Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi tadbirkorning jamiyatdagi o‘rnini misollar orqali tu-
shuntirib berishi, yosh tadbirkorlar, fermerlar, ishbilarmonlar, bank-moliya sohasi, so-
liq, bojxona va boshqa idoralar vakillari bilan uchrashuvlarni tashkil etish, shuningdek, 
o‘quvchilarni ilg‘or texnologiyalar bilan tanishtirish maqsadida turli ko‘rgazmalar, kichik 
biznes uchun texnika va jihozlar yarmarkalariga tashrif buyurishini uyushtirish, mahsu-
lotlar ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish, mahalladagi faol tadbirkorlar haqida so‘z-
lab berishi ham tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirishda yuqori samara beradi. Bunda 
o‘quvchilarning  ijodiy  individualligini  rivojlantirish  va  takomillashtirishning  pedagogik 
shart-sharoitlari yechimini topish o‘qituvchi uchun muhim hisoblanadi.
o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmasi o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Ularda bun-
day holat va qiziqish avval oilada (ota-onaning shaxsiy namunalari asosida), keyin-
chalik maktabda o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan darslar, darsdan va maktabdan 
tash qari turli tadbirlar orqali amalga oshiriladi. 
1–4-sinf  o‘quvchilarning  hayot  tajribasi  va  o‘zlashtirish  imkoniyatlarini  hisobga 
olgan holda ular ongiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga oid bilim va mala-
ka hosil qilishda yangi texnologiya, integratsion, innovatsion usullardan foydalanish, 
darsliklarni shu yo‘nalishdagi yangi zamonaviy bilimlar bilan boyitish, fanlarning im-
koniyatlaridan  foydalanish,  mashg‘ulotlar  va  to‘garaklar  asosida  muayyan  bilimlarni 
kengaytirish va chuqurlashtirish muhim o‘rin tutadi. 
Ma’lumki,  bugun  o‘zbekiston  yoshlar  ittifoqi  huzurida  “yosh  tadbirkor”  klublari 
faoliyat yuritadi. ittifoqning ta’lim muassasalarida ham yetakchilari borligini inobatga 
olsak, ushbu klubning ish faoliyatini umumta’lim maktablarida ham tashkil etish o‘quv-
chilarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Chunki klubning 
asosiy yo‘nalishlaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xos jihatlarini ajratib olib, uni 
quyidagicha ifodalash mumkin:
– o‘quvchilar orasida kelgusida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni maqsad 
qilgan, alohida qobiliyati bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlash;
– o‘quvchilarda tadbirkorlikka qiziqishni va moyillikni aniqlash uchun turli metodi-
kalar ishlab chiqish;
– o‘quvchilarning tadbirkorlikka qiziqishini oshirish uchun mahalladagi tadbirkorlar 
bilan hamkorlik qilish;
– ta’lim muassasasida texnologiya darslarida yasalgan turli buyumlarning ko‘rgaz-
ma-savdosini tashkil etish;
– hududdagi savdo do‘konlari, buyum va dehqon bozorlariga ekskursiya uyushti-
rish, bunda sotuvchi va xaridor munosabatlarini o‘rganish va baho berish;
– tajribali mutaxassislar, tadbirkorlar va ishbilarmonlarni jalb qilgan holda tadbir-
korlik ko‘nikmasini shakllantirishga oid uslubiy qo‘llanmalar, elektron didaktik vositalar 
yaratish va h.k.
Bunday  ishlardan  ko‘zlangan  maqsad  –  1–4-sinf  o‘quvchilarining  tadbirkorlikka 
bo‘lgan  qiziqishini  rivojlantirish,  ularni  yaratuvchanlik,  izlanuvchanlik,  ijodkorlik,  ta-
shabbuskorlik, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir. 
Pedagogik tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 
tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish borasida o‘ziga xos qator muammolar mavjud.
Birinchidan, boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida 
tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga oid ta’lim-tarbiya berish metodikasi, uning 
usul  va  shakllari,  didaktik  ishlanmalar  bugungi  zamon  talablari  darajasida  ishlab 
chiqilmagan.


31
  Ikkinchidan,  ko‘pincha  tadbirkorlik  ko‘nikmasini  shakllantirish  boshlang‘ich  sinf 
o‘quvchilarining iqtisodiy yo‘nalishdagi fan (yoki kurs)larni o‘zlashtirish natijalari va pe-
dagogik kuzatishlar natijasi orqaligina baholanadi. 
Uchinchidan, tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish tizimi, garchand chuqur o‘y-
lanib ishlab chiqilgan yoki aniq maqsadga qaratilgan bo‘lsa-da, lekin u darhol o‘z na-
tijalarini bermasligi mumkin. Chunki uning natijalari obyektiv va subyektiv sabablarga 
bog‘liq bo‘ladi.
To‘rtinchidan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tadbirkorlik ko‘nikmasi va shaxs sifat-
larining shakllanishi boshqa kishilar, oila, ijtimoiy muhit, qolaversa, butun jamiyatning 
ta’siri ostida kechadi
3
.
Shuning  uchun  mazkur  muammolarni  bartaraf  etish  borasida  muayyan  taklif  va 
tavsiyalar ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi. Xususan:
– “iqtisod va soliq alifbosi” kursi mashg‘ulotlarida tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllan-
tirishga xizmat qiladigan metodlardan foydalanish;
–  har  oyda  alohida  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilari  ishtirokida  seminarlar  tashkil 
etish va pedagoglarning iqtisod va soliqqa oid bilimlarini yanada boyitish;
– sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarga hududdagi yosh tadbirkorlarni 
taklif qilish va ular ishtirokida master-klasslar tashkil etish (albatta, 1–4-sinflar o‘quvchi-
lari yoshini inobatga olgan holda);
– sinfda “yosh tadbirkor minbari” devoriy gazetasini tashkil etish va uni har oyda 
iqtisod, soliq, savdo-sotiq, daromad, foyda kabi tushunchalar mazmun-mohiyatini yori-
tish orqali yangilab borish;
– to‘garaklarda yasalgan buyumlar har chorakning oxirida ko‘rgazmalar orqali o‘qi-
tuvchilar, ota-onalar, o‘quvchilar jamoasiga  namoyish etish va bu orqali maktab bozori 
va maktab yarmarkalarini tashkil etish;
– mashg‘ulotlarda tadbirkorlikka oid savol-javob, testlardan foydalanish va h.k. 
Xulosa  qilib  aytganda,  ta’lim  muassasalarida  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining 
tadbirkorlik  ko‘nikmasini  shakllantirish  masalasini  ilmiy-pedagogik  nuqtayi  nazardan 
chuqur tahlil qilib, uning metodologik asoslarini ishlab chiqish zarurati tadqiqotimizning 
mavzusini belgilab beradi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish