Joriy etish - tehnikaviy-iqtisodiy samarani bevosita yoki bilvosita ta'minlovchi ilmiy mahsulotni ishlab chiqarish yoki iste'mol sohasigaqberish.
Ilmiy mahsulot buyurtmachi yoki iste'molchiga hisobotlar, yo'riqnomalar, metodika, muvaqqat ko'rsatmalar, tehnikaviy shartlar, tehnikaviy loyiha va h. k.lar tarzida beriladi. Iqtisodiyotning ko'pgina sohalarida undan mavjud mahsulotni raqobatbardoshligini ta'minlash uchun takomillashtirish yoki yangisini yaratishda foydalaniladi. Bunday holda joriy etish jarayoni ikki bosqichda joriy etiladi: birinchi bosqich - tajribaviy-ishlab chiqarishga joriy etish, ikkinchisi - seriyali.
Birinchi bosqichda konstrukciyalar, mashinalar, materiallar va h.k. larning tayyorlangan tajriba namunalari rejalashtirilgan turlicha ishlab chiqarish sharoitlarida, shuningdek, tasodifiy tabiiy omillar ta'sirida qunt bilan o'rganiladi. Ekspluataciya ko'rsatkichlari va harajatlar, ishonchlilik va uzoq muddatlilik, tayyorlash va ekspluataciya qilishning tehnologiyaviyligi, ekologik va antropotehnik ko'rsatkichlar va h.k.larga alohida e'tibor qaratiladi.
Tajriba – ishlab chiqarish natijalari bo'yicha turli hujjatlar bilan tushuntirish hati tayyorlanadi. Bularda tajriba – namunalarga konstrukciyaviy, tehnologik, ekspluataciyaviy, iqtisodiy, ekologik, ergonomik, tibbiy – gigienik, yong’inga qarshi va boshqa hususiyatlari bo'yicha baho beriladi. Xujjatlar buyurtmachining va ITIni bajargan ilmiy-tadqiqot tashkilotining vakillari tomonidan imzolanadi.
Joriy etishning birinchi bosqichi katta moliyaviy harajatlarni talab etadi. Chunki tajriba namunasini tayyorlash ko'p mexnat talab qiladi va ko'pincha to'g’rilash qayta o'zgartirishlar qilishga majbur bo'linadi.
Yangi maxsulot namunasi tajriba – ishlab – chiqarish sinovidan so'ng ikkinchi bosqichda seriyani ishlab chiqarishga joriy etiladi. Bunda joriy etish xajmi buyurtmachi tomonidan haridor bozori talabidan kelib chiqilgan xolda belgilanadi.
Ilmiy maxsulotni joriy etishni tezlashtirish uchun ilmiy – tadqiqot tashkiloti loyixalash tashkiloti bilan birlashadi. Bunday vaziyatda barcha ishlarga bitta markaz raxbarlik qiladi. Natijada joriy etish muddati qisqaradi, maxsulot sifati va raqobatbardoshligi oshadi. Rivojlangan mamlakatlarda mazkur muammo tehnoparklar yordamida xal etiladi. Tehnopark bir yoki bir necha ITI bilan yaqin aloqaga ega, ilmiy va informatsiya muhitini rivojlantirish bilan shug’ullanuvchi, ilmiy maxsulot yangi tehnologiyalar bozoriga jadal kirib borishi uchun ilmiy maxsulot ishlab chiqarish bazasini o'zlashtirishga baza yaratuvchi tashkilot (yuridik shaxs)dir. 90 –yillarning boshlarida jahonda 340 ga yaqin tehnopark tuzilgan edi.
Fan ijtimoiy ishlab chiqarish turlaridan biridir.
Ilmiy tadqiqotlar samarasi turlicha bo'ldi[32]:
— iqtisodiy samaradorlik (milliy daromadning oshishi, ish samaradorligi va maxsulot sifatining oshishi, ilmiy tadqiqotlarga bo'lgan harajatning kamayishi);
— ijtimoiy – iqtisodiy samaradorlik (og’ir mehnat sharoitini bartaraf etish, atrof muhitni tozalash, tibbiy – gigiena sharoitini yaxshilash va h. k.);
— mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash;
— mamlakat ilmiy salohiyatining obro'si.
Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini baholash uchun ular natijasi qay darajadaligini tasvirlovchi turli mezonlar qo'llanadi.
Fundamental nazariy tadqiqotlarni samaradorlikning miqdoriy ko'rsatkichlari bilan baholash qiyin. Ular, odatda, ishlamalar boshlangandan so'ng ancha keyin samara bera boshlaydi. Bundan tashqari, ular natijasidan iqtisodiyotning turli sohalarida foydalaniladi. Shuning uchun kutilayotgan samarani baholash qiyin. Bunday tatqiqotlar uchun, qoidaga ko'ra, sifat mezonlari belgilanadi: hodisaning yangiligi, mamlakat fanining obro'si, ish halqaro miqyosda keng tan olinishi, mamlakat mudofaa imkoniyotiga qo'shilgan hissa: monografiyalar va ular olimlarining ishlaridan turli mamlakatlarda foydalanilishi va b.
Amaliy ilmiy tadqiqotlar va tajriba – konstruktorlik ishlanmalar turli miqdoriy mezonlar bilan baholanadi, shulardan asosiysi – iqtisodiy samaradorlik. Bu joriy etishga bo'lgan harajat, joriy etish qo'llami, muddati va h.k. omillarga bog’liq.
Ilmiy hodimning ish samaradorligi ishlanmaning yangiligi, e'lon qilingan maqolalar soni, ishdan ko'chirmalar olish va h.k. bilan baholanadi.
Yangilik mezoni – bu, avtorlik guvohnomasi va patentlar miqdori, ko'chirma(istiboh)lar olish — ilmiy hodim ishlariga havolalar soni. Iqtisodiy baholash esa kamdan – kam qo'llanadi.
Ilmiy – tadqiqot guruhi (yoki tashkilot) mehnat samaradorliga qo'yidagi mezonlar bo'yicha baholanadi: mehnat samaradorligi, joriy etilgan mavzular miqdori, ilmiy mahsulotni tadbiq etishdan kelgan iqtisodiy samara, olingan avtorlik guvohnomasi va patentlar soni, sotilgan litsenziyalar soni va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |