Ilmiy izlanish asoslari


Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ishlarini tashkillashtirish iqtisodiytexnikaviy asoslari



Download 0,83 Mb.
bet44/72
Sana06.07.2021
Hajmi0,83 Mb.
#110428
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
Bog'liq
Ilmiy izlanish Fanidan Umka

3. Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ishlarini tashkillashtirish iqtisodiytexnikaviy asoslari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning ilmiy va texnikaviy ijodlarini erkinligini kafolatlaydi. Shundan kelib chiqqan holda, ixtirochilik va ratsionalizatorlik hamda O‘zbekiston Respublikasi sanoat mulkchiligi haqidagi qonunlar bo‘yicha mualliflarning shaxsiy moddiy va moddiy bo‘lmagan huquqlari himoyalangan.

Muallifning tanlovi bo‘yicha ixtiroga mualliflik guvohnomasi yoki patent olishi mumkin. Agar qilingan ixtiroga to‘la egalikni muallif olsa, unda qonun-qoidaga muvofiq, buni kafolatlovchi patent beriladi. Agarda rag‘batlanish huquqi saqlanib qolishi bilan mulkchilik huquqi davlatga berilsa, unda muallifga mualliflik guvohnomasi beriladi.

Mualliflarning shaxsiy nomoddiy huquqlariga:



  • ixtiroga mualliflik huquqi;

  • ixtiroga muallifning qo‘ygan nomi va shundan kelib chiqgan holda, muallif ixtironi qo‘llashda hamma hujjatlarda uning ismi sharifi ko‘rsatilishi, eslatib o‘tilishi va h.k;

  • ixtiroga maxsus muallif taklif etgan nomni qo‘yishi, hatto o‘z nomini ham qo‘yishi mumkinligi va h.k.

Ammo shuni eslatib o‘tish kerakki, agar muallif patent olgan bo‘lsa, unda muallif o‘zining nomini yoki maxsus nom berilmaydi. Xuddi shuningdek, muallifdoshlik bo‘lsa ham, qo‘yiladigan ham mualliflar kelishuvchi asosida qo‘yiladi;

  • ixtiroga mualliflik guvohnomasini olish uchun ariza berish huquqi;

  • prioritetlik huquqi, ya’ni muallifning birinchiligi tan olinishi huquqi;

  • arizaga chiqarilgan javobning asoslari bilan tanishishi, muhokama qilish huquqi;

  • ixtironing amaliyotga tadbiq etilishiga qatnashish huquqi;

  • ixtironing qo‘llanganligi to‘g‘risida yozuvning, mualliflarning mehnat daftarchasiga yozib qo‘yilish huquqi;

  • mualliflarning ijodiy safarga borish huquqi;

  • doktorlik dissertatsiyalarini himoyasida alohida ko‘rsatib o‘tilishligi.

Mualliflarning moddiy huquqlarini esa:

  • mualliflarni rag‘batlantirish;

  • bepul mualliflik guvohnomasini olish;

  • mualliflarning shu bo‘yicha texnikaviy hujjatlarni tayyorlash uchun ketgan sarf-harajatlarni berish huquqi;

  • ixtirochilarga, xizmat ko‘rsatgan ixtirochiga faxriy unvoni berilishi;

  • ixtirochilarning rag‘batlantirilishi, pullarini olinishida, undan olinadigan soliqlardagi rag‘batlantirilishi va h.k.

Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ishlarining sarf-harajatlarini moliyalashtirish manbai bu har bir tarmoq va tashkilotlarni sarf-harajat sistemasi asosida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan foydalaniladi. Bu sarf-harajat smetasi har yili tuzilib oldindan yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirliklar va davlat muassasalari byudjet assignatsiyasidan va markazlashtirilgan turli jamg‘armalardan to‘lansa, korxonalarniki: korxona yoki tashkilot smetadan; korxonalarda hosil bo‘lgan turli faktdan; turli iqtisod tejamkorlikdan yig‘ilgan mablag‘lardan va boshqalar.

Vazirliklar korxona va vedomostlari sarf-harajatlariga:


  • ixtirochilik va ratsionalizatorlikdagi modellar va namunalarning tayyorlanishi va sinovlari uchun;

  • tajriba bazalarining izlanishi uchun tashkillashtirilishi, ishlab turishi va tajriba o‘tkazilishi;

  • ixtiro va ratsionalizatorlar, konstruktorlar loyihachilar va texnologlar texnikaviy hujjat tayyorlanganligi, modellar va namunalarning tayyorlanishi va sinovi uchun ularni kichik ishlab chiqarishni tashkillashtirish uchun, mehnat haqi uchun;

  • ixtiro va ratsionalizator mualliflarini rag‘batlantirish uchun;

  • ixtirochi va ratsionalizatorlarga yordam berganlarni rag‘batlantirish uchun;

  • ixtirochilar va ratsionalizatorlik talabnomalari ekspertizadan o‘tkazilish, konsultatsiya va xulosalarni tayyorlash ishlariga beriladigan ish haqi uchun;

  • ixtirochilarni chet elga patentlashtirish, litsenziyalarni sotish va olish ishlari uchun;

  • patent fondlarini tashkillashtirish, qayta ishlovi, nashriy va patenttexnikaviy axborot va adabiyotlarni olish uchun;

  • ixtirochilik va ratsionalizatorlik ishlariga bog‘liq bo‘lgan mualliflar, ekspertlar, Patent vedomosti xodimlarining xizmat safariga ketadigan sarfharajatlar uchun;

  • ixtirochilik va ratsionalizatorlik ishlari bo‘yicha tashkil etilgan turli xil anjumanlar, ko‘rgazmalar, tadbirlar va boshqalar uchun.

Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ishlariga mehnat haqi, umumiy maosh fondi hisobidan beriladi.

Hozirgi vaqtda bu ishlar uchun turli hil jamg‘arma fondlardan ham, rag‘batlantirish, tashkillashtirish uchun mablag‘lar berilib borilmoqda.





Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish