Maxsus va korrektsion pedagogika, psixologi-
ya va amaliy pedagogika sohalarida bolalar rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari haqida
yangi ma’lumotlar qo‘lga kiritildi hamda ular asosida yangi korrektsion texnologiyalar
ishlab chiqilmoqda. Bu yo‘nalishdagi barcha ma’lumotlar dasturiy-uslubiy hujjatlarda
o‘z aksini topmoqda.
Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar uchun davlatimiz tomonidan yara-
tilgan shart-sharoit, ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar har qanday tahsinga loyiq.
Biroq, ularning kundalik hayot tarzini – yetim bolalar qalbidagi bo‘shliqni ota-ona mehri
bilangina to‘ldirish mumkin.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |