Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
bo‘shagan binolarni samarali foydalanishga topshirilguniga qadar saqlashga, qolgan 
50 foizigacha qismini esa hududdagi ichki yo‘llar holatini va aholini toza ichimlik suvi 
bilan ta’minlashni yaxshilashga yo‘naltirish;
– o‘quvchilarga yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatish uchun ajratiladigan transport 
vositasiga hamda haydovchiga qo‘yiladigan talabalarni ishlab chiqish va tasdiqlash, 
o‘quvchilarga  yo‘lovchi  tashish  xizmatini  tashkil  etish  va  amalga  oshirish  tartibi 
to‘g‘risidagi  nizomni  ishlab  chiqish,  ish  joyi  qisqartirilishi  natijasida  ishsiz  qolgan 
fuqarolarning  bandligini  ta’minlash  hamda  bo‘shagan  binolarni  saqlash,  ulardan 
samarali  foydalanish  yuzasidan  aniq  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirish;
– boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ham har bir o‘quvchi hisobiga 
bir  o‘qish  kuni  uchun  eng  kam  ish  haqining  1,5  foizi  miqdoridan  ko‘p  bo‘lmagan 
yo‘l  haqi  evaziga  yo‘lovchi  tashish  bo‘yicha  pullik  xizmatni  yo‘lga  qo‘yish  hamda 
bunday tadbirkorlik subyektlarini litsenziya to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilish, jismoniy 
shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, tegishli litsenziya olgan 
holda (o‘rindiq joylari 4 yo‘lovchidan ortiq bo‘lmagan taksi) 16 nafardan kam bo‘lmagan 
o‘quvchilarga yuqoridagi shartlar asosida xizmat ko‘rsatgan taqdirda qat’iy belgilangan 
soliq stavkasini oyiga eng kam oylik ish haqining 0,5 barobari miqdorida, litsenziya 
berish uchun davlat bojini yiliga eng kam oylik ish haqining 0,5 barobari miqdorida 
to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish taklif etilmoqda.
Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida:
– ta’limga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning iqtisodiy samaradorligi oshadi;
–  bitta  sinfdagi  o‘quvchi  sonining  me’yordan  ortib  ketmasligini  ta’minlashning 
qo‘shimcha byudjet mablag‘larisiz iqtisodiy imkoniyati paydo bo‘ladi;
–  ta’lim  oluvchilarga  transport  xizmati  ko‘rsatish  bo‘yicha  yangi  ish  o‘rinlari 
yaratiladi, joriy etilishi nazarda tutilgan Qishloqlar va shaharlarda transport xizmatini 
yanada yaxshilash dasturi”da ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirilishiga 
ham asos bo‘ladi ;
– yangicha ijtimoiy xizmat turini joriy etish orqali o‘quvchilarga qulayliklar yaratiladi;
–  faoliyati  maqbullashtirilgan  jami  o‘quvchi  soni  100  nafargacha  bo‘lgan  bitta 
kam  komplektli  umumta’lim  muassasasiga  (filialiga)  yo‘naltirilayotgan  byudjet 
mablag‘larining 50 foizgacha (respublika bo‘yicha jami o‘rtacha 200 mlrd. so‘m) tejash 
va ushbu mablag‘larni hududdagi ichki yo‘llar holatini va aholini toza ichimlik suvi bilan 
ta’minlashni yaxshilashga yo‘naltirishga erishiladi. 
Bo‘shaydigan  umumta’lim  maktablari  binolaridan  “Barkamol  avlod”  markazlari, 
Bolalar-o‘smirlar sport maktablari, musiqa va san’at maktablarining filiallarini tashkil 
etishda hamda fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi 
tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash yoki bugunning eng dolzarb masalalaridan 
biri bo‘lgan aholining uy-joy qurish uchun yerga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadlari 
uchun ham foydalanish mumkin. 
Ushbu taklif qo‘llab-quvvatlangan taqdirda “Ta’lim oluvchilarga transport xizmatini 
ko‘rsatish  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  respublikasi  yangi  Qonun  loyihasini  tayyorlash 
ham mumkin bo‘ladi.
Ta’lim  tizimidagi  dolzarb  masalalardan  yana  biri  o‘quvchilar  bilimini  baholash 
va  ularni  rag‘batlantirish  masalasidir.  Umumiy  o‘rta  ta’limdagi  baholash  tizimining 
samaradorligi asosan, boshlang‘ich sinflarda sezilarli ta’sir kuchiga ega bo‘lib, yuqori 
sinf  o‘quvchilari  uchun  o‘z  qiziqishlari  va  iqtidoriga  bog‘liq  holda  ta’limning  keyingi 


11
bosqichlarida  davom  ettirishlarida,  ularni  rag‘batlantirilishida  bilimni  baholashning 
amaldagi  tizimi  yetarlicha  ta’sir  kuchiga  ega  emas  hamda  bilimli  bo‘lishni  to‘liq  
rag‘batlantirmaydi. Bundan tashqari, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini 
ko‘tarish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini yanada rivojlantirish 
kabi masalalar ham dolzarbdir.
  Shundan  kelib  chiqib,  umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalarida  har  bir  o‘quv  yili 
yakuni bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan 7-11 sinf o‘quvchilariga tegishli fan kesimida 
navbatdagi ta’lim turi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish sinovlarida 5-15 foizgacha imtiyoz 
foizlarini  berib  borilishini  keng  yo‘lga  qo‘yish,  ta’lim  tizimiga  yangicha  ko‘tarinki  ruh 
olib kirib, o‘qituvchining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishga xizmat qiladi. Bunda, 
bir  o‘quv  yilida  har  bir  o‘quvchiga  ko‘pi  bilan  uchta  fandan  imtiyoz  foizlari  berilishi 
nazarda tutiladi. imtiyozga ega o‘quvchi navbatdagi ta’lim turi bo‘yicha davlat ta’lim 
muassasalariga kirish sinovlarida tegishli fandan maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan 
ballning 55 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ball to‘play olsagina mazkur imtiyozdan 
foydalanish  huquqi  berilishi  maqsadga  muvofiq  bo‘lar  edi.  Bunda  quyidagi  zaruriy 
talablar belgilanadi:
–   o‘quv yili davomida tegishli fandan yuqori bilim darajasini egallagan bo‘lishi; 
–   tegishli fan o‘qituvchisining o‘quvchiga imtiyoz balini berish bo‘yicha yozma 
tavsiyasi;
–   barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlaridagi uzrli sabablarni inobatga olgan holda 
95  foizdan  yuqori  davomat  bilan  ishtirok  etishi,  biroq  mashg‘ulotlardagi  umumiy 
davomati 85 foizdan kam bo‘lmasligi zarur;
–   ta’lim muassasasi nizomlari va ichki tartib qoidalarini o‘sha o‘quv yili davomida 
buzmaslik;
–   doimiy yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
ijobiy tavsiyanomasi bo‘lishi kerak;
–   ta’lim  oluvchi  o‘qiydigan  sinf  yoki  guruh  murabbiysi  va  guruhdoshlarining 
ko‘pchiligi tomonidan maqullangan tavsiyanoma
–   ta’lim  muassasasi  rahbariyati  va  jamoasining  ushbu  tavsiyani  qo‘llab 
-quvvatlagan pedagogik kengash qarori.
amaldagi harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlardan, fan olimpiyadasi respublika 
g‘oliblari, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti kabi boshqa mukofotlarni olib imtiyozga 
ega  bo‘lgan  juda  ham  oz  sondagi  o‘quvchilardan  farqli  ravishda  fan  kesimidagi 
imtiyozning  joriy  etilishi  o‘quvchilarning    aniq  bir  fandan  olgan  bilimi  uchun  barcha 
sinflardagi  iqtidorli  o‘quvchilarga  berilishi  nazarda  tutiladi.  yuqorida  bildirilgan 
taklif  joriy  etilishi  ta’lim  oluvchilarning  bilimli  bo‘lishga  rag‘batlantiradi,  davomat, 
tartib-intizomning  yanada  yaxshilanishiga,  ta’lim  va  tarbiyaning  uzviy  bog‘liqligini 
mustahkamlaydi,  ta’lim  oluvchilarning  keyingi  ta’lim  bosqichlarini  o‘z  iqtidorlaridan 
kelib chiqib davom ettirishlariga turtki beradi. O‘qituvchilarning, ta’lim muassasasining 
jamiyatdagi mavqeini yanada ortishiga, ta’lim muassasasi, oila va mahalla o‘rtasidagi 
hamkorlikning mustahkamlanishiga olib keladi.
Eng  muhim  dolzarb  masalalardan  yana  biri,  umumma’lim  maktablaridagi 
ko‘pchilik  o‘qituvchilarning  pedagogik  mahorati  hamda  bilim  darajasining  pastligidir. 
albatta,  bu  haqda  fikr  yuritishning  o‘zi  juda  ham  og‘ir.  Biroq    ushbu  masala  jiddiy 
e’tiborga loyiq. 2017-yilda o‘tkazilgan “yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovining 
tuman (shahar) bosqichi 1-turida 100 ballik asosida test-sinovi natijalariga ko‘ra, ayrim 
tumanlarda qatnashgan o‘qituvchilarning atigi 2,5-3 foizigina 80 balldan yuqori ballni 


12

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish