Ilmiy maqola va tadqiqotlar



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

BARMOQ  VAZNI
Milliy vaznimizda  asos so‘z bo‘g‘umlarining sanogidir. 
Bir  baytning  birinchi  misra’i  necha  bo‘g‘um  esa,  ikinchi 
misra’i ham shuncha bo‘g‘um boiadir.
Bo‘g‘umlaming harf, cho‘zg‘i sonlariga esa ahamiyat be- 
rilmaydir. Bir harfli bo‘g‘um bilan iki harfli bo‘g‘um baravar 
sanaladir.
Bir  baytning  vaznini  ko‘rmakchi  b o ig ‘anda,  birinchi 
misra’ bo‘g‘umlarini barmoq bilan sanab o‘qiymiz.  So‘ngra 
ikinchi misra’i bo‘g‘umlarini sanaymiz,  baravar kelsa,  vazn 
tuzukdir deymiz.  Bu vaznni  barmoq vazni deyishimizga sa- 
bab  shudir:
Ko‘nglimda  bo‘lg‘an  sevgi tamug‘i:
Dardli  ko ‘nglimning sevgan  ozug‘i,
Bu  tamug‘dagi  olovlar so‘nsa,
Tirikligimning so‘nar yorug‘1
Botuning  mana  shul  iki  baytining  vaznini  ko‘rmakchi 
bo‘lg‘anda shunday qilamiz:
Ko‘ng-lim-da  -  bo‘l-g‘an  -  sev-gi  -  ta-mu-g‘i  =  10 
Dard-li  — ko‘ng-lim-ning  — sev-gan  — o-zu-g‘i  =10 
Bu  — ta-mug‘-da-gi  — o-lov-lar — so‘n-sa  =  10 
Ti-rik-li-gim-ning  — so‘-nar  — yo-ru-g‘i  =  10
Ko‘rinadurkim,  Botuning  yuqoridagi  she’rining  har 
m israi  o‘nlar  bo‘g‘umidandir.  Demak,  bu  she’r  barmoq
25


vaznining «o‘nlik» qismidandir. Masalaga shu bilangina to‘xta- 
maymiz.  Har  misra’ning  o‘rta  yerida  bir-iki  turish  o‘rni 
bo‘ladirkim,  biz  munga  turoq  deymiz.  •
Bir  misra’ning  bo‘g‘umlarini,  «turoq»larini  sanag‘anda 
shul  «turoq»lami  ko‘zda  tutamiz.  Turoqning  iki  yog‘ida 
bo‘lg‘an  bo‘g‘umlami  ayri-ayri  sanaymiz:
Ko‘nglimda  bo‘lg‘an  — sevgi  tamugi 
5+5 
Dardli ko ‘nglimning  — sevgi  ozug‘i 
5+5
Demak,  Botuning  bu  o‘nlik  tizmasi  (5+5=10)  shakhda 
ekan. Vaznda kenglik istaganlar shu turoq mas’alasiga ahami- 
yat  bermaydilar.  «Vaznda  bu  qadar  ingichkalik  shoiming 
ilhomini bo‘g‘moqdan boshqa bir foyda bermaydir»,  deylar. 
Bu so‘z to‘g‘ridir.  Biroq,  biz bundag‘i misollarimizni  turoq- 
lari  bilan  ko‘mb  chiqishni  munosib  ko‘rdik.  Bizda  barmoq 
vazni to‘rtlikdan o‘n oltilikkacha bo‘ladir. Misollari shulardir: 
To‘rtlik:
0 ‘lgan  kelmas,
0 ‘chqon  yonmas. 
(Elso‘zi)25
Beshlik:
Oltilik:
Yettilik:
Yosh  qiz yuzini,
Qora  ko ‘zini
Ko ‘rolmadim  men. 
(Botu)
Yaxshi  topib  so ‘ylar,
Yomon  qopib  so ‘ylar.
a)  Charxim  tanob  —  tashlaydir, 
4+3 
Bir baloni  —  boshlaydir. 
4+3
b)  Suv  kelar  — guldir-guldir, 
3+4 
Sevganim  — qizil guldir. 
3+4 
Sevganim  —  topilmasa, 
3+4 
0 ‘lganim  — o ‘shal kundir. 
3+4
Shoirimiz  Cho‘lpon yettilikning iki turining og‘irrog‘ini 
oralashtirib  she’r  yozg‘an:
Men  kuchli  — menda  isyon, 
3+4
Men  toiqun  — menda  tug ‘yon, 
3+4
Ko‘purarman  —  tosharman. 
4+3
26


Kel o ‘tirg‘il  — sajda  qilg‘il, 
4+4
«Lot,  monatka»  — banda  bo‘lg‘il, 
4+4
Yo joningdan  — umid uzg‘il, 
4+4
Yosh  o ‘gion  — kelganing nadir? 
3+5
(«Zayn  ul-arab»)
To‘qqizluq:
Yurakda  —  umidlar  —  alamlar, 
3+3+3
To‘zimsiz  ~  qarog‘ni  — bosarkan, 
3+3+3 
Nega men  — chaqmoqday  — yugurmay?!  3+3+3
(Botu)
Yolg‘uzliklarda  — chidagandim, 
5+  4
Chunki men  seni  — o ‘ylagandim. 
5+4
( ?)26
0 ‘nlik:
Otimdir o ‘g ‘uz  — bilinglar ayon, 
5+5 
Nomimdir Xisrav  —  bilinglar yaqin. 
5+5
Erka  malak  — achchigianmam  senga,  4+6 
Uchursang-da  — ko ‘kka yurak kulin. 
4+6
(F.)11
0 ‘n  birlik:
0 ‘truk  boyidagi  —  barcha  tu/r/kmanlar,  6+5 
Do ‘stim,  xabar bergil  — omon-esonmi? 
6+5
0 ‘n  ikilik:
So‘zim  qattig‘ — tilim  achchig‘ — o ‘zjm  zolim,  4+4+4 
G‘arib jonim  — sarf aylaysan  — y o ‘qdur molim.
(Yassaviy)
Uzun,  uzun  arg‘amchi  — yoida yotarmi?
Esizgina  Mallaxon  — grda yotarmi? 
7+5
(Ashula)
Kechagi  qaynashlar  — pasaygan  bo ‘Isa-da,
Kechagi hujumlar  — susaygan  bo isa-da.  6+6
(Botu)
0 ‘n  uchlik:
Salom  senga,  malaklaming  — ulug‘ rahbari,
Bilim,  hikmat ko ‘klarining — nurli hulkari. 
8+5
Sakkizlik:
27


0 ‘n  to‘rtlik:
Dunyo,  dunyo,  san  dunyo  — kimga  vafo  qilibsan?
Sendan  vafo  kutganga  — sen  ko‘p jafo  qilibsan. 
7+7
U qtirish:  bir  o‘n  to‘rtlik  misra’  iki  (misra’lik)  yettilik 
misra’ bo‘la olg‘ani uchun bu vaznda oz yoziladir.
0 ‘n  beshlik:
Go ‘zal  yulduz  ~ yerimizning  — eng qudratli—
tuvg‘ani,
Nega  bizdan  — qochib muncha  — uzoqlarga  —
tushubsan.  4+4+4+3
( F r
0 ‘n  oltilik:
Gasht etdim  tog‘-u  tuzlari —krdim  ajoyib  qizlari,
Bizning yeming kanizlari —hur ila g ‘ilmon  mani zor.  8+8
U q tiris h :  o‘n  oltilik vaznning  misra’lari juda  uzundir, 
hamda  har  bir  misra’i  ikita  sakkizlik  misra’  bo‘larlikdir. 
Shuning uchun bu vaznda oz yoziladir.
Emdi aruz vaznini ko‘raylik.
ARUZ
Yuqoridag‘i  fasllarda  so‘ylaganimiz  kabi  tizimda  vazn 
mas’alasini millat  o‘z  tilining ba’zi  xususiyatlariga ko‘ra hal 
qilg‘an.  Bizning  tilimizga  uyg‘un  kelaturg‘an  vazn,  albatta, 
milliy  vaznimiz  bo‘lg‘an  barmoq  vaznidir.  Biroq  eron-arab 
ta’siri ostida aruz vazni ham adabiyotimizga kiigan,  muhim 
o‘rin  olg‘an,  muvaffaqiyatsiz  bir  shaklda  keng  suratda  bu 
kungacha  davom  etib  kelgan.  So‘ng  kunlarda  yosh  o‘zbek 
adabiyoti zamonida o‘z o‘mini yana barmoq vazniga topshirib, 
oradan  chekilmoqda.
Aruz  vazni  arabnikidir.  Arab  shu  vaznlarda  she’r  yoz- 
g‘an.  Hijriy (170 nchi) yilda o‘lg‘an imom Xalil ibn Ahrnad 
bu  vazrdami  yig‘ib,  belgili  qoidalar  ostiga  kirgizdi,  aruz 
qoidalarini tuzdi. Arab olimi tomonidan tuzilgan aruz qoida- 
larini  forslar  ham  forsi(y)  she’rlar  uchun  qabul  qildilar. 
Biroq,  forsiy she’r uchun qabul  etilgan amz arab  aruzining 
xuddi  o ‘zi  emas  edi.  Forslar  arab  aruzini  tuzatdilar. 
Kamchiliklarini to‘ldirdilar. 0 ‘zlarining milliy vaznlarini ham 
shu qoidalarga ergashtirib aruzga kirgazdilar.
28


Mana shunday qihb, arab aruzini arab-fors aruzi holig‘a 
keltirdilar.  Bizning  0 ‘rta  Osiyo  turklari  tomonidan  qabul 
etilgan  aruz  shul  arab-fors  aruzidir.  Bizning  0 ‘rta  Osiyo 
xalqlari qachon qabul etgani aniq emas.  Biroq hijriy 462 da 
Qashg‘arda  yozilgan  mashhur  «Qutadg‘u  bilig»  kitobining 
shu aruz vaznida yozilg‘ani e’tibor etilsa, juda eskidan qabul 
etilgani  m aium  boiadir.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish