Talabalar ilmiy tadqiqiy ishlarining maqad va vazifalari
Talabalarning ilmiy tadqiqot ishi oliy ta’lim muassasasida mutaxassislarni tayyorlashning majburiy ajralmas qismi bo'lishi hamda o'quv va ilmiy jarayonlar yaxlitligi asosida hal qilinadigan asosiy vazifalar qatoriga kirishi lozim. Res’ublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yuqori malakali yaxshi ta’lim olgan ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga ehtiyoj katta. Jahondagi jarayonlarga ilm fan va texnikaning ta’sirini jadal o’sishi iqtisodning globaliashuv sharoitida O'zbekiston oldida ilmiy salohiyatni qayta tiklash va kuchaytirish muammosi keskinlashdi. Zamonaviy bosqichda davlatning ustuvor vazifalari sifatida O'zbekiston fanini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish vazifasi namoyon bo'layotgan bir vaqtda talabalarning ilmiy tadqiqiy ishlari ularni ijodiy shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi, yuzaga kelayotgan nazariy va amaliy muammolarni asosli va samarali tarzda yechish qobiliyatini takomillashtiradi.
Talabalar ilmiy tadqiqot ishi tizimidagi islohotlar OTMlarning faoliyatining yangi shart-sharoitlariga muvofiq tarzda amalga oshirilishi, fan va ta’limni integratsiyasi, jahon talablariga javob beraigan mutaxassislarni tayyorlashning ko'‘ yillik an’anaviy hamda xorijiy tajribani qo'llashga asoslanishi lozim.
Talabalarning ilmiy tadqiqiy ishi tizimini tashkil qilish va rivojlantirishning asosiy maqsadi ilmiy texnik ‘rogress, iqtisodiy tafakkur va madaniy rivojlanishning eng yangi yutuqlari asosida oliy kasbiy ta'limga ega mutaxassislarni ilmiy tayyorgarligi darajasini oshirish hamda OTM, mamlakatning boshqa muassasa va tashkilotlarini ‘edagogik va ilmiy kadrlarni to’ldirish uchun iste’dodlarni aniqlashdir.
Talabalar ilmiy tadqiqot ishlar tizimini tashkil qilish va rivojlantirishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. Talabalar ilmiy tadqiqot va o'quv mashg'ulotlarining integratsiyasini ta'minlash.
2. Talabalarni ijodiy, ilmiy va ‘edagogik faoliyatga o'qitish va tayyorlashning yaxlitligini amalga oshirish.
3. Talaba yoshlarning shaxsiy ijodiy qobiliyatlarini ochib berish, rivojlantirish va amalga oshirish uchun shart sharoitlarni yaratish.
4. Talabalarni ilmiy faoliyatda ommaviyligini kengaytirish hamda ishtirokining natijaviyligini oshirish.
5. Ilmiy va pedagogik faoliyatga bo'lgan intilishi va o'z qobiliyatlarini
namoyon etgan iste’dodli yoshlarni tanlash.
6. Talabalarda ilmiy ‘edagogik va ilmiy xodim sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish.
7. Universitetda lmiy tadqiqotning ommaviyligi va samaradorligini talabalarni jamiyat va davlatning zamonaviy ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lgan fanning eng ustuvor yo’nalishlarida tadqiqot olib borishga jalb qilish;
8. Ham mamlakat ichida, ham yaqin va uzoq xorijiy mamlakat bilan ilmiy OTMlararo aloqalarni rivojlantirish.
9. Moliyalashtirish manbalarini izlash va to’ish, jumladan, OTMlarning byudjetdan tashqari manba va innovatsion faoliyatidan olinadigan mablag'lar hisobiga, Ilmiy tadqiqotlarga mablag'larni jalb etish shakl va metodlarini takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |