1 Subhi alast — azaldan.
44
Tasviriy uslublarda topilishi matlub bo‘lg‘an hollarg‘a
uslubning xususiy hollari deyiladi.
Endi uslubning umumiy hollarini, ya’ni har uslubda
topilishi matlub b o ig ‘an hollami ko‘ramiz:
TUZUKLIK
U asardagi so‘zlar ham gaplari sarf, nahv ham shevaga
ko‘ra tuzuk boisa, shul asaming uslubida tuzuklik bor
deyiladir.
Tuzuklik har uslub uchun juda zarur, juda keraklik bir
holdir. Bir fikr qanday go‘zal, qanday foydaliq, qanday
ochiq boisa boisun, uni ifoda qilg‘animizda so‘zlarimizning,
gaplarimizning sarf, nahv, shevaga ko‘ra buzuqligi u fikming
ta’sirini yo‘qotadir. 0 ‘zbekchani yaxshi bilmagan kishi bilan
gapirishib turg‘anda qanday bir holda qolsangiz, buzuq bir
uslubni o‘qug‘anda ham xuddi shu holatda qolurmiz.
0 ‘zbek shoiri Fanoning:
Ushshoqlarg‘a bo‘lmasa shavqin chu rahnamo, —
degan misraida sarf yanglishi bor. Oshiqlar o‘mida «ushshoq-
lar» degan. Holbuki, «ushshoq» so‘zining o‘zi oshiqlar
demakdir. Ruschadan tilimizga tajjima qilinib, Elbekning
«Go‘zal yozg‘ichlar»ida bostirilg‘an «Qush qo‘shig‘i» hi-
koyasida49 shu: «Beshikdagi bolang menga qarab yorug‘
chiroyday katta k o ‘zlarini ochib, mening qo‘shug‘imni ham
tinglab, «onam qani?» dedi», — iborasidan «katta k o ‘zlarini
ochib» parcha(si) nahvga ko‘ra yanglishdir. Chunki bun-
dagi «katta» so‘zi ko‘zga emas, «ochib»g& baylanadir. Bo-
laning ko‘zi katta emas, bola ko‘zini katta ochg‘an. Bu-
ning nahvga ko‘ra to‘g‘risi: «ko ‘zlarini katta ochib» shakli-
dadir.
Yana shul «Go‘zal yozg‘ichlar»dag‘i «Binafsha» hiko-
yasining shu: «Gulzor ichidagi gullar hech bir binafshaning
borlig‘ini sezmaydirlar, bilmaydir» degan parchasida nah-
viy yanglishiq bor. «Hech bir» degandan keyin «sezmay-
durlar» «bilmaydurlar» emas, «sezmaydur, bilmaydur» de-
mak kerak edi.
Burung‘u shoirlarimizdan Fanoning:
Voy gul bir shavqida qon bo‘ldi ko ‘nglum g ‘am ishi,
Bulbuli sho ‘ridadek yuz rang nolondur bukun, —
45
degan baytida nahviy yanglishiq bor. Bu baytda «ko ‘nglum ishi»
ega, «nolondur» so‘z kesimdir. «Ko ‘nglum ishi nolondur» degan
gap nahvga ko‘ra yanglishdir. Ko‘ngulni ishi «nola»dir, «nolon»
emas. Navoyining «Layli va Majnun»idan shu:
Gulshan aro qaysi xushdin fard,
«Yotib» edi yerda o ‘ylakim gard.
Ham mazida xushdin xabar yo ‘q,
Ham jismida ruhdin asar yo ‘q.
Yorim necha kim nasimi gulbez,
Bo‘ldi chaman ahli uzra gulrez,—
degan parchada «yotib», «yorim» so‘zlarining birinchi
bo‘g‘umlari juda cho‘zulub, «madd» bilan aytiladir. Bu esa
bizning shevamizda yo‘qdir.
SOFLIK
Uslubda soflik so‘z tuzushda, gap tuzushda yotchilik ko‘r-
satmaslik, asarda yot so‘zlar yo eski onglashilmas so‘zlami
kirgizmaslik, yot tillaming nahviy qo’idalarig‘a qarab gap
tuzmaslikdir.
0 ‘qiuchilaming qaysilarikim, tirishmaylar o ‘z bilimla-
rini ortdira olmaslar deganimizda gapning tuzulishi o‘rus-
chaning gap tuzulishiga ergashgan, uning ta ’siri bilan
bo‘lgandir. Buning to‘g‘risi: Tirishmayturg‘an o ‘qig‘uchilar
o ‘z bilimlarini orttira olmaydilar, shaklida bo‘ladir.
Eski shoirlarim izdan Balxiy Durbekning «Yusuf-
Zulayho» kitobidan shu:
Bor edi bir bog‘ «bamisli Eram»,
Misr azizi sob erdi haram.
Qoldi taajjubda «z-sun ’i iloh»,
Yusuf o ‘shal tevaga aylab nigoh.
«Oqibatul amr zirohi talab»,
«Hittayi Kan ’onga» yetishti arab, —
parchasini «bamisli Eram», «z-sun’i iloh», «oqibatul amr»,
«zirohi talab», «Hittayi Kan’on» degan so‘z uyushmalari
yotchilik bilan tuzilgandir.
Muqimiyning:
To o ‘zingni mahfdaro qilmading,
Oshiqlami zor-u shaydo qilmading,
46
G‘ayr az diling sangi xoro qilmading,
Bo ldi dedim, hargiz parvo qilmading,—
deganida «mahfllaro», «g‘ayr az diling», «sangi xoro», «har-
giz» so‘zlarida yotchilik bordir.
Asarda yot so‘zlami kirgizmak, yangidan so‘zlar yasa-
moq ham uslubning sofligiga zarar beradir. Biroq, bu mas’alada
ko‘b ifrotg‘a bormaslik kerak. Bizda adabiyot, ilmiy bir til
yangidan yasalmoqdadir. Dunyo o‘zgarib turadir. Hayot kun-
dan yangilashib boradir. Yuz yil burung‘i ota-bobolarimiz-
ning tushlariga ham kirmag‘an bir ko‘b hodisalar, narsalar
maydong‘a chiqib turadir. Bular uchun yangi-yangi otlar
taqash lozim bo‘ladir. Biz bulaming otlarini yo yangidan
yasaymiz (uchg‘ich, uyushma, boshqarma kabi), yoxud yotlar-
dan olarmiz ( elektrik, telefon, poyizd kabi), yo unitihb ketgan
eski so‘zlarimizni yangidan tirgizamiz (quriltoy kabi). Shul
uch yo‘l bilan tilimizga yangi so‘zlar kirgizishni (soflikni
saqlash uchun) qabul etmasak, tilimizni boyimoqdan to‘xtat-
g‘an bo‘lamiz.
Zamonimizning ilmiy, adabiy maydonig‘a kirmak uchun
intilmakda bo‘lg‘an tilimizni boyitmoq uchun o‘z sarf, nah-
vimizga qarab yangi so‘zlar yasamoq, burung‘i so‘zlari-
mizni oxtarib topib, ishga solmoq lozimdir. Bulaming uslub
sofligiga zarar berishlari vaqtligina bir ishdir. Bora-bora yangi
so‘zlar el zamonidan qabul etihb, hayotg‘a oshadir, o‘zlasha-
dir, uslubga zarari ham yo‘qolg‘an bo‘ladir. Biroq, bulaming
ba’zilari borkim: bizning shuncha ishlatganimiz bilan-da
hayotg‘a oshmaydir, ko‘bchilik tomonidan qabul etilmaydir.
Mana mundaylarig‘a bizning har qing‘irhq qilib o‘turi-
shimiz yaramaydir. Dunyo o‘mida ochun, shahar o‘mida
boliq, askar o‘mida cherik mana shunday so‘zlardandir.
OHANG
Yozuvchi-adib so‘zlarining musiqiylig‘ini ko‘zda tutib,
eshitishimizda chiroylik ham mavzu’ga munosiblarini tollab
quloqqa og‘ir kelmayturgan bir tartibda tizishdir.
Navoyining «Layli-Majnun»ida Laylining o‘lim kuni
onasining yig‘lashini tasvir etmak uchun aytilgan shu:
Ko ‘ksini yoqodek etdi pora,
Kim ko ‘nglidan urdi o ‘t sharora.
47
Timog‘larin chu yuziga qo‘ydi,
Timoq-timog‘cha yemi o ‘ydi.
Deb navha bilan chu tortibon voy,
Kim na og‘ir uyqudir, bo‘tam, hoy! —
parchasi chindan motam kunlaridagi yig‘lash ohangini ber-
gani uchun mavzu’ga munosibdir.
Uslubning ohangini buzaturg‘an sabablar:
a) bir tovushning bir gapda d af alarcha kelishidir:
Elbekning shu:
Qor qarshusida qarg‘a qag‘irlab quvonishda,
Qoqar qanotin qayg‘uli, qolmas qaro qishda.
Qot-qot qorinni qayusida qolmasa qarg‘a,
Qoqmasdi qanotini quruq qo‘rquli qarg‘a.
b) nahvda qarash belgisi atalg‘an50 «ning»dan uch-
to‘rttasining bir gapda ketma-ket kelishidir: Uning otasining
bog‘chasining yoochlarini kesganlar. U sening daftaring-
ning qog‘ozlarining anchasini yirtqon.
j) bir so‘zning bir gapda necha qatla kelishidir:
Uning so ‘ziga quloq solmay, so ‘zini qaytarar edi. Bir qarg ‘a
bir patimi tishlab bir yog‘ochga qo‘ndi.
Do'stlaringiz bilan baham: |