Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy Universiteti
Matematika fakulteti Matematika
yo’nalishi 4-bosqich talabasi
Allayorova Shahribonu Olim qiziga
TAVSIFNOMA
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, Matematika fakulteti, Matematika yo’nalishi 4-bosqich talabasi Allayorova Shahribonu Olim qizi 2021-yil 6-sentabrdan 30-oktabrgacha Toshkent shahar Olmazor tumani 326-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida pedagogik amaliyotini o’tadi. Amaliyot davrida o’zining mehnatsevarligi, tirishqoqligi, bilimga chanqoqligi, o’quvchilar bilan tez til topib ketishi hamda o’z ustida ishlashga bo’lgan harakati bilan maktab ma’muriyati oldida yaxshi taassurot qoldirishga erishdi. Allayorova Shahribonu Olim qizi o’quvchilarga turli xil metodlar asosida darslarni tashkil etib, darslarni juda mazmunli qilib o’tkazdi. Allayorova Shahribonu Olim qizi talabchan va mehribon ustoz sifatida qisqa vaqt ichida jamoa e’tiborini qozondi. U halol, sidqidildan mehnat qilib, jamoa intizomini mustahkamlashga, ta’lim-tarbiya jarayonini yuksaltirishga mAllayorova Shahribonu Olim qizi ma’naviy-marifiy ishlarida faol ishtirok etdi. Biriktirilgan ustozi tomonidan Allayorova Shahribonu Olim qizining pedagogik amaliyoti “A’lo” bahoga baholandi. Allayorova Shahribonu Olim qizii mashg’ulotlar jarayonida bilimlarini amalda to’g’ri qo’llay olib, izlanishlari bilan yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashda munosib hissa qo’shadigan yetuk mutahassis bo’lib yetishishiga maktab ishonch bildiradi.
Maktab direktori: N.B.Mirzayeva
Ilmiy bo’lim mudiri: N.Sh.Raxmatullayeva
O’qituvchi: D. Abrayev
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston
Milliy universiteti matematika fakulteti
matematika yo’nalishi 4-bosqich talabasi
Allayorova Shahribonu Olim qizining
pedagogik amaliyot o’taganligi haqidagi
HISOBOT
Men Allayorova Shahribonu Olim qizi 06.09.2021-yildan 30.10.2021-yilgacha bo’lgan muddatda 2021-2022- o’quv yillari uchun pedagogik amaliyot dasturi bo’yicha Toshkent shahar Olmazor tumani 326-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabga amaliyot olib bordim.
Amaliyot davrida men quyidagilarni bajardim:
Men matematika o’qituvchisi Qalandarova Salomatustozga biriktirildim va ustoz yordamida dars o’tdik ,ularning dars o’tish usullarini o’rgandim. 11-A sinfga biriktirildim. Guruh bilan tanishib chiqdim va ularga rahbarlik faoliyatini olib bordim. Maktab jamoasi va hujjatlari bilan tanishdim.
Kalendar reja bo’yicha algebra, geometriya va informatikadan dars o’tishim kerak edi . Algebradan 8soat ,geometriyadan 6soat va informatikadan 4soat dars o’tdim shu bilan birga amaliyot davrida boshqa o’qituvchilarning ham darslarini kuzatdim va o’zimga kerakli xulosalar chiqardim .
Reja bo’yicha 2 hafta dars jarayonini kuzatishim kerak edi. Men 2 xafta mobaynida o’qituvchilarning dars o’tish jarayonini kuzatdim. Rejadan tashqari darslarni ham kuzatdim.
Amaliyot davrida kursdoshlarimiz darslarida ham ishtirok etib, ularning ham dars o’tishini kuzatdim va tahlil etdim.Ular ham ham meni darslarimni kuzatib tahlil etishdi.
Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan alohida shug’ullandim.
Men darslarni o’tishda “Algebradan misollar to’plami” ,“Geometriyadan masalalar to’plami”, “Masalalar to’plami -1996-2020” darsliklaridan va ma’ruzalar matnidan foydalandim.
Kalendar bo’yicha Algebradan 10soat ,geometriyadan 6soat va informatikadan 4soat mavzularni konspekt qildim.
Darslar davomida darsliklardan tashqari ko’rgazmali qurollar hamda tarqatma materiallar tayyorladim.
Shuning bilan 2021-yil 30-oktabr kuni pedagogik amaliyot muddati yakuniga yetdi.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, pedagogik amaliyot menga katta tajriba berdi. Kelajakdagi faoliyatim uchun zamin yaratdi desam adashmagan bo’laman.
Kelajakdagi o’z faoliyatimni o’qituvchilik faoliyati bilan davom ettirganimda ushbu pedagogik amaliyotda o’rganganlarim men uchun asos vazifani o’taydi.
Maktab direktori: N.B.Mirzayeva
O’qituvchi: D.Abrayev
Amaliyotchi talaba: Sh.O.Allayorova
Do'stlaringiz bilan baham: |