Annotatsiya (sharh)
|
ilmiy maqolada qanday muammolar yoki o`quv-uslubiy asarda qaysi mavzular yoritilgani, kimlarga tavsiya qilinishi haqida yozilgan qisqa mahlumot bo`lib, u bir necha tillarda berilishi mumkin.
|
Tayanch so`z va iboralar
|
ilmiy maqola yoki ilmiy ma`ruzada mavzuni yoritishda asosiy to`xtalib o`tiladigan masalalarga taaalluqli tushunchalarni ifodalovchi yoki muallif ilgari surayotgan terminlar va atamalar
|
Ilmiy maqola
|
ilmiy yoki ilmiy-metodik jurnallarda chop etiladigan, olib borilayotgan tadqiqot ishlari natijalari ilmiy dalillar bilan isbotlangan shaklda ilm ahliga ma’lum qilinadigan eng kichik ilmiy asar. Har bir ilmiy maqolada muayyan muammo o`rtaga tashlangan bo`lishi va uni bartaraf qilish yo`llari, foydalanilgan manbalar aniq ko`rsatilgan bo`lishi kerak.
|
Tezis
|
ilmiy maqola yoki konferentsiyalar uchun taqdim qilinadigan ilmiy ma`ruzaning qisqa asosiy mazmuni aks ettirilgan, hajmi annotatsiyadan kattaroq, biroq ilmiy maqoladan kichikroq ilmiy ish turi
|
Ilmiy-ommabop maqola
|
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy masalalarda yoziladigan va ommabop jurnallar, gazetalarda chop etiladigan, dolzarb muammolar ommaga tushunarli tilda bayon etiladigan asar
|
Taqriz
|
tadqiqot ishi, darslik va o`quv-metodik qo`llanmalar bo`yicha mazkur ilmiy-uslubiy ishning dolzarbligi va zarurati, ishning mazmuni mehyoriy hujjatlar talablariga mosligi, muallif erishgan yutuqlar, qo`llangan yangi metodlar va texnologiyalar, ishning rasmiylashtirilishi va savodxonlik darajasi tanqidiy tahlili beriladigan qo`lyozma shaklidagi ilmiy ish turi
|
Ilmiy ma`ruza
|
tadqiqotchi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida asoslangan ilmiy-nazariy xulosalar, kashf etilgan ilmiy yangiliklar, tajriba-sinov natijalari konferentsiya, simpozium, seminarlarda slayd shaklida namoyish etiladigan va og`zaki bayon etiladigan ilmiy asar bo`lib, maxsus to`plamlarda qisqa tezis shaklida chop etiladi
|
Dissertatsiya
|
muayyan fan yo`nalishida aniq bir mavzu bo`yicha olib borilgan tadqiqot ishi mazmuni va natijalari bayon etilgan qo`lyozma asar
|
Avtoreferat
|
talab qilingan shakl asosida dissertatsiya asosiy mazmuni, uning maqsad-vazifalari, ilmiy yangiligi, xulosalari qisqa bayon etiladigan ilmiy asar
|
Monografiya
|
hajmi bo`yicha eng yirik hisoblanadigan ilmiy ish turi bo`lib, yakka muallif yoki tadqiqotchilar guruhi tomonidan biron-bir muammoni fundamental tarzda tadqiq etilishi jarayonining natijasi bayon etilgan bosma asar
|
Risola
|
keng ommaga mo`ljallab nashr etilgan, ilmiy tushunchalar, terminlar kamroq qo`llanadigan ilmiy ommabop asar
|
|