“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
sport-sog‘lomlashtirish obyektlari va ijtimoiy institutlar, ularda amalga oshiriladigan
ta’lim-tarbiyaviy ishlarning uzviy aloqadorligi va uzluksizligini ta’minlash muhim aha-
miyat kasb etadi. Shu bois, bugungi kunda yoshlarimiz ongi va qalbida sog‘lom
turmush madaniyatini rivojlantirish uchun olib borilayotgan g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarni
kuchaytirish, ularning samaradorligini oshirish dolzarb masala sanaladi.
Jamiyat rivojining zamonaviy bosqichida inson salomatligini yuqori darajada saqlab
turish, insonni nogironlikka yoki halokatga olib keluvchi ko‘pgina kasalliklarning oldini
olish imkonini beruvchi sog‘lom turmush madaniyatining asosiy komponentlaridan biri
chekish, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishdan o‘zini tiyishdir.
Fuqarolar sog‘ligini saqlash sohasidagi asosiy vazifalaridan biri – chekmaydigan
shaxslarning huquqini himoya qilishdan iboratdir. Bugungi kunda aholi, ayniqsa,
yoshlar orasida restoran, kafe, bar, klub va diskotekalarda elektron sigaretalar va
chilim chekishning ommalashib borayotganligi sababli ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
joylarda hamda transport vositalarida chekishni taqiqlash muhim mexanizmlardan biri
hisoblanadi.
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan joylarda va transport vositalarida chekishni taqiq-
lashning huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda
iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonuni – fuqarolarning sog‘lig‘ini, avvalo, yigirma
yoshga to‘lmagan shaxslarning sog‘lig‘ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol
qilishning zararli ta’siridan, shu bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan
himoya qilishga, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur qonunga muvofiq, tamakidan yoki uning o‘rnini bosuvchi narsadan
tayyorlangan har qanday mahsulot – tamaki mahsuloti hisoblanib, tamaki mahsulotlarini
reklama qilishga hamda jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilishga yo‘l
qo‘yilmasligi belgilangan
1
.
O‘zbekiston respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida
ham tamaki mahsulotlarini jamoat (56
1
-moddasi) va transportning ruxsat etilmagan
joylarida (122-modda) iste’mol qilganlik uchun javobgarlik belgilangan
2
. O‘zbekiston
Respublikasining Mehnat kodeksiga
muvofiq har bir xodim xavfsizlik va gigiyena
talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish huquqiga ega
3
.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida
davlat yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, fuqarolarning sog‘lig‘i saqlanishini ta’minlashi
belgilab qo‘yilgan
4
.
“Reklama to‘g‘risidagi”gi qonunning
5
23-moddasida tamaki, tamaki mahsulotlari
va har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklar reklamasi, ularning namunalarini tekin
1
O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol
qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonuni. // O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 272-modda.
2
O‘zbekiston respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. // O‘zbekiston
respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda.
3
O‘zbekiston respublikasining Mehnat kodeksi. // O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining axborotnomasi, 1996 yil, № 1-ilova.
4
O‘zbekiston respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonuni. // O‘zbekiston
respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda.
5
O‘zbekiston respublikasining “reklama to‘g‘risidagi”gi qonuni. // O‘zbekiston respublikasi Oliy
Majlisining axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda
17
tarqatish, nomi, tovar belgisi yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik
qilish, tasviri tushirilgan tovarlarni tarqatish, sotish, savdo obyektlarida, kirish joylarida,
vitrinalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki,
tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi
boshqa axborotni o‘rnatish taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, afsuski, bugungi kunda
jamoat joylarida, kafe, bar va restoranlarda fuqarolar, ayniqsa yoshlar tomonidan
tamakidan tayyorlanuvchi – chilim iste’moli ko‘payib, “ommaviy urf” va “ommaviy
madaniyat”ga aylanib bormoqda.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, chilim afrika va Osiyo xalqlari o‘rtasida bundan 400
yillar oldin keng tarqalgan
6
. XiX asr oxiri XX asr boshlariga kelib yaqin Sharqda keksa-
lar o‘rtasida keng tarqala boshlagan. 1990-yillarga kelib chilimning yoshlar o‘rtasida,
ayniqsa umumta’lim maktablari o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida
keng tarqalishi kuzatilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tahlillariga ko‘ra, bir yilda dunyo bo‘yicha
6 mln. nafardan ortiq insonlar bunday mahsulotlarni bevosita o‘zlari iste’mol qilishi
natijasida vafot etsa, 900 mingdan ziyodi passiv chekish (chekuvchilar yonida yoki,
chilim chekilgan xonada bo‘lish) oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. 2030-yilga borib bu
ko‘rsatkich 8 mln.ga yetishi ehtimoli mavjud. Chunki rak kasalliklarining 71,0 foizga,
surunkali nafas yo‘li kasalliklarining 42,0 foizga va yurak qon-tomir kasalliklarining 10,0
foizga yaqini aktiv yoki passiv chekish natijasida paydo bo‘lishi aniqlangan. Elektron
sigaretalar va chilim o‘smirlar orasida ham keng tarqalish tendensiyasiga ega ekanligini
hisobga olsak, bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lishi tabiiy.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, katta
yoshdagi aholi orasida sigaret, trubka, chilim, o‘zi o‘rab chekuvchilar 2002-2006-yillarda
aniqlanmagan bo‘lsa, 2014-yilda 18-64 yoshdagi erkaklar orasida 26,8 foizni,
ayollar orasida 1,4 foizni tashkil qilgan. Bugungi kunda tibbiyotda chekishning turli
usullaridan foydalanish inson organizmini zararlantirib, turli kasalliklarga olib kelishi
ilmiy asoslangan. 2017-yilda aholi o‘rtasida aniqlangan kasalliklarning 31 foizi chekish
oqibatida kelib chiqqanligi fikrimizning isbotidir.
Inson bir soat davomida chilim iste’mol qilganda bir dona sigareta chekkanga
nisbatan 100-200 barobar ko‘p tutunni o‘pkaga yutadi. Chilimda 600-650
S
haroratda
ko‘mir yonib turishi natijasida uni 45 daqiqa iste’mol qilgan inson organizmiga bir quti
(20 dona) sigareta chekish yoki 40 barobar ko‘p miqdorida ugar gazi tushishi ilmiy
asoslangan.
Insoniyat chekishni odat qilibdiki, shundan buyon unga qarshi kurashib kelinadi.
Chekishga qarshi kurash vositasi sifatida yaratilgan butunlay yangi vosita – elektron
sigareta esa inson salomatligi uchun yanada zararliroqdir.
Xitoylik dorishunos olim Xon lik 2003-yili 52 yoshida uzoq izlanishlaridan so‘ng
birinchi elektron sigaretani ixtiro qiladi. (Ma’lumotlarga ko‘ra, otasining uzoq vaqt
chekishi oqibatida o‘pka raki kasalligi bilan vafot etganidan keyin o‘ziga chekishni
tashlashga so‘z beradi. Shundan so`ng chekishning salbiy oqibatini yengillashtirish
maqsadida unda elektron sigareta yaratish g‘oyasi paydo bo‘ladi)
7
.
U oddiy sigaretga sog‘lom raqobatchi, chekishga qarshi kurashish vositasi sifatida
yaratdi. Xitoy hukumati elektron sigeretani tamaki chekishga bo‘lgan tobelikdan
6
goodman J. Tobacco in history: the cultures of dependence. london: rout ledge; 1993.
7
Электронные сигареты: мифы и правда. Методические материалы (разр. Инструктором
по гигиен. воспитанию Насоновым С.Ю.). – Волгоград, гКУз “ВоцМП”, – С..2.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |