6. Qurilma elementlari detallari va bo‘g‘inlarining parametrlari va boshqa xususiyatlari va ularning o‘zaro aloqasi.
Misol: “Ignasimon ilgaklari g‘ovak barabanning tashqi yuzasida uning aylanish yo‘nalishiga nisbatan qiya qilib o‘rnatilgan Qovak barabandan iborat paxta terishchi ishchi organi 2–5 mm masofadagi har bir ignasimon ilgakning uchi barabanning aylanish yo‘nalishi bo‘ylab 20–400 burchakka qayrilganligi bilan ajralib turadi” (ixtirochilar A.Y.Bikovsev va A.T.Ergashev, 1993 yil).
7. Qurilma yoki uning konstruktiv elementi (detal yoki bo‘g‘inlari) ishlangan material.
Misol: “Oksidlanish jarayonlaridan himoyalangan va ish yuzasi hamda tok uzatuvchi elektrodlarni o‘z ichiga oladigan yuqori temperaturali isitish elementi shu bilan farqlanadiki, isitkich ish yuzasining qalinligi 0,1 mm dan ortiq kremniy karbid plyonka bilan qoplangan”. (Ixtirochilar M.S.Saidov va boshqalar, 1993 yil).
Ixtirolarning patent himoyasi, ularni tijorat siri, “nou-xau” sifatida saqlab qolish
Shak-shubhasiz, puxta tashkil etilgan patent himoyasi ixtirolarni himoya qilishning eng ishonchli usuli hisoblanadi.
“Nou-xau”ning saqlanib qolinishi quyidagi vaziyatlarda iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lishi mumkin:
Xulosa
1. Ixtiro tarkibi yakuniy mahsulotni tahlil qilish yo‘li bilan ishonchli aniqlanishi mumkin bo‘lmagan kimyoviy modda hisoblanadi. Bunday holatda axborotning ixtiyoriy ochilishi maqsadga muvofiq emas, chunki qonunni buzganlarni aniqlash qiyin bo‘ladi. Bunday “nou-xau”dan foydalanishning yorqin misoli o‘z ichimligining sirini 100 yildan oshiqroq (aniqroQi- 1886 yildan) vaqtdan beri maxfiy saqlayotgan “Koka-Kola” firmasi hisoblanadi;
2. “Nou-xau”ning mohiyati ishlab chiqarish sirlari, chunonchi, muayyan rejimlar, parametrlar, foydalaniladigan moddalar va har qanday mahsulotni tayyorlashning boshqa texnologik nozik jihatlari hisoblanadi. “Nou-xau”ning ushbu turi jahon amaliyotida juda keng qo‘llaniladi va odatda, bunday “nou-xau”lar o‘ziga xos patentlangan ixtirolarga maxfiy ilova hisoblanadi.
3. Talabnoma beruvchi patent uchun talabnomani tayyorlashda ixtironing qaysi qismini patentlash, qaysi birini esa tijorat siri sifatida saqlab qolishni tanlashdagi oqilona muvozanatga har doim rioya qilishi kerak.
Yangi ixtirolarning tez-tez paydo bo‘lishi, demak, raqobat kurashining kuchayishi fan-texnika rivojining hozirgi zamondagi o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Shu munosabat bilan talabnoma beruvchi (ixtirochi yoki uning ish beruvchisi hisoblanadigan firma) oldida turgan asosiy vazifa raqobatchilarni ortda qoldirish maqsadida patentlash uchun zarur barcha jarayonlarni puxta, tez va aniq amalga oshirishdan iborat.
Foydalanilgan manbalar ro’yxati:
“Ilmiy Ijodiy Izlanish Asoslari” fanidan o’quv uslubiy majmua. I.Z.Nosirov, T.Almatayev, AndMI, 2017.
“Ilmiy Ijodiy Izlanish Asoslari” fanidan amaliy mashg’ulotlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma. I.Z.Nosirov, T.Almatayev, AndMI, 2017.
Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.Е. Ilmiy ijod metodologiyasi.-Toshkent: «Moliya» nashriyoti, 2002.
Штофф В.А. Введение в методологию научного познания. М., 1998
Перегудов Л.. Методология научных исследований.- Ташкент, 2002
Кара-Мурза С.Г. Проблемы интенсификации науки. Технология научных исследований. М., 1989.
Do'stlaringiz bilan baham: |