Ilmiy ish asoslari



Download 68,65 Kb.
bet7/10
Sana31.12.2021
Hajmi68,65 Kb.
#221668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ISLOMDAN OLDINGI DAVRDA ARABISTON YARIM OROLI

Islom ta`limoti. IsloM dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Arabiston yariM oroli, Iordaniya, Suriya, Fаlаstin, Тurkiya, Erоn, Pоkistоn, Afrika qit`asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Sudan, SoMali singari MaMlakatlar xalqlari, O’rtа Оsiyo, Efiopiya, Brunеy Sultоnliui, Маlаyziya, Indоnеziya hаMdа Livan, Hindiston, Xitoy haMda Filippin aholisining Ma`luM bir qisMi, Evropa qit`asida esa Bolqon yariM oroli, Кavkazоrti va ShiMoliy Kavkaz, Volgabo’yi, g’arbiy Sibirdа yashovchi xalqlarning bir bo’lagi isloMga e`tiqod qiladi. Er yuzida IsloMga e`tiqod qiluvchilar, ya`ni MusulMonlar qariyb 1,5 Mlrd. ga etadi va ular soni jihatidan xristianlardan so’ng ikkinchi o’rinda turadi.

Islom so’zi arabcha «Оllohga o’zini topshirish», «itoat etish», «taslim bo’lish», «bo’ysunish» ma`nolarini beradi. Islomning asosiy manbasi bo’lmish Qur`oni Karim VII asrda nozil bo’lgan bo’lsa-da, islom ta`limotiga ko’ra bu din, er yuzida insoniyat paydo bo’libdiki, barchalariga nozil qilingan. Muhammad s.a.v. avvalgi payg’ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg’ambar - Nabiy va Rasul deb tan olinadi.



Nabiy – pаyg’аmbаr, arab tilidan tarjimasi xabarchi, xabar etkazuvchi ma`nolarini beradi. Payg’ambarlar orasida ularga Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg’ambarning kitob va shariatini insonlarga targ’ib qilganlari nabiylar deb ataladi (IsMo‘il, Ishoq, Ya‘qub, Zakariyo kabi).

Rasul - pаyg’аmbаr, arab tilida elchi ma`nosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat berilgan payg’ambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi (IbrohiM, Muso, ‘Iso kabi).

Ba’zi tarixchilarning xabar berishlaricha, Arabistonga birinchi bo‘lib sanam keltirib va unga ibodat qilishni boshlab bergan Amr ibn Luhay ismli shaxs bo‘lgan. U SHomga tijorat maqsadida tez-tez safar qilib turar edi. SHomda esa butparaslik, turli sanamlarga sig‘inish odatlari ancha avval shakllangan edi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Makka Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi Ka’ba sanamlar to‘plangan joyga aylanib qoldi. Islom arafasida arablar orasida butparastlik shunchalik avjida ediki, hatto har bir xonadonning o‘z sanami bo‘lgan.

Ibn al-Kalbiyning arab ko‘pxudoligiga bag‘ishlangan “Kitob al-asnom” (“Butlar kitobi”) asarida tilga olingan datlabki besh sanam (ayol xudo timsoli) Vadd, Suvo‘, YOg‘us, Yo‘uq, Nasr bo‘lib, Qur’onda ham zikr qilingan (Nuh surasi, 22-23-oyatlar). Qur’onda zikr qilingan eng qadimgi sanamlar jumlasiga Lot, Manot, va Uzzo ham kiradi. Johiliya arablarining tasavvurida bu uchala sanam ham ayol xudolar bo‘lgan.

Islomdan oldin Arabistonning ko‘p joylarida yahudiy jamoalari mavjud bo‘lgani haqida ma’lumotlar ko‘p. YAhudiylar bilan birga Arabiston yarim oroliga yahudiy dini ham kirib keldi. Arabiston yahudiylari haqida, asosan, Qur’on, hadis, tafsir, siyra va tarix kitoblari xabar beradi. Bu mavzuga aniqlik kiritadigan hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi YAngi Bobil podshohi Nabonidga (mil. av. 555-539 y.) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha, miloddan avvalgi 552-542 yillar SHimoliy Arabistondagi Teyma shahrini o‘ziga poytaxt qilib olgan Nabonid bu erdagi shaharlarni o‘zlashtirish maqsadida Bobildan talaygina aholini ko‘chirgan. Ular orasida ko‘pchilikni yahudiylar tashkil qilgan. Ma’lumki, bundan oldinroq (mil. av. 586 y.) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30 ming yahudiyni asir qilib, Bobilga keltirgan va “Bobil asirligi” 50 yil davom etgan. SHundan so‘ng ham ba’zi yahudiylar Falastinga qaytmay Bobilda qolib ketganlar.

Arabiston yarim orolida yahudiylik bilan bir qatorda xristianlik dini ham tarqalgan edi. Xristianlar bu erda keng targ‘ibotchilik ishlarini olib borar edilar. Ular Arabistonga qachon kirib kelganligi noma’lum. Tarixiy manbalarda xabar berilishicha, qul savdosi bu erga xristianlarning kirib kelishida asosiy omillardan biri bo‘lgan. Vizantiya viloyatlari va O‘rta er dengizi orollaridan keltiriladigan oq tanli erkak-ayol qullar odatda uy ishlari va hunarmandchilik ishlariga jalb qilinar edi. SHahar boylari chiroyli xristian qizlarni o‘zlariga joriyalikka olar, ular ona bo‘lganlaridan keyin ozod qilar edilar. Masalan, Makkadagi Banu Maxzum urug‘ining boylari qo‘l ostida yunonistonlik joriyalar ko‘p bo‘lgan.

Johiliya jamiyatida o‘zlarining katta bobolari Ibrohim (a.s.) dinini saqlab qolgan bir jamoa kishilar “haniflar” deb atalar edilar. Ular sanamlarga sig‘inmas, balki yagona xudoga ibodat qilar edilar. Haniflar ochiqdan-ochiq butparastlarni tanqid qilar edilar. Bu tanqidlar, tabiiyki, zodagonlarga yoqmas edi. SHuning uchun ham ular bir erda muqim turmay, o‘lka bo‘ylab ko‘chib yurishga va qalandarona hayot kechirishga majbur bo‘ldilar. Ushbu toifa kishilardan Zayd ibn Amr, Varaqa ibn Navfal, Ubaydulloh ibn Jahsh, Usmon ibn Huvayris, Quss ibn Sayidolarni keltirish mumkin.




Download 68,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish