O`quv qo`llanma - darslikni qisman to`ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo`yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o`zlashtirilishini tahminlovchi, ayrim bob va bo`limlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg`ulotlar o`tishga mo`ljallangan bosma adabiyot. O`quv qo`llanmada muayyan mavzular darslikka nisbatan kengroq yoritiladi.
Lug`at – vuayyan tartibda (alifbo yoki tematik) joylashgan so`zlar (yoki suz birikmasi, idiomalar va hokazo) to`plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshka tildagi tarjimasi to`g`risida ma’lumot beruvchi yoki so`zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi ilmiy va ommabop qo`llanmadir. Ushbu ma’lumotlar lug`at tarkibida lug`at maqolasi sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |