5.
(!)
undash belgisidir. Undashli gaplardan keyin qo‘-
yiladir:
Sharif, sen kel! Karim, sen ket!
Qayg‘uli gaplardan keyin qo‘yiladir:
Esiz, seni k o ‘rmadim!
Xotin ko ‘zini ochqach bolasining o ‘lim bilan tortishib yotqo-
nini ko ‘rdi!
Hayronliq bildirgan gaplardan keyin ham qo‘yiladir:
Voy, Sharifjon kelibdir!
Bu juda qiziq bir ish!
Karim ota, otasi ko ‘rmak uchun quvonib uyga keldi; eshikni
ochib qarasa, uyda hech kim yo ‘q!
«So‘rashli gap» qizg‘inliq yo hayronliq bilan aytilsa
so‘rash belgisidan keyin yana undash belgisi qo‘yiladir:
Nechun meni o ‘ldiralar?! Menim gunohim nima?!
61S. (:)
qo‘sh nuqta. Bu sharh, izoh belgisidir. Undan
keyin kelaturg‘an gap bundan burung‘i gapning izoh ham
sharhi bo‘ladir:
Bu kun uch kishi bilan ko ‘rishdim: Sharif Karim, Ahmat.
7.
(«»)
tirnoqlar. Bir yozg‘uchi tomonidan muhim
sanalsa, yozg‘uchi o‘z-o‘zlari orasida boshqa bir kishining
so‘zlarini hikoya qilsa, anglashilishi yengil bo‘lmag‘an otlar,
atamalar bo‘lsa, shular timoqlar ichra olinadir:
«Samarkent»ni olmoqqa qo‘shin tortqanda y o ‘l o ‘rtasida
Nil daryosimi, Jayhunmi degan bir daryoga to‘g ‘ri kelar ekan.
Mudarrislikka «ukaz» berilgach oq podshohning yasha-
mog ‘ig ‘a qo 7
ko ‘tarib...
Podshohliq «nisf9 nubuvvat» deganlar; kofir bo ‘Isa ham
«nubuwat», y a ’ni payg‘ambarlikning yarim kuchi bor...
Orada urush boshlanib Turkistonda «rabo‘chi» mas’alasi
qo‘zg‘alg‘anda «podshohning amri vojib; m a’noyi vojib farzli-
gida ozg‘ina shubha bor; m a’noyi farz amri ilohiy»20 deb elni
shov-shuvliqdan to ‘qtatmoqqa tirishar edi.
(A. Q.)
8-
0
yoylar. «Kirish so‘z»laming
hammasi yoylar orasida
yoziladir. Kirish so‘zlaming iki tomonida, iki yoy o‘mida
ikki «,» belgisi qo‘ymoq ham boiadir:
212
BuzotAmrika, Olmoniyo (Grmaniya), Angliya, Yapo iiiya, Fi~
ransiya, Bilgiya va shuning kabi har davlatlami yodlab bilar edi.
(A. Q.)
Bizda o (zlarini ulamo atag‘anlar (Bizda haqiqiy ulamo
y o ‘qdir) butun taraqqiy ishlariga qarshi turdilar.
Kirish so‘zlarining iki tomonida, yoylar joyig‘a chiziq-
lar qo‘yilsa-da bo‘ladir:
Bu kichkina, o ‘ksuz, oppoq bilaklar —
Ucha, ucha yetmay qolg‘an tilaklar —
Eskan yelning qo llarig‘a o ‘zini
Tashlab qo‘yar borlig‘ini unitar.
(Fitrat)
9. (—)
chiziq. Iki-uch kishining
bir-biriga gapirishlarini
yozg‘anda har birining gapidan burun chiziq yoziladir:
Yana xalq churillashib ketdi:
— Barakalla taqsir, barakalla!
— Bo‘sh kelmadilar taqsirim!
— Hali bellari baquwat ekan taqsirimning!
( Cho ‘Ipon)
Yaxshi-yomon, kata-kichik, bola-chaqa, qo ‘zi-echki kabi
bir-biriga qarshi bo‘lg‘an yo bir turli munosabati bo‘lg‘an
so‘zlar orasig‘a chiziq qo‘yiladir.
10. (...)
nuqtalar. Gapning bir bo‘lagi qanday bir sabab
bilan aytilmay qolsa uning joyig‘a nuqtalar qo‘yiladir:
Bosqon izin ko ‘rmay o ‘tkan tuyoqlar
Toptab-toptab... Oh, aytolmam ketini!
(Fitrat)
Bir gapni bitirgan so‘ng yana mavzu’da davom etmak-
ning kerakligi sezilib turg‘anda so‘z kesilib qolsa, yana
nuqtalar qo‘yiladir.
Qani otajonima? — dedi va «gup» etib abrizg‘a yiqildi...
( Cho ‘Ipon)
Qisqa gaplami qizib, qaynab aytganda ham oralarig‘a
nuqtalar qo‘yiladir:
Toshaman... toshaman... ketaman...
Tez kunda tilagim yurtig‘a yetaman...
(Botu)
Do'stlaringiz bilan baham: