Ijodiy talqin obyektni shunchaki izohlash emas, balki uni zamonaviy ilmiy qarashlarga bog`lab o`rganish, ular sintezidan o`tkazishdir. Bunda tadqiqotchining mustaqil fikri, o`z yechimi va xulosalari tadqiqot ishining asosiy nuqtasidir. Ijodiy talqin ijodkor bilan hamkorlikda ijod qilish bo`lib, u matnni, asarni kengroq, chuqurroq tahlil qilishda qo`llanadi va ijod usuli hisoblanadi. Ijodiy tanqid ham ilmiy talqinning bir turi, ammo unda matn, asarning nafaqat ijobiy tomonlari, balki kamchiliklari ham yoritib berilishi kerak bo`ladi.
Ilmiy talqindan maqsad anglangan voqea-hodisalarni, xususiyat va belgilarni bilish, tushuntirish, izohlab berish hisoblanadi. Ushbu jarayonda bilim chegaralari kengayadi, yangicha dunyoqarash, ilm-fanda yangi katetoriyalar, pastulatlar, nazariyalar paydo bo`ladi. Ob’ektdagi nomahlum belgilar aniqlanadi. Ilmiy talqinda tabiat va jamiyat qonunlarini ochib berish, talqin qilish muhim o`rin tutadi. Qiziqish va tajribalarga, qiyoslash va ekeperiment-sinovlarga tayanish talqinning ilmiyligini, qimmatini oshiradi. Ba’zan tadqiqotchi taqlidiy taqliddan foydalanadi, ya’ni o`zidan oldingi avtoritetlarga, ularning usullari va metodikasiga taqlid qiladi. Bu aslida ilm-fandagi vorisiylik tamoyiliga amal qilish hisoblanadi. Taqlidchilik ilmiy izlanishlarga kirishilayotgan ilk bosqichda ko`zga tashlanadi. Lekin u uzoq davom etmasligi zarur, aks holda qaytarish, takrorlash, kompilyatsiya yuzaga keladi. Aslida ilmiy tadqiqot ilmiy talqin asosiga quriladi, chunki tushuntirish, izohlash, bayon qilish tadqiqotchi qo`llaydigan asosiy usullardir.
Dogmatik talqin ilm-fan sohalarida kathiy o`rnatilgan, avtori- tetlar mahqullaydigan, erkin fikrlashga yo`l qo`yilmaydigai tushuntirish, izohlash usuli sanaladi. Ilm-fanda integratsiya kuchaygan hozirgi paytda dogmatik yondashuv ijodiy izlanishlarga g`ov bo`ladi, qotib qolgan xulosalarni takrorlashga olib keladi. Izlanishlarini real hayot muammolari bilan bog`lay olmaslik, obhekt (predmet)ping real holatini yetarli o`rganmaslik oxir-oqibat tadqiqotchidan buyurtmachi eshitishni xohlaydigan natijalarni chiqarishga majbur qiladi Ilm-faida biror yangi fikr aytish uchun, avvalo, dogmatik yondashuvdan voz kechish kerak. Dogmatik talqinda ba’zan transtsendentallik ko`zga tashlanadi. Bunday yondashuv aql-u idrokni chalg`itib, uni tajribadan, obyektiv borliqdan tashqaridagi muammolar bilan shug`ullanishga yetaklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |