Do'stim, - debdi V.Muller, - mening sog'lom aqlim ko'zim ko'rolmaydigan narsaga ishonmaydi.
Siz haqsiz, -javob beribdi daho fizik. - Men ham shunday. Sog'lom aqlingizni stol ustiga qo'ying, men ham unga ishonav.
Bu latifa-rivoyat fan va maishiy (turmush) tushunchalarining o’zaro munosabatini ko'rsatadi. Maishiy (turmush) ong muayyan, zohiriy sharoitlarga tayanib ish ko'radi.
Fanning vazifasi esa bevosita kuzatishda berilmagan qonuniyatlarni ochishdir. Ular esa, juda ko'p hollarda, «aql bovar qilmas», xayoliy va g'avrioddiydir. Fanni, jamiyat taraqqiyoti va kelajagini mana shunday dadil, aql bovar qilmas faraz va nazariyalar belgilaydi.
Bu ma'ruzadan asosiy maqsad shuki, juda ko'p ilmiy ishlarda metodologiya bilan amaliy ish (ya'ni tadqiqot) orasida juda katta uzilish bor. Biz bu haqda ma'ruzalarimizning boshida gapirgan edik.
Sovet davrida esa dialektik materializm sovet fanining metodologik asosi sifatida rasman qabul qilingan, istagan turdagi (xoh katta monografiya, xoh bir betli tezis bo'lsin) ilmiy tadqiqotning birinchi bandida diaietik materializm haqida, K.Marks, F.Engels, V.I.Lenin (60-yilIar- gacha, albatta I.Stalin) ishlari va KPSS qarorlariga havola majburiy edi. Bu havola o'rinlimi, o'rinsizmi, uqilganmi, uqilmaganmi buning ahamiyati yo'q edi.
Maktab, o'rta maxsus va, xususan, oliy ta'lim tizimida dialektik materializm (bamisoli teokratik tuzumlarda diniy fanlar) majburiy va zo'rlab o'qitilar edi. Majburiylik hamisha nafratni qo'zg'atganidek, dialektik materializm ham, dohiylarga havola ham tadqiqotchilar nafratini qo'zg'ar edi.
Shu sababli inson aqlining eng oliy yutuqlaridan biri bo'lgan dialektik tadqiq usullarini chuqur o'rganishga, ulardan tadqiqot jarayonida yo'lchi yulduzday, mayoqday foydalanishga kamdan-kam olim ongli, ichki ehtiyoj sezardi.
Bundan tashqari, madaniy va ilmiy saviyalari o'ta past bo'lgan «daho»lar va tuzum peshvolari, ular tayinlagan o'zlariga monand, saviyalari o'zlaridan past labbaygoʻy mansabdorlar va fan peshvolari' amaliy dialektikadan Azroildan qo'rqqandek qo'rqishar edi. Axir, dialektika hech bir ijtimoiy tuzum va tizim mutlaqligini tan olmaydi - dialektika dialektikaning o'zidan, ya'ni hamma narsaning nisbiy va ozgaruvchanligidan o'zga hech qanday mutlaqlikni tan olmaydi va barcha holat va narsaning nisbiyligini o'rgatadi.
Bu «daho»lar va ularning maddohlari esa abadiy va mutlaq hukmronlikka da'vogar edilar.
Sovet davrida dialektika og'izda qancha ko'p bo'lsa, ishda, amalda shuncha oz bo'lgani ma'qul edi.
Sovet tuzumi davridagi filologik tadqiqotlarda ishning kirish qismida dialektik materializm bayroq qilinar, muqaddimadan so’ng dialektika chetlashlirilib, nominalistik yondachuv yoki xomxayol bir maqsadli g'oya asosida yo'l tutilar edi. Buning xunuk oqibatlari haqida biz fetishizm bo'limida gapirgan edik.
Dialektik metodologiyadan amalda foydalanish uchun bu metodologiya tadqiq manbayi (narsa)da nimalarni ko'rishni, nimalarni qidirishni va topib sharhlashni, boshqacha qilib aytganda, narsaning dialektik tadqiqi unda nimalarni izlash, bilish va sharhlash, ochib berishni talab qilishini bilishimiz zarur.
2. Olimlarning metodologiyaga munosabati.
Ma'lumki, dialektik yondashish Sharqda, xususan, tasavvufda - ilk davrlarda qadimgi Yunon va Rim antik dunyo fanidan (jumladan, Arastu, Aflotun ta’limotlaridan) oziqlangan bo’lsa-da, IX-XI asrlarda to'la shakllangan mukammal nazariya mavqeini kashf etdi, axloq va odob sohasida turli tariqatlarning rivojlanishiga asos bo'ldi.
Sharqdan Ibn Rushd (1126-1198) asarlarining lotincha tarjimasi (aberroizm yo'nalishi) asosida dialektik talqin G'arbiy Yevropa falsafiy fikrida qaytadan jonlanib, uning ravnaqiga - Bekon - Dekart - Kant silsilasiga katta ta’sir ko'rsatdi va F.Hegel (1770-1831) ta'limotida o'z cho'qqisiga ko'tarildi.
F.Hegel asarlari, xususan, uning «Mantiq fani» («Nauka logiki») tahlili asosida faylasuflar o'rganish manbayiga (narsaga) dialektik yondashishning 16 tamoyilini ajratdilar.
Bu 16 tamoyilga diqqat qilsak, shuning guvohi bo'lamizki, shu tamoyillar asosida tadqiq manbayi (narsa)ni o'rganish jarayonida:
dialektikaning uch asosiy qonuni ham
(qarama-qarshiliklar birligi,
inkorning inkori,
miqdoriy o'zgarishlarning sifat o'zgarishlariga o'tish qonunlari),
dialektik mantiqning oddiy (formal) mantiqning «uchinchi mustasno» qonuniga qarama-qarshi turgan «oraliq uchinchisi shart» qonuni ham,
shakl-mazmun,
unumiylik-yakkalik (xususiylik, alohidalik),
mohivat- hodisa,
imkoniyat-voqelik,
sabab-oqibat,
zarurat-tasodif,
sifat-miqdor,
harakat- turg'unlik kabi kategoriyalari ham o'zinig amaliy tatbiqini topadi.
Tadqiq manbayida mana shu tamoyillarda o'z aksini topgan tomonlarni - shu tamoyillarga xos hodisalarni ko'rish, ochish va tavsiflash narsaning ilmiy dialektik talqini mohiyatini tashkil etadi.
Filolog xazina yoki qazilma boylik qidiruvchi kabi, o'z tadqiq manbayida mana shu tamoyillar voqelanishini izlashi, ochishi, kashf etishi va tavsiflashi, shu bilan ilm-u fan xazinasini yangi dur-u gavhar bilan boyitishga intilishi zarur.
Shubhasizki, bu tamoyillar har bir tilning har bir hodisasida o'ziga xos ravishda voqelanadi. Bu masala ustida biroz to'xtash lozim.
Tadqiq manbayi (predmeti)ning obyektivligi (1-t) filologdan o'rganilayotgan hodisaning rang-barang sharoitlarda, xilma-xil birikishlarda aniqlashni, ularga o'zidan hech bir narsani qo'shmaslikni va hech bir narsani inkor etmaslikni, narsa qanday bor bo'lsa, shunday ko'rish va qabul qilishni talab etadi.
Dialektik tadqiq tamoyillari
|
Tamoyil mazmuni
|
Qaysi sohaga aloqador
|
1
|
Narsaning haqqoniy (obyektiv, mustaqil alohidalik ekanligi)
|
Tatqiq manbai (TM)
|
2
|
Narsa majmui munosabati
|
TM
|
3
|
Narsa o`zgarish va taraqqiyotda
|
TM
|
4
|
Narsada ichki ziddiyatlar
|
Tadqiq usuli (TU)
|
5
|
Narsa ziddiyat (qarama-qarshilik)lar butunligi sifatida
|
TU
|
6
|
Qarama-qarshi tomonlarning voqelanishi
|
T, TU
|
7
|
Analiz (tahlil) va sintez (umumlashtirish) birligi
|
TU
|
8
|
Narsa munosabatining o`zga narsalar bilan cheksizligi
|
TU
|
9
|
Narsaning o`z aksiga o`tishi
|
Tadqiq jarayoni (TJ)
|
10
|
Narsa munosabat (aloqadorlik)larining cheksizligi
|
TM, TJ
|
11
|
Narsa mohiyatiga chuqurlashishning cheksizligi
|
TJ
|
12
|
Narsa aloqadorliklarini cheksiz miqdorda ochib borish
|
TM, TU, TJ
|
13
|
Taraqqiyot bosqichida o`tgan bosqichlar takrori
|
TJ, TM
|
14
|
Inkorning inkori natijasida eskiga qaytganday bo`lish
|
TM, TJ
|
15
|
Mazmunni saqlab, shaklni yangilash
|
TM, TJ
|
16
|
Miqdoriy o`zgarishlarning sifat o`zgarishlariga o`tishi
|
TJ, TM
|
Har xil belgilar narsaning o'zida, mohiyatida, zotida birlashadi, mujassamlanadi.
Dialektik “narsa-majmuyi sifot” tamoyili bilan uning to’rtinchi (narsada ichki ziddiyatlar), beshinchi («narsa qarama-qarshiliklar butunligi, birligi»), oltinchi (qarama-qarshi tomonlarning voqelanishi, mavjudligi) tamoyillari uzviy bog'liqdir.
Bular esa, o'z navbatida, dialektik bilishning
analiz va sintez (tahlil va umumlashtirish) (7-t),
narsa munosabatlarining o’zga narsalar bilan cheksizligi (8- t),
narsa aloqadorliklarining cheksizligi (10-t) bilan uzviy bog'langandir.
3. Xulosa.
Dialektik munosabafiar juda oddiy, hammaga ham tushunarli hodisalarda ham namoyon bo’laveradi. Faqat bu munosabatlarni ilg'ay olish lozim, xolos.
Buyuk faylasuflar (jumladan, I.Kant, F.Gegel va ularning shogirdlari) o'z tadqiqotlarini juda sodda, atigi bir gapdan iborat bo'lgan hukmlar (ya'ni ta'riflar) misolida amalga oshirar va shu oddiy, tushunarli misollar asosida juda chuqur, keng qamrovli ilmiy-falsafiy qonuniyatlarni ochar va sharhlar edilar.
Bunday usul, ayniqsa, Sharq falsafasida IX asrdan keyin ma'rifiy adabiyotda (tasavvuf adabiyotida) yuksak san'at darajasiga ko'tarildi. Fariduddin Attor, Jaloluddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Mir Alisher Navoiylar bu yo'nalishda shoh asarlar yaratib insoniyatni hayratda qoldirdilar.
Quyosh charaqlab turgan yorug' kunda ham osmon zim-ziyo tundagidek yulduzlar bilan to'la bo'lgani, lekin qurollanmagan ko'z bu yulduzlarni ko'ra olmaganidek, oddiy hodisalarda o'ta murakkab qonuniyatlarni (jumladan, dialektiltani) har qanday «ko'z» ko'ra olmaydi, buni ko'rish uchun ko'z qurollangan, ma'rifatli - aniq metodologiyali bo'lishi shart.
Har bir tadqiqotchi ishining kirish qismida metodologik asoslarini sharhlab berishi zarur. Metodologik bilim va uquv tadqiqotchi, olim uchun suv va havodek kerak: u olimlik belgisidir.
Mustahkamlash uchun savollar
1 .Olimlarning metodologiya haqidagi munozaralari haqida nima bilasiz?
2. A.Eynshteyn va V. Muller suhbatidan qanday xulosa chiqardingiz?
3. Dialektik tamoyillarni sanang.
4. Ma’lum bir grammatik ma’no mohiyati qanday bosqichlarda aniqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |