“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
o‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti o‘sib va rivojlanib bo-
rayotgan hozirgi davrda sog‘lom turmush tarzining ijtimoiy-gigiyenik mezonlarini aniq
belgilab olish ahamiyatli hisoblanadi.
Ma’lumki, mezon – bu shunday bir o‘lchamki, uning yordamida biz uchun o‘l-
chanishi zarur bo‘lgan jarayonlarni shakllantirilgan etalon (standart) bilan taqqoslash
imkoniyatiga ega bo‘lamiz, uni baholay olamiz. Sog‘lom turmush tarzidek murakkab
ijtimoiy jarayonlarni o‘lchashda uning biz uchun maqbul va zarur bo‘lgan o‘lchamlarini
shakllantirish muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda foydalanish mumkin bo‘lgan mezonlar
qatoriga shaxsning:
•
jamoatchilik va mehnat jarayonlarida faollik ko‘rsatib, samarali ijodiy faoliyat bi-
lan mashg‘ul bo‘lishi;
•
oilada va kundalik turmushda namunali yashashi;
•
o‘zidagi jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarishga intilishi;
•
tabiiy va ijtimoiy muhit bilan mutanosiblikda yashashi;
•
sog‘lom va barkamol inson bo‘lib shakllanish uchun o‘z shaxsini bosqich-
ma-bosqich rivojlantirib borishi;
•
nosog‘lom turmush tarziga xos zararli odatlarning quliga aylanib qolishdan va o‘z
umrini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tushib qolishdan asrashga intilib ya sha shi;
•
faqat uzoq yashayotgani uchungina emas, balki hayotda to‘g‘ri yashayotganidan
ham qoniqishi hosil qilib, zavqlanib yashashga intilishi;
•
sog‘lom turmush tarzini o‘zi uchun bir umrga hamroh qilib olishi kabi qimmatli
sifat va xususiyatlarini kiritish mumkin.
Har bir inson o‘z tana a’zolarining zaxiraviy imkoniyatlarini oshirish uchun ular-
ni muntazam ravishda chiniqtirib borishi lozim. Salomatlik zaxiralarini yaratish uchun
sog‘lom turmush tarzining quyidagi qoidalariga amal qilish tavsiya etiladi:
•
muntazam ravishda jismoniy tarbiya va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish, haf-
tada organizmga kamida 6 soat jismoniy yuklama berish;
•
me’yoriy aqliy va jismoniy yuklama bilan ishlash, kuchli aqliy mehnatdan so‘ng
faol dam olish. Mehnat bilan dam olishni galma-gal va mazmunli tashkil qilish;
•
ratsional va tarkib jihatdan tenglashtirilgan ovqatlanish, ortiqcha vazndan quti-
lish, yog‘lar, qand va shirinliklarni iste’mol qilishini chegaralash;
•
zararli odatlardan yuz o‘girish;
•
organizmni chiniqtirish;
•
toza havoda har kuni kamida 2-3 soat bo‘lish;
•
kun tartibiga qat’iy amal qilish, bir kecha-kunduzda kamida 8 soat uxlash;
•
ehtiyoj tug‘ilganda turmush tarzini va ishini o‘zgartirish;
•
turmush, o‘qish va ishdan qanoatlanib yashash.
3
organizmning zaxiraviy imkoniyatlarini oshirishni pala-partish emas, batartib
ta sh kil qilishga erishish lozim.
Jumladan: turli xil jismoniy mashg‘ulotlar yordamida yurak va tana mushaklarini
ishlashga majbur qilish, bunday mashg‘ulotlarni belgilangan bir vaqtda bajarish va
bunda ma’lum tartibga rioya qilish kabilar shular jumlasidandir.
3
Колбанов в.в. валеологическое образование в начальной школе // журнал начальная
школа, № 1, 1999.
53
Ma’lumki, biz sog‘lom avlod uchun kurashar ekanmiz o‘z maqsadimizga erishish
uchun millatni sog‘lom turmush tarzida yashashga o‘rgatishimiz kerak bo‘ladi. Sog‘lom
avlod deganda, biz faqat jismonan baquvvat farzandlarni emas, balki ma’naviy jihatdan
ham boy va sog‘lom avlodni nazarda tutishimiz lozim. Zero, ma’naviy sog‘lom bo‘lmas-
dan turib, jismonan sog‘lom bo‘lish mumkin emas. Har ikkala tushuncha bir-biriga mos
va biri ikkinchisini taqozo qiladi. Ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom avlodga ega bo‘l-
gan xalqni esa yengib bo‘lmaydi. Biz jismonan sog‘lom, yuksak ma’naviyatli va yagona
milliy g‘oya asosida jipslashgan millatni shakllantirishni bosh maqsad qilib qo‘yar ekan-
miz uni sog‘lom turmush tarzida yashashga o‘rgatishimiz darkor.
Ta’lim tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish:
Bu vazifa turli yo‘nalishlarda izchillik bilan, muayyan dastur asosida, aniq yo‘na-
lishlarda olib borilishi shart. Xususan, pedagogik ta’lim jarayonida auditoriyaga
sog‘lom turmush tarziga oid muayyan tibbiy va gigiyenik bilimlar berish, ularda sog‘lom
turmush tarzini saqlashning inson tanasi takomiliga ta’siri haqidagi tushunchalarni
shakllantirish ga qaratilsa, ikkinchi tomondan, yoshlarda qat’iy rejim asosida gigiyenik
qoidalarga amal qilish, o‘zi va yon-atrofdagilarning sog‘lig‘ini asrashni kundalik odat-
ga aylantirish ko‘nikmalarini tarkib toptirish bilan bevosita aloqadordir. Shuningdek,
sog‘lom turmush tarzi ommaviy axborot vositalari orqali keng va samarali targ‘ib etilishi
bilan birga barcha ta’lim-tarbiya maskanlari bilan hamjihatlikda maktab, litsey, kollejlar-
da beriladigan ta’lim-tarbiya mazmuniga chuqur singdirilmog‘i lozim.
Ma’lumki, o‘zbek oilasida ko‘p avlodlilik belgilari yaqqol namoyon bo‘ladi. Unda
farzand ongida sog‘lom g‘oya va bilimlar shakllanishida bobo-buvilar, yaqin qarindosh-
urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla ham bevosita ishtirok etadi. Azaliy odatlarimizga ko‘ra,
farzandlarimiz tarbiyasiga ota-onaga nisbatan bobo-buvi, qo‘ni-qo‘shni va qarindoshlar-
ning ta’siri kuchliroq bo‘lib, ular oiladagi ma’naviy muhitning belgilovchilaridan biri hisob-
lanadi. Bu xil tarbiya buyuk ajdodlarimiz hayotida muayyan tizim darajasiga yetib, hozirgi
kunda muhim ma’naviy-pedagogik qadriyat sanaladi. Umumiy jihatdan inson avvalo oila
bag‘rida unib-o‘sadi, shaxs sifatida shakllanadi. oiladagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-axloqiy
qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida mahalla-ko‘yda, ta’lim muassasalarida sayqal
topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi
obro‘-e’tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga yetkazishdek muhim vazifani oi-
la-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi bajaradi.
inson turmush tarzi o‘z hayotida ro‘y beradigan aniq voqea-hodisa va turli o‘zga-
rishlar ta’sirida shakllanadi. Jamiyatning rivojlanishi, axborot oqimining o‘sishi, tezkor
hayot tarziga talabning ortishi natijasida o‘zaro muloqot va munosabatning birmuncha
murakkab tus olayotganligi o‘quvchilar ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. oqibatda ularda
o‘z taqdiri, oilasi, jamoasi uchun zarur bo‘lgan turmush tarziga ega bo‘lish, aqliy, his-
siy va erkinlikka intilishga asoslangan xatti-harakatlar majmuini tanlashga nisbatan
mas’ulliklari ortmoqda. Bu xil turmush tarzi aksariyat hollarda o‘quvchilarda yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan turli xil asab xastaliklarining oldini olishni taqozo etadi. Mazkur
maqsadga erishish avvalo shaxsiy va ijtimoiy miqyosda sog‘lom turmush tarzini tashkil
etish hamda uning uzviyligi va uzluksizligiga erishishning muhim yo‘nalishlarini amalga
oshirishni talab etadi. Buning uchun esa ushbu muammo mohiyatini anglash va hal
etishni bilish zarurdir.
Shu asnoda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot natijalarimizning asosiy maqsadi
pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning
yaxlit pedagogik tizimini ishlab chiqish va ushbu tizimni amaliyotga joriy etishga yo‘nalti-
54
Do'stlaringiz bilan baham: |